Solkoseril rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Solkoseril

Farmakalogik guruhi:

jarohatlar va yaralar davolash uchun vosita. Jarohatlarni bitkazuvchi boshqa vositalar.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun gel va sirtga qo‘llash uchun surtma

Solkoseril geli: gomogen, deyarli rangsiz, tiniq, zich konsistentsiyali gel. Solkoserilning o‘ziga xos yengil (go‘sht bulonining hidi) hidli. Solkoseril surtmasi: bir xil, oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan yog‘li massa. Solkoserilning o‘ziga xos yengil (go‘sht bulonining hidi) hidli va vazelin hidli.

jarohatlar va yaralar davolash uchun vosita. Jarohatlarni bitkazuvchi boshqa vositalar.

D03AX

Solkoseril gel/surtmasi quyidagi hollarda qo‘llanadi: – axamiyatsiz shikastlanishlar (shilinishlar, tirnalishlar, kesilishlar); – 1 va 2 darajali kuyishlar (quyoshdan kuyish, termik kuyishlar); – sovuq urishlar; – qiyin bituvchi jarohatlar (shu jumladan trofiq yaralar va yotoq yaralar). Turli to‘qimalarda trofik shikastlanishlarini davolash uchun Solkoseril faqat jarohatdan nekrozga uchragan to‘qimalarni olib tashlanganidan keyin qo‘llanadi. Solkoseril geli davolashning boshlang‘ich bosqisida yangi jarohatlarga, nam ajralmalari bo‘lgan jaroxatlarga yoki xo‘llanish ko‘rinishlari bo‘lgan yaralarga qo‘yiladi. Solkoseril surtmasi, asosan (xo‘llanmagan) jarohatlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Solkoseril mahalliy qo‘llanadi. Kuniga 2 marta jarohatga yupka qavat qilib qo‘llanadi. Qo‘llash tajribasi Solkoseril gelini ayniqsa nam ajralmalari bo‘lgan jarohatlar yoki ho‘llanish ko‘rinishlari bo‘lgan yaralar uchun yaroqli ekanligini, surtma sifatida esa ayniqsa quruq jarohatlar uchun yaroqliligini ko‘rsatdi. Bolalar va o‘smirlar Adabiyotda bolalarda Solkoserilni qo‘llash hollari ta’riflangan. Bolalarda Solkoseril surtmasini qo‘llagan afzal.

Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni homila uchun xavfini aniqlamagan. Solkoserilni ayollarda homiladorlikni kechishiga va homilaga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Solkoserilni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas va uni faqat foyda xavfdan ustun bo‘lganda shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun Solkoseril geli. Sirtga qo‘llash uchun Solkoseril surtmasi. 20 g dan alyumin tubalarda. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 5 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Ochilgan tubani hona haroratida (15º-25ºS) saqlanganda yaroqlilik muddati 28 kun.