Sinupretretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 draje maydalangan dorivor o‘simlik xomashyosi (kukun) saqlaydi: Gentianae radix (gorechevka ildizi)                                               6 mg Primulae flos (pervotsvet guli savatchasi bilan)              18 mg Rumicis herba (shovil o‘ti)                                                  18 mg Sambuci flos (buzina guli)                                                 18 mg Verbenae herba (verbena o‘ti)                                             18 mg Qo‘shimcha ingrediyentlar kaltsiy karbonati, kanakunjit moyi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, asosiy butillangan metakrilat sopolimeri, jelatin, glyukoza siropi, laktoza monogidrati, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, tog‘ glikol mumi, kartoshka kraxmali, xlorofilin birikmasi, tozalangan suv, shellak, sorbit, stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi, indigokarmin (alyumin) (Ye132), riboflavin Ye104.

Preparatning savdo nomi:

Sinupret

Farmakalogik guruhi:

LOR­a’zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.

Dori shakli:

draje

LOR­a’zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.

R05X.

Taqdim qilinmagan.

Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlar.

Kattalarga: 2 drajedan kuniga 3 marta. Maktab yoshidagi bolalarga: 1 drajedan kuniga 3 marta. Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi. Draje butunligicha, chaynamasdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutiladi. Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundon ortiq saqlansa yoki vaqti­vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Me’da­ichak buzilishlari (masalan, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam namoyon bo‘ladi. Ba’zi bir hollarda teri toshmasi, qichishish, qizarish kabi allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Shuningdek Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaktsiyalar ham paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Antibakterial vositalar bilan birga ishlatilishi mumkin va maqsadga muvofiqdir. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri hozirgi vaqtgacha noma’lum.

Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ortiq saqlansa yoki vaqti­vaqti bilan takrorlansa, shuningdek xansirash, isitma, yiringli yoki qonli balg‘am paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur. Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Sinupret® preparati homiladorlik davrida faqat shifokorning buyurishi bo‘yicha qo‘llanishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga eslatma: 1 draje o‘rtacha 0,01 “non birligi” (NB) ni saqlaydi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganida yuqoridagi nojo‘ya ta’sirlar kuchaygan shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.

Shifokor retsepticiz

Draje: har birida 25 drajedan blisterlar. O‘ram o‘lchami:№ 50 va №100

3 yil.