Simgalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: simvastatin 10 mg, 20 mg va 40 mg Yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, butilgidroksianizol, limon kislota monogidrati, mikrokristallik tsellyuloza, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori 1500, magniy stearati, laktoza monogidrati. Qobig‘ining tarkibi: Simgal 10 mg – pushti Opadri OY-B-34915 (polivinil spirti, titan dioksidi Ye171, tozalangan talk, letsitin, ksantan qatroni, temir (III) oksidi va temir (II) oksidi Ye172, indigokarmin Ye132). Simgal 20 mg – pushti Opadri OY-B-34917 (temir (II, III) oksidi, temir (II) oksidi va temir (III) oksidi Ye172, letsitin, polivinil spirti, talk, titan dioksidi Ye171, ksantan qatroni). Simgal 40 mg – fuksiya Opadri AMV 80W36564 (temir (II, III) oksidi, temir (III) oksidi, letsitin, polivinil spirti, talk, titan dioksidi, ksantan qatroni, temir (II) oksidi).

Preparatning savdo nomi:

Simgal

Farmakalogik guruhi:

Gipolipidemik preparatlar. GMG-KoA reduktaza ingibitorlari.

Dori shakli:

10 mg; 20 mg va 40 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Simgal 10 mg – dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Simgal 20 mg – dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskali, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tablektalar. Simgal 40 mg – dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskali, to‘q pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Gipolipidemik preparatlar. GMG-KoA reduktaza ingibitorlari.

So‘rilishi va taqsimlanishi Simvastatinni so‘rilishi yuqori. Simvastatin ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmada Smax 1-2 soatdan keyin erishiladi va 12 soatdan keyin 90% ga kamayadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil etadi. Metabolizmi va chiqarilishi Simvastatin jigarda metabolizmga uchraydi va jigar orqali “birinchi marta o‘tish” samarasiga duchor bo‘ladi (asosan o‘zining faol shakli beta-gidroksikislotasiga gidrolizlanadi, boshqa faol metabolitlari, hamda nofaol metabolitlari ham aniqlangan). Faol metabolitlarining T1/2 1,9 soatni tashkil etadi. Simvastatin, asosan, axlat bilan metabolitlar holida chiqariladi. Taxminan 10-15% buyraklar orqali nofaol metabolitlar holida chiqariladi.

birlamchi giperxolesterinemiya yoki aralash dislipidemiya (diyetoterapiya va boshqa nofarmakologik davolash usullari samarali bo‘lmaganida);gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiya (parhez va boshqa davolash usullariga qo‘shimcha sifatida yoki agar bunday davolash usullari buyurilmaganida);yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olish (xolesterinning darajasi normal yoki yuqori bo‘lganida boshqa havf omillarini to‘g‘rilashga va boshqa yurakni himoya qiluvchi davolash usullariga qo‘shimcha sifatida) da qo‘llanadi.

Kattalar Odatdagi tutib turuvchi dozasi sutkada 5-80 mg ni tashkil etadi. Dozasini lipoproteinning kontsentratsiyasiga nisbatan kutilgan samara kuzatilmagunicha yoki maksimal sutkalik dozasi – 80 mg ga erishilmagunicha, kamida 4 haftalik interval bilan oshirish mumkin. Plazmada xolesterinning kontsentratsiyasi kutilgan belgilangan darajadan past darajagacha kamayganida Simgal preparatining dozasini pasaytirishni ko‘rib chiqish mumkin. 80 mg li dozasi giperxolesterinemiyaning og‘ir shakli va yurak qon-tomir asoratlarini yuqori havfi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish uchun tavsiya etiladi. Birlamchi giperxolesterinemiya yoki aralash dislipidemiyada boshlang‘ich dozasi sutkada 10-20 mg ni tashkil etadi, kechqurun bir marta qabul qilinadi. Davolash boshlanishidan oldin xolesterinni pasaytiruvchi standart parhezga rioya qilish va davolanish vaqtida uni davom ettirish kerak. Past zichlikdagi lipoproteidlarning kontsentratsiyasini ahamiyatli darajada 45% ko‘p pasaytirishga muhtoj bo‘lgan patsiyentlar Simgal bilan davolanishni sutkada 20-40 mg dozasi bilan boshlashlari mumkin, kechqurun sutkada bir marta qabul qiladilar. Zarurat bo‘lganida dozasini kamida 4 haftadan keyin oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza – 80 mg. Gomozigotli oilaviy giperxolesterinemiyada, Simgalning tavsiya etilgan dozasi sutkada 40 mg ni tashkil etadi, kechqurun qabul qilinadi yoki sutkada 80 mg ni tashkil etadi va kechqurun 20 mg, 20 mg va 40 mg dan 3 marta qabul qilinadi. Simgal preparatini lipidlar (masalan, PZLP-afereza) ning darajasini pasaytirish maqsadida boshqa davolash usuliga qo‘shimcha sifatida yoki bunday davolash imkoni bo‘lmagan hollarda muqobil davo sifatida qo‘llash mumkin. Yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olishda YUIK (giperlipidemiyasiz YUIK yoki giperlipidemiya bilan kechganida)ni rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda Simgalning odatdagi dozasi sutkada 20-40 mg ni tashkil etadi, butun dozasi kechqurun qabul qilinadi. Preparatni qo‘llashni parhez va jismoniy mashqlar bilan bir vaqtda boshlash mumkin. Zarurat bo‘lganida dozasini kamida 4 haftadan keyin oshirish mumkin. Maksimal sutkalik dozasi – 80 mg. Keksa yoshdagi patsiyentlar Dozasini to‘g‘rilashga zarurati yo‘q.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Simvastatinni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan noxush samaralar kuchsiz namoyon bo‘ladi va vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ladi. Tez-tez emas uyquni buzilishi, jumladan uyqusizlik, tungi dahshatlar, depressiya, xotirani yo‘qolishi;jinsiy faoliyatni buzilishi. Kam anemiya;bosh og‘rig‘i, paresteziya, bosh aylanishi, periferik nevropatiya, periferik polinevropatiya;qabziyat, abdominal og‘riqlar, meteorizm, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, pankreatit;gepatit/sariqlik;teri toshmalari, terini qichishishi, alopetsiya;miopatiya (jumladan, mioliz), buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki bo‘lmagan rabdomioliz, mialgiya, mushaklar spazmi, miozit, polimiozit;asteniya;Kvinke shishi, yuguriksimon sindrom, revmatik polimialgiya, Vegner kasalligi, vaskulit, trombotsitopeniya, eozonofiliya, ECHT ning darajasini oshishi, artrit va artralgiya, eshakemi, yorug‘likka sezuvchanlik, isitma, qonni oqib kelish hissi, hansirash va umumiy holsizlik;transaminazalar (alanin-aminotransferaza, aspartat-aminotransferaza, γ-glutamil-transpeptidaza) ning darajasini oshishi, ishqoriy fosfataza darajasini oshishi; qon plazmasida kreatinfosfokinazaning darajasini oshishi kuzatiladi. Juda kam o‘pkani interstitsial kasalligi;jigar yetishmovchiligi kuzatiladi.

