Softovak rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g kukun quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: tuxumsimonbargli otqulok barglarining quruq ekstrakti (Plantago ovata L.)….40 g;hind sanosi barglarining quruq ekstrakti (Cassia angustifolia Vahl.)………………5 g;mirobalan chebul mevalarining quruq ekstrakti (Terminalia chebula Retz.)………..10 g;naysimon sano mevalarining quruq ekstrakti (Cassia fistula L.)…………………………10 g;shirinmiya ildizining quruq ekstrakti (Glycyrrhyza glabra )……………………………5 g;yuzbargli na’matak gullarining quruq ekstrakti (Rosa centifolia Schrenk.)…………5 g;oddiy ukrop mevalarining quruq ekstrakti (Foeniculum vulgare Mill.)……………..5 g;ukrop moyi…………………………………………………………………………………………………1 g;

Preparatning savdo nomi:

Softovak

Farmakalogik guruhi:

surgi vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun kukun

sariq, jigarrang va binafsha rangdagi dog‘lari bo‘lgan, xushbo‘y ukrop hidili och-jigarrang kukun.

surgi vosita.

A06AV20

Qabziyatda, gemorroyda, proktitda, anal yoriqlarida ich kelishini uyg‘unlashtirish uchun qo‘llanadi.

Ichga. 1-2 choy qoshiqdan (5-10 g) iliq suv yoki sharbat bilan ichiladi, yoki 1/2 stakan iliq suvda suyultirib, sutkada 1 marta kechasiga.

Allergik reaktsiyalar. Preparat qabul qilingandan so‘ng siydik sariq-jigarrang yoki qizil-pushti rangga bo‘yalishi mumkin.

Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, noma’lum genezli qorin og‘riqlari, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, peritonit, me’da-ichak va bachadon qon ketishlari, tsistit, suv-elektrolit almashinuvini buzilishi.

Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanilganda gipokaliyemiya rivojlanishi munosabati bilan  yurak glikozidlarining ta’sirini kuchayishi va antiaritmik preparatlarning samarasiga ta’sir qilishi mumkin. Tiazid diuretiklar, glyukokortikoidlar, shirinmiya ildizining preparatlari bilan  bir vaqtda qo‘llanganida gipokaliyemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Tetratsiklinlarning absorbtsiyasini buzadi.

Preparatni 2 haftadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uzoq muddat, ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanilganda, ahlat bilan elektrolitlarni, asosan kaliyni yo‘qotilishi, albuminuriya, gematuriya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, siydikni rangsizlanishi, teri toshmasi, toliqish bo‘lishi mumkin.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Nojo‘ya ta’sirlarni kuchayishi.

Retseptsiz

Ichga kabul qilish uchun kukun 100g dan plastik flakonlarda, og‘zi polietilen bilan laminatsiya qilingan alyumin folga himoya plyonkasi tortilgan va buraladigan plastik qopqoq bilan yopilgan. Tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma plyonka va qopqoq orasiga yoki flakon bilan birga karton qutichaga joylanadi.

3 yil.