Skinazolin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ketokonazol − 10 mg, klobetazol propionati − 0,5 mg, yordamchi moddalar: oq vazelin, suyuq parafin, oktadetsil (stearil spirti), glitserilmonostearat, etilparaben, laurokapram, propilenglikol, natriy laurilsulfati, suvsiz natriy sulfiti, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ketokonazol, klobetazol

Preparatning savdo nomi:

Skinazolin

Farmakalogik guruhi:

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun krem

oq yoki deyarli ok rangli krem

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar

D01A

Sirtga qo‘llanganida ketokonazol ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi. Hatto uzoq muddat qo‘llanganida ham ketokonazol qonda aniqlanmaydi. Klobetazol propionatining gidrokortizonga nisbatan plazma oqsillari bilan bog‘lanish qobiliyati kam, ammo T½ yuqori. Asosan jigarda, qolgan qismi − buyrakda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

Terining quyidagi zamburug‘li kasalliklarini davolashda qo‘llanadi: qo‘l mikozitovon epidermofitiyasi (mikoz)teri trixofitiyasiqirma (striguщiy) i o‘rab oluvchi temiratkiterini qichishishi.

Sirtga qo‘llanadi. Kuniga ikki marta terining shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib qo‘yiladi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba’zida davolash vaqtida krem qo‘yilgan joyda allergik reaktsiyalar (achishish, ta’sirlanish, qichishish, sanchish hissi) paydo bo‘lishi mumkin. Uzoq qo‘llanilishi natijasida teri atrofiyasi va/yoki pigmentatsiyasi kuzatilishi mumkin.

Virusli infektsiya (gerpes, o‘rab oluvchi gerpes, suvchechak) bilan teri zararlanganda kremni qo‘llash mumkin emas

Glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida antitelalar ishlab chiqarish kamayishi bilan bog‘liq immunodepressiv xususiyatlarini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli suvchechakka qarshi vaktsinatsiyasini va boshqa immunizatsiya turlarini o‘tkazmaslik kerak. Dori vositasi immunosupressiv preparatlar ta’sirini kuchaytirishi va immunostimulyatsiya qiluvchi ta’sirni susaytirishi mumkin. Gentamitsin, etakrin kislotasi va furosemid bilan bir vaqtda qo‘llanganda buyrak va eshitish a’zolari shikastlanish xavfi oshadi.

Kremni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin! Agar krem bexosdan ko‘zlarga tushsa, ularni ko‘p miqdordagi oqava suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Shilliq qavatlarga kremni tushishidan saqlanish kerak. Qichishish xissi yoki qizarish paydo bo‘lgan xollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak, ammo preparat surtilgan bo‘lsa tana yuzasidan yuvib tashlash kerak. Yuz terisi va terining katta sohalariga uzoq vaqt davomida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida, shifokorning doimiy kuzatuvi talab qilinadi. 4 haftadan ko‘p uzluksiz qo‘llash mumkin emas, yuzda, qo‘ltiq osti, chov yoki vulva soalarida preparatni uzluksiz qo‘llash 2 haftadan oshmasligi kerak. Emizikli bolalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Xususiyatlari o‘zgarganda preparatni qo‘llash mumkin emas. Homilador va laktatsiya davri Homiladorlik va laktatsiya davri preparatni qo‘llash mumkin emas. Avtotransport va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta’sir qilish xususiyati. Aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 10-30°S haroratda saqlansin.

Aniqlanmagan.

Retseptsiz

Krem 10 g  yeki 15 g dan alyumin tubalarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Tubaning kavsharlangan chokida preparatning seriyasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan.

2 yil.