Davolashni boshlashdan oldin jigar faoliyatini tekshirish kerak. Davolanish vaqtida “jigar” transaminazalari faolligini birinchi 3 oy davomida har 6 haftada, so‘ngra qolgan bir yil davomida har 8 haftada va shundan so‘ng yarim yilda 1 marta nazorat qilish kerak. Simgal preparatini 80 mg sutkalik dozada qabul qilayotgan patsiyentlarda jigar faoliyatini 3 oyda 1 marta nazorat qilinadi. Transaminazalarning darajasi oshgan (normaning yuqori chegarasidan 3 marta oshganida) hollarda davolash bekor qilinadi. Mialgiyasi, miasteniyasi va/yoki kreatinfosfokinazaning faolligi yaqqol oshishi bo‘lgan bemorlarni preparat bilan davolash to‘xtatiladi. Og‘ir jarohatlarda, o‘tkir infektsiyalarda, rejali jarrohlik operatsiyalaridan bir necha kun oldin simvastatin bilan davolanishni vaqtinchalik to‘xtatish kerak. Alkogolni xaddan ziyod iste’mol qiladigan va/yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarga; a’zolar tarnsplantatsiyasidan so‘ng immunodepressantlar bilan davolanayotgan patsiyentlarga (rabdomioliz va buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli); arterial gipotenziya, og‘ir kechuvchi o‘tkir infektsion kasalliklar, yaqqol metabolik va endokrin buzilishlar, elektrolitlar muvozanatini buzilishi kabi buyraklar faoliyatini yaqqol yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda; jarrohlik (shu jumladan, stomatologik) aralashuvlarida yoki jarohatlarda; skelet mushaklari tonusini noma’lum etiologiyali kamayishi yoki oshishi bo‘lgan patsiyentlarga; tutqanoqda preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolash kursi boshlanishidan oldin va davolash kursi vaqtida patsiyent gipoxolesterin parhezda bo‘lishi kerak. Odatdagi dozasi o‘tkazib yuborilganida preparatni imkon boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar navbatdagi dozasini qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, dozasini ikki barobar oshirish mumkin emas. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni davolash buyraklar faoliyatini nazorati ostida o‘tkaziladi. Mushaklarda tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riq, holsizligi yoki kuchsizligi, ayniqsa ular lohaslik yoki isitma bilan kechganida patsiyentlarga zudlik bilan xabar berish tavsiya etiladi. Ba’zi statinlar, jumladan simvastatin qabul qilinganida, ayniqsa uzoq muddat davolanganida o‘pkaning interstitsial kasalligini rivojlanganlig haqida ma’lumotlar mavjud. Simptomlari hansirash, quruq yo‘tal va jismoniy toliqish (charchoqlik, tana vaznini yo‘qolishi va isitma) dan iborat bo‘lishi mumkin. Interstitsial kasallik rivojlanganligiga gumon qilinganida simvastatin bilan davolashni to‘xtatish kerak. Kumarin antikoagulyantlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda protrombin vaqti simvastatin bilan davolashni boshlashdan oldin va protrombin vaqtida ahamiyatli o‘zgarishlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun davolashni erta bosqichlarida nisbatan tez-tez aniqlanishi kerak. Protrombin vaqti barqarorlashganidan so‘ng, u ma’lum bir intervallarda, odatda kumarin antikoagulyantlarini qabul qilayotgan patsiyentlar uchun tavsiya etilgan intervallarda aniqlanishi kerak. Transport vositalari yoki potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta’sir qilish hususiyati Simgal preparati avtomobilni boshqarish va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

10oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganida qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak. Davolash – simptomatik. Jigar va buyraklar faoliyatini, qon zardobidagi kreatinfosfokinazaning darajasini nazorat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

14 tabletkadan PVX plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 2 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

4 yil.