Sinartaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 sashe quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1,500 g glyukozamin sulfatiga qayta hisoblanganda, 1,884 g 100% moddaga qayta hisoblanganda glyukozamin sulfat natriyli tuzi; yordamchi moddadar: aspartam (Ye 951), sorbit (Ye 420), suvsiz limon kislotasi, polietilenglikol (makrogol) 4000.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

glyukozamin sulfati

Preparatning savdo nomi:

Sinarta

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar.

Dori shakli:

oral eritma uchun kukun.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar.

M01A X05

Osteoartrit simptomlari, ya’ni og‘riq va funktsional cheklanishlarni davolashda qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi. Katta patsiyentlar va keksa yoshdagi patsiyentlar: 1500 mg glyukozamin sulfatiga ekvivalent 1 sashe ichidagisi bir stakan suvda eritiladi va sutkada 1 marta, yaxshisi ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-12 xafta va undan uzoqroq (zarurati bo‘lganida). Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha davolashni 2 oy interval bilan bir yilda 2-3 marta, shuningdek kasallik qaytalanganida takrorlash mumkin. Bolalar Bolalarda qo‘llanilmasin, chunki bunday patsiyentlarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Glyukozamin yoki biron-bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; dekompensatsiya bosqichidagi jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi, qon ketishlarga moyillikda qo‘llash mumkin emas. Oral eritma uchun kukun aspartam saqlaydi va shuning uchun fenilketonuriyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Sinarta preparatini mollyusklarga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas, chunki ta’sir etuvchi modda mollyusklardan olingan. Homiladorlik va emizish davri. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Kumarin antikoagulyantlarining ta’sirini kuchayishi aniqlangan. Shuning uchun bunday patsiyentlarda koagulyatsiya ko‘rsatkichlarini nazorat qilish maqsadga muvofiq. Tetratsiklinlarni me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi kuchayishi mumkin. preparat nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va glyukokortikosteroidlar bilan mutanosib.

Astmasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bunday patsiyentlar ularning kasalliklari simptomlarini zo‘rayishi bilan kechuvchi glyukozaminga allergik reaktsiyalar rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Oral qo‘llash uchun kukun sorbit saqlaydi. Fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda bu farmatsevtik shaklni qo‘llash tavsiya etilmaydi. 1 sashe 6,6 mmol (151 mg) natriy saqlaydi. Buni natriy darajasi nazoratlangan parhezga rioya qilayotgan patsiyentlarda e’tiborga olish kerak. Davolashni boshida qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga qonda qand darajasi nazoratini o‘tkazish maqsadga muvofiq. Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi, tromboflebiti bo‘lgan patsiyentlarda faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanilsin. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash haqidagi ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun bu toifadagi patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Preparatni avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Transport vositalarini boshqarganda va diqqatni talab etuvchi ishlarni bajarganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi yoki ko‘rishni buzilishi paydo bo‘lgan hollarda avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash taqiqlanadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi holatlari aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan o‘tkir va surunkali toksiklik tadqiqotlariga asoslanib, hatto terapevtik dozadan 200 marta yuqori dozalarda toksiklik simptomlari yuzaga kelishi ehtimoli kam. Lekin doza oshirib yuborilgan hollarda nojo‘ya reaktsiyalar ko‘rinishlari kuchayishi mumkin, shuning uchun suv-elektrolit muvozanatini tiklashga qaratilgan simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

3,95 g dan sasheda. 10 yoki 30 sashedan qutida.

2 yil.