Sinulorretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 12,5 mg (8000 XB) framitsetin sulfati, yordamchi moddalar: glitserin, natriy xloridi, natriy tsitrati, limon kislotasi monogidrati, metilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

framitsetin

Preparatning savdo nomi:

Sinulor

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

Dori shakli:

nazal sprey

tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

R01AX08

Tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli dori vositasining farmakokinetik tadqiqotlari o‘tkazilmagan.

yuqori nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida, shu jumladan rinit, rinofaringit, sinusitda (to‘siq shikastlanmagan holatlarda) majmuaviy davolash tarkibida;jarrohlik aralashuvlaridan keyin yallig‘lanish jarayonlarida (profilaktika va davolash) qo‘llanadi.

Purkalganda flakonni vertikal holatda tutish kerak. Kattalarga – har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 4-6 marta; Bolalarga – har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi – 7 kun.

Allergik reaktsiyalar: kam hollarda terida o‘zgarishlar.

O‘ta yuqori sezuvchanlikda (shu jumladan boshqa aminoglikozidlarga) qo‘llash mumkin emas.

Dori vositasini boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan.

Dori vositasini uzoq vaqt qo‘llaganda disbakterioz va mikroorganizmlarning rezistent shtammlari paydo bo‘lishi mumkin. Agar 7 kun davolash davomida terapevtik samara kuzatilmasa yoki kuchsiz namoyon bo‘lsa, dori vositasini bekor qilish kerak. Burun yondosh bo‘shliqlarini yuvish uchun ishlatilmasin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida dori vositasini qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha adekvat va qat’iy nazoratlangan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tizimli qon oqimiga so‘rilish darajasi past bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam.

Shifokor retsepti bo‘yicha

10 ml dan flakonlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarga joylanadi.

2 yil.