SINGULYARretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 4,16 mg montelukast natriy (4,0 mg montelukastga ekvivalent); yordamchi moddalar: mannitol, mikrokristallik tsellyuloza, gidroksipropiltsellyuloza, temir (III) oksidi Ye172, natriy kroskarmelloza, olcha hushbo‘yi, aspartam, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

montelukast

Preparatning savdo nomi:

SINGULYAR

Farmakalogik guruhi:

leykotriyen retseptorlari blokatori.

Dori shakli:

chaynaladigan tabletkalar.

bir tomonida “SINGULAIR” va boshqa tomonida “MSD 711” gravirovkasi bo‘lgan pushti rangli, ovalsimon, ikki tomonlama qavariq tabletkalar.

leykotriyen retseptorlari blokatori.

So‘rilishi Montelukast peroral qabul qilingandan keyin tez so‘riladi. 10 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar uchun, qon plazmasidagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) kattalar tomonidan och qoringa preparat qabul qilingandan 3 soatdan keyin (Tmax) erishiladi. Peroral qo‘llanilganda biokiraolishligi 64% ni tashkil qiladi. Oddiy taomni qabul qilish peroral qabul qilinganda biokiraolishiligiga va Cmax ga ta’sir ko‘rsatmaydi. Xavfsizligi va samaradorligi, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, 10 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar qo‘llanilgan klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan. 5 mg chaynaladigan tabletkalar uchun Cmax ga kattalar tomonidan och qoringa qabul qilinganidan 2 soatdan keyin erishilgan. Peroral qabul qilinganda biokiraolishligi o‘rtacha 73% ni tashkil qiladi va standart taomlar iste’mol qilinganda 63% gacha pasayadi. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomonidan och qoringa 4 mg chaynaladigan tabletkalar qabul qilingandan keyin, Cmax ga, preparat qabul qilingandan keyin 2 soat o‘tgach erishilgan. O‘rtacha Cmax (66%) qiymat kattalarda 10 mg dozadagi tablekta qabul qilinganida yuqoriroq, o‘rtacha Cmin esa pastroq bo‘lgan. Taqsimlanishi Montelukast 99% dan ko‘proq darajada qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Muvozanat holatida montelukastning taqsimlanish hajmi o‘rtacha 8–11 litrni tashkil qiladi. Radiofaol nishonlangan montelukastni qo‘llash bilan kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, gematoentsefalik to‘siq orqali kirganda minimal taqsimlanishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, radiofaol nishonlangan moddaning kontsentratsiyasi doza qabul qilingandan 24 soat keyin, boshqa barcha to‘qimalarda minimal darajada bo‘lgan. Metabolizmi Montelukast faol ravishda metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalarni qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda montelukast metabolitlarining qon plazmasidagi kontsentratsiyalari – kattalar va bolalarda muvozanat holatida aniqlash mumkin bo‘lgan chegaradan past bo‘lgan. Odam jigari mikrosomalarida o‘tkazilgan in vitro tadqiqotlar P450 3A4, 2A6, 2C8 va 2C9 tsitoxromlarining montelukast metabolizmida ishtirok etishini ko‘rsatadi. Odam jigari mikrosomalarining qo‘shimcha in vitro tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, montelukastning qon plazmasidagi terapevtik kontsentratsiyalari P450 3A4, 2C9, 1A2, 2A6, 2C19 yoki 2D6 tsitoxromlarni ingibirlamasligini ko‘rsatadi. Metabolitlarning montelukastning terapevtik samarasidagi roli – minimal darajada. Chiqarilishi Sog‘lom katta yoshdagi shaxslarda montelukastning plazma klirensi o‘rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Radiofaol nishonlangan montelukast peroral qo‘llanilgandan so‘ng radiofaollikning 86% 5 kun ichida axlat bilan va <0,2% – siydik bilan chiqariladi. Peroral qabul qilingandan keyin montelukastning biokiraolishligini hisobga olib, bu montelukast va uning metabolitlarining safro bilan deyarli to‘liq chiqarilishini ko‘rsatadi. Turli guruh patsiyentlardagi o‘ziga xoslik Keksa yoshdagi shaxslar yoki jigar faoliyatini yengildan o‘rtacha og‘irlik darajalarigacha buzilgan patsiyentlarda dozani to‘g‘rilash zarurati yo‘q. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Montelukast va uning metabolitlari safro bilan chiqarilishi tufayli, buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozani muvofiqlashtirish zarurati ko‘zda tutilmaydi. Jigar faoliyatini og‘ir darajali buzilishi (Chayld–Pyu shkalasi bo‘yicha >9) bo‘lgan patsiyentlarda montelukastning farmakokinetikasi yuzasidan ma’lumotlar mavjud emas. Montelukastning yuqori (kattalar uchun tavsiya qilingan dozadan 20 va 60 marta ortiq bo‘lgan) dozalari qo‘llanilganda, qon plazmasidagi teofillin kontsentratsiyasini pasayishi kuzatilgan. Bu samara preparat tavsiya qilingan 10 mg bo‘lgan dozada sutkada 1 marta qo‘llanilganda kuzatilmagan.

