Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
Sinaflan
Farmakalogik guruhi:
Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid
Dori shakli:
sirtga qo‘llash uchun surtma
Och-sariqdan to sariq rangligacha bo‘lgan surtma.
Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid
D07AC04
Teri yuzasidan so‘rilganidan keyin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, asosan jigarda metabolizmga uchraydi.
Buyraklar orqali chiqariladi.
Terining quruqligi bilan birga kechuvchi mikrobsiz etiologiyali terining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish va allergik kasalliklari (seboreyali dermatit, turli genezli va lokalizatsiyali ekzema, neyrodermit, terini qichishishi, psoriaz, quyoshli kuyishlar, hashoratlarni chaqishi) da qo‘llanadi.
Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga sirtga qo‘llanadi.
Antiseptik suyuqlik bilan xo‘llangan tampon bilan oldindan artilgan teriga preparatning katta bo‘lmagan miqdori kuniga 2-4 marta qo‘yiladi va biroz ishqalanadi.
Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq va odatda 5-10 kunni tashkil qiladi, kasallikni davomli kechishida 25 kungacha.
Bolalarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Shikastlanishning cheklangan o‘choqlarida samarasini kuchaytirish uchun surtmani okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llash mumkin.
Bog‘lov ostida sutkada 2 g dan ortiq surtmani qo‘llashga ruxsat berilmaydi.
Surtmani dermatozlarning quruq shakllarida ishlatgan afzalroq.
Agar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llang.
Zarurati bo‘lganida, iltimos dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Fluotsinolon yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, pushti xusnbuzar, akne, perioral dermatit, terining bakterial, virusli, zamburug‘li kasalliklari, teri tuberkulyozi, sifilis, postvaktsinal reaktsiyalar, boldirning trofik yaralari, anogenital qichima, teri raki, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Faqat terining katta bo‘lmagan sohalarida qisqa kurslar bilan qo‘llanadi.
Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Davolanish vaqtida erkin kiyim kiyish tavsiya qilinadi.
Oddiy yoki pushti xusnbuzari bo‘lgan bemorlarda davolanish fonida kasallikni zo‘rayishi mumkin.
Mahalliy infektsion asoratlarni oldini olish uchun mikroblarga qarshi vositalar bilan birga buyurish tavsiya qilinadi.
Terining atrofik o‘zgarishlari bo‘lgan shaxslarda, ayniqsa keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Agar preparatni qo‘llash bilan bog‘liq yuqori sezuvchanlik belgilari yoki terini ta’sirlanishi kuzatilsa, davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak.
Uzoq vaqt davolaganda, preparatni terining katta yuzasiga surtilganda, okklyuzion bog‘lam ishlatilganda, shuningdek bolalarda glyukokortikosteroidni tizimli so‘rilishi kuzatilishi mumkin; gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi funktsiyasi susayishi va giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi mumkin.
Terining boshqa yuzalariga nisbatan yuz terisida mahalliy ta’sirga ega glyukokorstikosteroidlar bilan davolagandan keyin atrofik o‘zagarishlar ko‘proq kuzatilishi mumkin; bunday hollarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Preparatni yuzga, burmalarga, tabiiy bukilmalar sohasiga, yupqa teri sohalariga surtilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat shilliq qavatlarga surtilmasin.
Glyukokortikosteroidlar terining ayrim kasalliklarini ko‘rinishini o‘zgarishi mumkinligini yodda tutish kerak, bu diagnoz qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin.
Bunday tashqari, glyukokortikosteroidlarni qo‘llash yaralarni bitishini sekinlashishining sababchisi bo‘lishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolashni to‘satdan bekor qilish terini jadal qizarishi va achishish hissi bilan kechuvchi dermatit ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi rikoshet sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun uzoq vaqt davolagandan keyin preparatni asta-sekin bekor qilish kerak, masalan uni to‘liq bekor qilishdan oldin vaqti-vaqti bilan davolash sxemasiga o‘tish.
Preparatning tarkibiga kiruvchi propilenglikol, lanolin surtilgan joyda ta’sirlanish chaqirishi mumkin.
Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi Preparatni 2 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash mumkin.
Kichik bolalarda teri burmalari, pelenka, tagliklar okklyuzion bog‘lamga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi va glyukokortikosteroidni tizimli so‘rilishini oshirishi mumkinligini e’tiborga olish kerak.
Bunday tashqari bolalarda teri qoplamalari yuzasi va tana vazni nisbati, shuningdek terini yetilmaganligi tufayli tizimli so‘rilish darajasi yuqori bo‘lishi mumkin.
Glyukokortikosteroid bilan uzoq vaqt davolash ularda o‘sish va rivojlanishni buzilishlariga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun preparatni uzoq vaqt qo‘llash shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak.
Bolalar samaraga erishish uchun yetarli bo‘lgan minimal dozani olishlari kerak.
Bolalarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi ehtimoli kam, lekin preparatni so‘rilishga moyilligi yuqori bo‘lgan shikastlangan terining katta yuzalarida uzoq vaqt davomida okklyuzion bog‘lam bilan qo‘llanilganda giperkortitsizm belgilari: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezining funktsiyasini qaytuvchan susayishi, Itsenko-Kushing sindromi ko‘rinishlari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.
Davolash: simptomatik, zarurati bo‘lganida suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish, preparatni bekor qilish (uzoq vaqt davolaganda – asta-sekin bekor qilish).
Retsept bo‘yicha
Sirtga qo‘llash uchun 0,025% surtma.
10 g dan alyuminiy tubalarda.
Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
5 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat qo‘llanmasin.