Sintomitsin MRretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: D,L-xloramfenikol (sintomitsin) – 0,05 g. Yordamchi moddalar: kanakunjut moyi, emulgator №1, sorbin kislotasi, karmelloza natriy, aerosil, tozalangan suv – 1 g gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Xloramfenikol

Preparatning savdo nomi:

Sintomitsin-MR

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (xloramfenikol guruhi).

Dori shakli:

Liniment

Oq yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli, kuchsiz o‘ziga xos hidli liniment.

Antibiotik (xloramfenikol guruhi).

D06AX02

Preparat teriga, jarohatlarga yoki shilliq qavatlarga qo‘llanganidan so‘ng umumiy qon oqimiga so‘rilish darajasi noma’lum.

Jarohat jarayonining ikkinchi bosqichidagi jarohatlar (yiringli, nekrotik to‘qimalar bo‘lmaganida), uzoq vaqt bitmayotgan rofik yaralar, 2-3 darajali kuyishlarda qo‘llanadi.

Preparat sirtga ishlatiladi. Jarohatlar va kuyishlarga xirurgik ishlov berilganidan so‘ng sintomitsin linimenti bevosita jarohat yuzasiga qo‘yiladi, undan keyin steril doka bog‘lov qo‘yiladi yoki sintomitsin linimenti bog‘lov materialiga surtilib, so‘ngra jarohatga qo‘yiladi. Yiringli jarohatlar bo‘shliqlariga xirurgik ishlov berilganidan so‘ng liniment qo‘yilgan tamponlar g‘ovak qilib joylashtiriladi, sintomitsin linimetli turundalar esa yiring yo‘llariga kiritiladi. Jarohatlar 2-chi bosqichdagi va kuyishlarni davolashda jarohatlarni bitishi dinamikasiga qarab, har 1-3 kunda 1 marta qo‘llanadi.

Allergik reaktsiyalari: teri toshmasi, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin. Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda – retikulotsitopeniya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, eritropeniya, aplastik anemiya, agranulotsitoz.

Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi, o‘tkir intermittirlovchi porfiriya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, teri kasalliklari (zamburug‘li kasalliklar, psoriaz, ekzema). homiladorlik va laktatsiya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (4 haftalikkacha). Osmatik faollikka ega bo‘lmaganligi tufayli (asosi moy, emulgator) jarohat jarayonlarining birinchi bosqichida (ko‘p yiring ajralishi, to‘qimalarni yaqqol shishlari, og‘riq va nekrotik to‘qimalar mavjudligi tufayli) qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Eritromitsin, klindamitsin, linkomitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatiladi. Buning sababi xloramfenikolni bu preparatlarni bog‘langan holatlaridan siqib chiqarishi yoki bakterial ribosomalarning 50S subbirliklari bilan bog‘lanishiga to‘sqinlik qilishini mumkinligi hisobiga, ularning ta’siri o‘zaro kuchsizlanishi mumkin. Penitsillin va tsefalosporinlarning antibakterial samarasini pasaytiradi.

Davolash jarayonida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish lozim. Homiladorlik vaqtida homilaga va emizish davrida nohush ta’sirlar aniqlanmagan. Etanol bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfiramga o‘xshash reaktsiya (teri qoplamalarning giperemiyasi, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, reflektor yo‘tal, tirishishlar) rivojlanishi mumkin. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

5% li liniment 25 g alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.