Bu preparatni bolalar faqat kattalarning nazorati ostida qabul qilishi kerak. Tabletkani chaynay olmaydigan bolalar uchun preparat granulalar shaklida chiqariladi.

Montelukast persistik astmasi bo‘lgan patsiyentlarda klinik tadqiqotlarda qo‘llanilgan: 10 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar – 15 yosh va undan katta taxminan 4000 nafar patsiyentda;5 mg chaynaladigan tabletkalar – 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan taxminan 1750 nafar bolalarda;4 mg chaynaladigan tabletkalar – 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 851 nafar yosh bolalarda. Montelukast klinik tadqiqotlarda o‘rtacha astmasi bo‘lgan quyidagi patsiyentlarda baholangan: 4 mg granulalar va chaynaladigan tabletkalar – 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan 1 038 nafar bolalarda. Klinik tadqiqotlarda montelukast bilan davolangan patsiyentlarda preparatga nisbatan quyidagi nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), shuningdek platsebo bilan davolangan patsiyentlarga nisbatan, ko‘proq darajada xabar qilingan: A’zolar tizimi sinfiKatta yoshdagi bemorlar,15 yosh va undan katta(ikkita 12 haftalik tadqiqot; n=795)6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar,(bitta 8 haftalik tadqiqot, n=201;Ikkita 56 haftalik tadqiqot, n=615)2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar,(bitta 12 haftalik tadqiqot, n=461;Bitta 48 haftalik tadqiqot, n=278)Nerv tizimi tomonidan buzilishlarbosh og‘rig‘ibosh og‘rig‘i Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarabdominal og‘riq abdominal og‘riqUmumiy xolatni va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq buzilishlar  chanqoqlik Ko‘p bo‘lmagan sondagi katta patsiyentlar ishtirokidagi 2 yil davomida va 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirokidagi 12 oy davomida uzoq vaqt davolash bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda xavfsizlik profili o‘zgarmagan. Umuman olganda, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 502 nafar bola kamida 3 oy davomida, 338 nafar bola – 6 oy va undan ko‘proq muddat davomida, 534 nafari – 12 oy va undan ko‘proq vaqt davomida montelukast bilan davolangan. Davolash muddati uzaytirilganda ushbu patsiyentlarda xavfsizlik profili o‘zgarmagan. Preparatni postmarketing qo‘llash tajribasi Preparatni postmarketing qo‘llash davomida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berilgan; reaktsiyalar a’zolar tizimlari sinfi va nojo‘ya reaktsiyalarning maxsus atamalariga ko‘ra ko‘rsatilgan. Tez-tezligi tegishli klinik tadqiqotlar bo‘yicha aniqlangan. Infektsiyalar va invaziyalar: juda tez-tez – nafas olish yo‘llari yuqori bo‘limlarining infektsiyalari. Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: kam – qon ketishiga moyillikni ortishi, trombotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan, anafilaksiya; juda kam – jigarni eozinofil infiltratsiyasi. Ruhiyat tomonidan buzilishlar: kam – patologik uyqular, shu jumladan tungi dahshatlar, uyqusizlik, somnambulizm, qo‘zg‘algan holat, ajitatsiya, shu jumladan tajavuzkor ahloq yoki dushmanlik hissi, depressiya, psixomotor giperfaollik (shu jumladan, ta’sirchanlik, xavotirlik va tremor*); kam – xotirani yomonlashishi, diqqatni buzilishi; juda kam – gallyutsinatsiyalar, dezoriyentatsiya, suitsidal fikrlar va ahloq (suitsidallik). Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: kam – bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziyalar/gipesteziya, tirishishlar. Yurak tomonidan buzilishlar: kam – yurak urishini his qilish. Respirator tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: kam – burundan qon ketishi; juda kam – Cherdj – Stross sindromi, o‘pka eozinofiliyasi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – diareya, qo‘ngil aynishi, qusish; kam – og‘izni qurishi, dispepsiya.

