Slabikap rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: suvsiz natriy pikosulfatiga qayta hisoblanganda natriy pikosulfati – 750 mg; yordamchi moddalar: sorbitol (sorbit) – 36,0 g, propilenglikol – 19,0 g, inyektsiya uchun suv – 100 ml gacha

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

natriy pikosulfati

Preparatning savdo nomi:

Slabikap

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun tomchilar

biroz qovushqoq, tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan suyuqlik

A06AV08.

Ichga qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va jigar-ichak tsirkulyatsiyasiga uchramaydi.

Atonik qabziyatlar. Ich kelishini boshqarish (gemorroy, proktit, orqa chiqaruv teshigining yorig‘i). Jarrohlik operatsiyalarga, instrumental va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlashda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi, kattalarga va 10 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich doza- uyqudan oldin – 10 tomchi, o‘rtacha – 12-24 tomchi, og‘ir va turg‘un qabziyatlarda – 30 tomchigacha. 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich doza – 5-8 tomchi, o‘rtacha 6-12 tomchi. Olingan samaraga qarab dozani keyingi qabullarda yoki oshiriladi yoki kamaytiriladi.

Diareya, qorin og‘rig‘i, suvsizlanish, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, holsizlik, tirishishlar, arterial bosimni pasayishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari. Peritonit, qorin og‘rig‘i (noaniq genezli), og‘ir degidratatsiya, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, metrorragiya, tsistit, spastik qabziyat, bolalar (4 yoshgacha), homiladorlikda (I uch oylik) qo‘llash mumkin emas.

Glyukokortikosteroidlar, diuretiklar elektrolit buzilishlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar ichni keltiruvchi samarasini pasaytiradi. Yurak glikozidlariga sezuvchanlik oshishi mumkin.

Ta’m beruvchi sifatga ega emas, shuning uchun bolalarga ovqatga qo‘shish mumkin. Shifokorning nazoratisiz har kuni 10 kundan ko‘p qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: “Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang. Bundan tashqari, surunkali dozani oshirib yuborilishida yo‘g‘on ichak shilliq qavatining ishemiyasini, ikkilamchi giperaldosteronizm, siydik-tosh kasalligi, buyrak naychalarining shikastlanishini rivojlanishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, suv-elektrolit muvozanatining buzilishlarini muvofiqlashtirish, spazmolitik vositalar.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun tomchilar 7,5 mg/ml. 10 ml dan tomchilagich qopqoqli va buraladigan qopqoqchali polietilen flakonlarda (flakon-tomchilagich). Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

5 yil.