Sinestrol Biofarmaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: quruq moddaga qayta hisoblanganda 1 mg yoki 20 mg geksestrol; yordamchi moddalar: rafinadlangan zaytun moyi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

geksestrol (hexestrole)

Preparatning savdo nomi:

Sinestrol-Biofarma

Farmakalogik guruhi:

Jinsiy bezlarning gormonlari va jinsiy a’zolarning kasalliklarida qo‘llanadigan preparatlar. Estrogenlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun moyli eritma.

och-sariqdan to tilla-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq moyli suyuqlik.

Jinsiy bezlarning gormonlari va jinsiy a’zolarning kasalliklarida qo‘llanadigan preparatlar. Estrogenlar.

G03CB

tuxumdonlar faoliyatini yetishmovchiligi bilan bog‘liq gipogenitalizm;birlamchi va ikkilamchi amenoreya, oligomenoreya, dismenoreya;jinsiy a’zolarning gipoplaziyasi;klimakterik buzilishlar;60 yoshdan oshgan ayollarda sut bezi rakida (kompleks davolash tarkibida);erkaklarda prostata bezining rakida (kompleks davolash tarkibida) qo‘llaniladi.

Kattalarda qo‘llanadi. Qo‘llash oldidan preparat saqlovchi ampula suv hammomida (30-40oS gacha) biroz isitiladi. Kristall hosil bo‘lgan hollarda, ampula kristall to‘liq erigunigacha qaynayotgan suv hammomida isitiladi. Mushak ichiga yuboriladi. Tuxumdonlarning faoliyatini yetishmovchiligi bilan bog‘liq gipogenitalizmda va yaqqol rivojlanmagan bachadonda – 1-2 mg dan har kuni 4-6 hafta va undan ko‘proq qo‘llanadi (0,1% li eritma qo‘llanadi). Ikkilamchi amenoreyada – kuniga 1-2 mg dan 15-20 kun davomida buyuriladi. Gipooligomenoreyada – 1 mg dan har kuni yoki kunora hayz ko‘rishlar orasidagi davrning birinchi yarmi davomida. Mushak ichiga yuborish uchun eng yuqori doza: 0,1% eritmaning 2 ml (2 mg), sutkalik – 0,1% eritma 3 ml  (3 mg) ni tashkil etadi. 60 yoshdan oshgan ayollardagi sut bezi rakida 2% li eritma qo‘llanadi – 1 ml (20 mg) dan har kuni, so‘ngra sutkalik doza 5 ml (100 mg) gacha asta-sekin oshirib boriladi. Uzoq muddat davomida yuboriladigan optimal doza sinchiklab kuzatish yo‘li bilan aniqlanadi. Prostata bezining rakida 2% li eritma 3-4 ml (60-80 mg) dan har kuni 2 oy davomida, so‘ngra 2% li eritma 0,5-1 ml (10-20 mg) dan yuboriladi. Umumiy doza va davolash davomiyligi prostata bezidagi o‘zgarishlar, metastazlarni borligi yoki yo‘qligi, umumiy holat va feminizatsiya darajasiga bog‘liq. Xavfli o‘smalarni davolashda mushak ichiga yuborish uchun eng yuqori doza: bir martalik – 2% eritmaning 3 ml (60 mg), sutkalik – 2% eritmaning 5 ml (100 mg) ni tashkil etadi.

Alohida hollarda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kontakt linzalarni o‘zlashtira olmaslik, tromboemboliyalarni rivojlanish xavfini oshishi yuz berishi mumkin. Yuqori dozalar qo‘llanganda periferik shishlar, xolestaz, gepatit, pankreatit; ayollarda: endometriyni ortiqcha proliferatsiyasi va qon ketishlari, sut bezlarining og‘riqliligi, sezuvchanligi va o‘lchamini oshishi, sut bezlarining o‘smalari, libidoni oshishi; erkaklarda feminizatsiya (libidoni pasayishi, sut bezini shishi, so‘rg‘ichlarning pigmentatsiyasi, moyaklarning o‘lchamini kamayishi) yuz berishi mumkin.

Homiladorlik, emizish davri, jigar va buyrak kasalliklari, mastopatiya, endometrioz, bachadondan qon ketishi, 60 yoshgacha bo‘lgan ayollardagi xavfli va xavfsiz o‘smalar, qon ivishining yuqori darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan qon tizimi kasalliklari, giperestrogeniyaning turli shakllari, qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.

Bepushtlikni davolash uchun qo‘llanadigan antiestrogen vositalar (klimofen va boshqalar) estrogen retseptorlarni bloklash va estrogenlarning ta’sirini susaytirish xususiyatiga ega. Folat kislotasi va qalqonsimon bez preparatlari geksestrolning ta’sirini kuchaytiradi. Geksestrol gipolipidemik va antiaritmik dori vositalarining samarasini kuchaytiradi; erkaklarning jinsiy gormonlari, diuretiklar, antikoagulyantlarning samarasini susaytiradi.

Preparatni shifokorning sinchkov nazorati ostida qo‘llash kerak. Uzoq muddatli qo‘llash bachadondan qon ketishi, endometriyning giperplaziyasi, endometriyda o‘smalarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Oilaviy giperlipoproteinemiya, pankreatit, o‘t pufagi kasalliklari (ayniqsa xolelitiaz), anamnezida avvalgi homiladorlikda sariqlik, jigar porfiriyasi, leykomioma, sut bezi rakining suyakka metastazi bilan assotsiatsiyalangan giperkaltsiyemiya bo‘lgan patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Sut bezi va prostata bezining rakini davolashda: koronar va tserebral tomir kasalliklari, faol tromboflebit va tromboembolik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki estrogenlarning yuqori dozalari miokard infarkti, o‘pka tomirlarining tromboemboliyasi va tromboflebitni rivojlanish xavfini oshiradi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Davolash davrida emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar. Preparat bolalarda qo‘llanmaydi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir etish xususiyati. Tekshirilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Tekshirilmagan.

Retsept bo‘yicha

1 ml preparatdan ampulada. 10 ampuladan qutida.

5 yil.