Ta’sir etuvchi modda yoki yordamchi moddalarning birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Montelukastni odatda astmani oldini olish va uzoq vaqt davolash uchun ishlatiladigan boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin. Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sirini  o‘rganishda montelukastning tavsiya qilingan klinik dozasi teofillin, prednizon, prednizolon, peroral kontratseptivlar (etinilestradiol/noretindron 35/1), terfenadin, digoksin va varfarin kabi preparatlarning farmakokinetikasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan. Bir vaqtda fenobarbitalni qabul qilgan patsiyentlarda montelukastning qon plaszmasidagi kontsentratsiyasini egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) taxminan 40% ga kamaygan. Montelukast CYP 3A4, 2C8 va 2S9 vositasida metabolizmga uchraganligi sababli, ayniqsa bolalarda, fenitoin, fenobarbital va rifampitsin  kabi CYP 3A4, 2C8 va 2S9 induktorlari bilan bir vaqtda ehtiyotlik bilan buyurilishi kerak. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar montelukastning CYP 2C8 ning kuchli ingibitori ekanligini ko‘rsatgan. Biroq montelukast va rosiglitazonni (markerli substrat, asosan CYP 2C8 vositasida metabolizmga uchrovchi preparatlar vakili) qo‘llanilishini o‘rganilgan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishga oid  tadqiqotlarning klinik ma’lumotlari montelukastning CYP 2C8 in vivo sharoitda ingibirlamasligini ko‘rsatgan. Shuning uchun montelukastning ushbu ferment tomonidan metabolizmga uchrovchi preparatlar (masalan, paklitaksel, rosiglitazon va repaglinid) ning metabolizmiga ahmiyatli ta’sir ko‘rsatishi kutilmaydi. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar montelukastning CYP 2C8, 2C9 va 3A4 substrati ekanligini ko‘rsatdi. Montelukast va gemfibrozilni (CYP 2C8 va 2S9 ingibitorlari) qo‘llanilishi o‘rganilgan preparatlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishga oid tadqiqotlarning klinik ma’lumotlari, gemfibrozil montelukastning tizimli ekspozitsiyasini 4,4 marta kuchaytirishini ko‘rsatgan. Gemfibrozol va CYP 2C8 ning boshqa potentsial ingibitorlari bilan birga qo‘llanilganda montelukast dozasini muvofiqlashtirish talab qilinmaydi, biroq nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi mumkinligiga e’tibor qaratish lozim. In vitro ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, kuchsizroq CYP 2C8 ingibitorlari (masalan, trimetoprim) klinik jihatdan muhim o‘zaro ta’sirlarni yuz berishi ko‘zda tutilmaydi. Montelukast itrakonazol (CYP 3A4 ning kuchli ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda montelukastning tizimli ekspozitsiyasini ahamiyatli darajada kuchayishi kuzatilmagan.

