Smekta rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir paketcha (3 g) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: dioktaedrik smektit (diosmektit) – 3 g; yordamchi moddalar: glyukoza monogidrati, natriy saxarini, apelsin aromatizatori, vanilin aromatizatori.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

diosmektit

Preparatning savdo nomi:

Smekta

Farmakalogik guruhi:

diareyaga qarshi vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.

suspenziyani tayyorlaganda biroz apelsin hidli, oqdan biroz och-sariq rangligacha bo‘lgan kukun.

diareyaga qarshi vosita.

A07VS05

Dioktaedrik smektit me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

bolalar va chaqaloqlarda oral regidratatsiya bilan kompleksda va kattalarda o‘tkir diareyasurunkali diareyagastritda, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, kolitda jig‘ildon qaynashi, qorin dam bo‘lishi va qorinda diskomfort hissini simptomatik davolashda qo‘llanadi.

O‘tkir diareyani davolash Bolalar 1 yoshgacha: kuniga 2 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 1 paketchadan buyuriladi. 1 yoshdan katta: kuniga 4 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 2 paketchadan buyuriladi. Kattalar O‘rtacha kuniga 3 paketcha. Amaliyotda davolash kursining boshida (birinchi 3 kun davomida) sutkalik doza ikki marta oshirilishi mumkin. Boshqa ko‘rsatmalar Bolalar: 1 yoshgacha: kuniga 1 paketcha buyuriladi. 1 yoshdan 2 yoshgacha: kuniga 1-2 paketcha buyuriladi. 2 yoshdan katta: kuniga 2-3 paketcha buyuriladi. Kattalar: O‘rtacha kuniga 3 paketcha. Qo‘llash usuli Ichga buyuriladi. Paketchaning ichidagisi bevosita iste’mol qilinishidan oldin eritilishi kerak. Bolalar: Paketchaning ichidagisi bolalar butilkasida (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha qabul qilishga taqsimlanadi yoki biron bir yarim suyuq mahsulot (bo‘tqa, pyure, kompot, bolalar ozuqasi) bilan aralashtiriladi. Kattalar: Paketchaning ichidagisi ½  stakan suvda eritiladi. Qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt – ovqat qabul qilishlar orasida, ezofagitda – ovqatdan keyin buyuriladi. Tavsiya qilingan davolash kursi: 3-7 kun.

Tez-tez: qabziyat (bunday hollarda dozani pasaytirib, davolashni davom ettirish mumkin). Tez-tez emas: ichakni dam bo‘lishi, qusish. Eshakemi, toshma, qichishish yoki angionevrotik shishni o‘z ichiga oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari to‘g‘risida xabarlar bo‘lgan. Shuningdek qabziyatni og‘irlashishi to‘g‘risida xam xabar berilgan.

– preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik – fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bir vaqtda qabul qilinayotgan dori vositalarning so‘rilish tezligi va/yoki darajasini kamaytirishi mumkin.

Smekta®  va boshqa dori vositalarni qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak. Anamnezida og‘ir surunkali qabziyatlari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘tkir diareyasi bo‘lgan bolalarga, suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparat oral regidratatsion eritmani oldindan qabul qilish bilan kompleksda qo‘llanishi lozim. Kattalarda o‘ziga xos xolatlardan tashqari hollarda, regidratatsiya zarur hisoblanmaydi. Oral yoki vena ichiga yuboriladigan regidratatsion eritma bilan regidratatsiya davomiyligi kasallikning kechishi, patsiyentning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab buyuriladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirini o‘ziga xosligi. Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlar kuchayishi mumkin. Davolash: simptomatik davolash.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun alyumin folga va polietilen bilan laminatsiya qilingan qog‘oz paketchalarga joylangan. 10 yoki 30 paketchadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.