Sirikal rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: kaltsiy karbonati – 500 mg xolekaltsiferol – 250 XB yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, natriy karboksimetiltsellyuloza, natriy lauril sulfati, tozalangan talk, magniy stearati, oq sheffcoat MP 5Y00235, brilliant ko‘ki bo‘yovchisi, vanilin ta’mli qo‘shimcha. Ta’rifi: och moviy rangli, kapsulasimon shaklli, bir tomonida bo‘lish uchun chizig‘i boshqa tomoni silliq bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kaltsiy karbonati, xolekaltsiferol

Preparatning savdo nomi:

Sirikal

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

A12AX

Kaltsiy. Kaltsiyni so‘rilishi 12-barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on ichaklarda amalga oshadi. Faol so‘rilishini asosiy boshqaruvchisi bo‘lib ichakning enterotsitlarida kaltsiyni bog‘lovchi oqsillar biosintezini rag‘batlantiruvchi D-kaltsitriol vitaminining metaboliti hisoblanadi. So‘rilgandan keyin tizimli qon oqimiga tushgan kaltsiy a’zolar va a’zolar tizimi bo‘ylab taqsimlanadi va eng avvalo suyak to‘qimasiga o‘tadi. Fiziologik sharoitlarda kaltsiyni organizmdan chiqarilishi (ichakda so‘rilmasdan, axlat bilan chiqariladigan qismidan tashqari) sutkada taxminan 250-300 mg tashkil etadi, 140-180 mg buyraklarda qayta so‘rilmasdan, siydikka tushadigan miqdori, shuningdek 80-100 mg ichakka safro hamda pankreatik sekret bilan ajralib chiqadigan miqdoridan iborat. Homiladorlik va emizish davrida kaltsiyni so‘rilishi oshadi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Xolekaltsiferol. Xolekaltsiferolni so‘rilishi ingichka ichakda safroni ta’sirida amalga oshadi. Odatda qabul qilingan vitaminning 50-70% o‘zlashtiriladi. Maksimal kontsentratsiyasiga 8-18 soatdan keyin erishiladi. D3 vitaminining taxminan 70% qon oqimidan jigar orqali so‘riladi, u yerda metabolizmga uchraydi. D3 vitamini kumulyativ hususiyatlarga ega. U jigarda parenximatoz bo‘lmagan hujayralarda to‘planadi, u yerdan gepatotsitlarga tashiladi va metabolizmga uchraydi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri T1/2 bir necha sutkagacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi va buyrak faoliyati buzilganida yanada uzoqroq bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak faoliyati pasayishi mumkin, dori vositasini dozalashda inobatga olish kerak.

to‘la qimmatga ega bo‘lmagan ovqatlanish bilan bog‘liq, organizmga kaltsiy va xolekaltsiferolni yetarli darajada tushmasligi oqibatida organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligi holatlarida;homiladorlikda va emizish davrida, shuningdek 12 yoshdan oshgan bolalarda jadal o‘sish davrida organizmni kaltsiy va D3 vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji oshganida;osteoporoz (menopauza, senil, steroid, idiopatik osteoporoz) va uning asoratlari (suyaklarni sinishi) uning asoratlarini oldini olish uchun, osteporozni istalgan spetsifik davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.

Preparatni ichga, ovqatdan keyin bir yarim soat o‘tgach qabul qilish kerak. Kattalarga osteoporozni davolashda 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta, osteoporozni oldini olish uchun – 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi. Kaltsiy va D3 vitamini tanqisligida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan sutkada 1-2 marta; 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 1 tabletkadan buyuriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik reaktsiyalar (qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, me’dada og‘riq, diareya). Moddalar almashinuvi tomonidan: giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya. Boshqalar: allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, kaltsiyli nefrourolitiaz, D gipervitaminozi, dekaltsinatsiyaga olib keluvchi o‘smalar (miyeloma, suyak metastazlari, sarkoidoz), immobilizatsiya bilan bog‘liq osteoporoz, o‘pka tuberkulezi (faol shakli), surunkali buyrak yetishmovchiligi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Xolekaltsiferolning faolligi u fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayishi mumkin. Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida EKG va klinik holatini nazorat qilish kerak, chunki kaltsiy preparatlari yurak glikozidlarning terapevtik va toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. Kaltsiy preparatlari va xolekaltsiferol MIYdan tetratsiklinlarni so‘rilishini oshirishi mumkin. Shuning uchun preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi vaqt oralig‘i kamida 3 soat bo‘lishi kerak. Bisfosfonatlar va natriy ftoridi preparatlarining so‘rilishini pasayishini oldini olish uchun Sirikal preparatini ularni qabul qilgandan keyin kamida ikki soat o‘tgach qabul qilish tavsiya etiladi. GKS preparatning so‘rilishini pasaytiradilar, shuning uchun GKS bilan davolashda preparatning dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Kolestiramin preparatlari yoki asosi mineral yoki o‘simlik moylari bo‘lgan surgi vositalari bilan bir vaqtda davolash xolekaltsiferolning so‘rilishi pasayishi mumkin. Tiazid diuretiklar bir vaqtda qo‘llanganida giperkaltsiyemiyani rivojlanish havfi oshadi, chunki ular kaltsiyni naychalar orqali reabsorbtsiyasini oshiradilar. Furosemid va boshqa “xalqali” diuretiklar, aksincha kaltsiyni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradilar.

Uzoq muddat davolanganda qon zardobida kaltsiy va kreatininning miqdorini nazorat qilish kerak. Giperkaltsiyemiya yoki buyrak faoliyatini buzilish belgilari bo‘lganida preparatning dozasini kamaytirish yoki davolashni bekor qilish kerak. D3 vitaminini buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday holatda qon zardobidagi kaltsiy va fosfatlarning miqdorini nazorat qilish kerak. Osteoporoz bilan xastalangan immobilizatsiya qilingan patsiyentlarda giperkaltsiyemiyani rivojlanish havfi borligi sababli, kaltsiy va D3 vitamini ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Sarkoidoz bilan xastalangan patsiyentlarga D3 vitaminini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ularda D3 vitamini metabolizmida patologiya bo‘ladi va giperkaltsiyemiya, buyrakda toshlar va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Qonda va siydikda kaltsiyning kontsentratsiyasi bunday patsiyentlarda muntazam ravishda tekshirilishi kerak. Preparat homiladorlik vaqtida buyurilganida kaltsiyning sutkalik dozasi 1500 mg dan, xolekaltsiferolning dozasi – 600 XB dan oshmasligi kerakligini inobatga olish kerak. Homiladorlik vaqtida dozani oshirib yuborilishi bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Xolekaltsiferol va uning metabolitlari ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi mumkin. Agar bola D3 vitaminini qo‘shimcha qabul qilayotgan bo‘lsa, uni inobatga olish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Anoreksiya, chanqoqlik, poliuriya, mushaklarni bo‘shligi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorinda og‘riq, kuchli toliqish, suyaklarda og‘riq, ruhiy buzilishlar, neyrokaltsinoz, siydik tosh kasalligi va og‘ir holatlarda yurak aritmiyalari bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat ortiqcha dozalarda (kaltsiy 2500 mg dan ortiq) qo‘llanganida buyrakni shikastlanishi, yumshoq to‘qimalar kaltsinozi bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilish belgilari aniqlanganida kaltsiy va D vitamini, shuningdek tiazid diuretiklari va yurak glikozidlarini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan 15 tabletka blisterda; 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.