Patsiyentlar peroral qabul qilinuvchi montelukastdan hech qachon astmaning o‘tkir xurujlarini davolashda qo‘llanmasligini bilishlari, shuningdek doimo o‘zlari bilan muvofiq shoshilinch yordam uchun mo‘ljallangan preparatni olib yurishlari kerak. O‘tkir xurujlar yuz bergan hollarda qisqa ta’sirga ega ingallyatsion β-agonistlardan foydalanish kerak. Patsiyentlar, agar qisqa ta’sirga ega ingalyatsion β-agonistiga odatdagiga qaraganda ko‘proq muxtoj bo‘lsalar, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashishlari kerakligini bilishlari kerak. Montelukast ingalyatsion yoki peroral kortikosteroidlar bilan keskin almashtirilishi mumkin emas. Montelukast bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, peroral kortikosteroidlarning dozasini kamaytirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud emas. Kam hollarda antiasmatik preparatlar bilan, shu jumladan montelukast bilan davolanayotgan patsiyentlarda, ayrim hollarda Cherdj–Stross sindromi (ko‘pincha tizimli kortikosteroidlar bilan davolash o‘tkaziladigan holat) uchun xos bo‘lgan vaskulitning klinik ko‘rinishlari bilan namoyon bo‘luvchi tizimli eozinofiliya yuz berishi mumkin. Bu holatlar ayrim hollarda peroral kortikosteroidlarning dozasini pasaytirilishi yoki ularni bekor qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Garchi leykotriyen retseptorlari antagonistlarini qo‘llanilishi bilan sababiy bog‘liqlik aniqlanmagan bo‘lsada, shifokorlar patsiyentlarda eozinofiliya, vaskulyar toshma, o‘pka simptomlarini yomonlashishi, kardiologik asoratlar va/yoki neyropatiyani yuz berishi mumkinligini yodda tutishlari lozim. Ushbu simptomlar kuzatilgan patsiyentlarni qayta ko‘rikdan o‘tkazish va ularni davolash sxemasini qayta ko‘rib chiqish lozim. Ushbu simptomlar yuz bergan patsiyentlarni qayta ko‘rikdan o‘tkazish va ularni davolash sxemasini qayta ko‘rib chiqish lozim.

Homiladorlik. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik yoki embrional/fetal rivojlanishga zararli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmagan.

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, original o‘ramida, 30°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Montelukastning dozasini oshirib yuborilishi haqida maxsus ma’lumotlar mavjud emas. Astma yuzasidan o‘tkazilgan uzoq muddatli tadqiqotlarda montelukastni katta yoshdagi patsiyentlarga 22 hafta davomida sutkada 200 mg gacha bo‘lgan dozalarda, qisqa muddatli tadqiqotlarda esa – 1 haftaga yaqin muddat davomida sutkada 900 mg gacha bo‘lgan dozalarda buyurilgan, bu esa klinik jihatdan yaqqol ifodalangan nojo‘ya reaktsiyalar bilan kechmagan. Postmarketing qo‘llash va klinik o‘rganishlar davomida montelukastning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi haqida xabarlar bo‘lgan. Ular kattalar va bolalar tomonidan 1000 mg (42 oylikkacha bo‘lgan bolalarda taxminan 61 mg/kg dozada ) dozalarda qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z ichiga olgan. Kuzatilgan klinik va laboratoriya o‘zgarishlari kattalar va bolalardagi xavfsizlik profiliga mos bo‘lgan. Dozani oshirib yuborilgan holatlarning ko‘pchiligida nojo‘ya reaktsiyalar yuz bermagan. Eng ko‘p uchragan nojo‘ya reaktsiyalar montelukastning xavfsizlik profiliga mos bo‘lgan va abdominal og‘riq, uyquchanlik, chanqoq, bosh og‘rig‘i, qusish va psixomotor giperfaollikni o‘z ichiga olgan. Peritoneal dializ yoki gemodializ o‘tkazilganda organizmdan montelukastni chiqarilishi noma’lum.

Retsept bo‘yicha

4 mg dan 7 yoki 14 chaynaladigan tabletka blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.