Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat, diareya, meteorizm, gepatit, sariqlik, jigar transaminazalari faolligini oshishi, kam hollarda – o‘tkir pankreatit kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: astenik sindrom, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, tirishishlar, paresteziyalar, periferik nevropatiya, ko‘rishni noaniqligi, ta’m bilish hissini buzilishi, toliqish, alohida hollarda depressiya, periferik nevropatiya.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: miopatiya, mialgiya, mushak zaifligi, mushakda og‘riq, kam hollarda – rabdomioliz, rigidlik, qonda kreatinfosfokinaza (KFK) darajasini oshishi.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: proteinuriya, buyraklar faoliyatini yomonlashishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (rabdomioliz oqibatida).
Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, anemiya.
Allergik reaktsiyalar: angionevrotik shish, revmatik polimialgiya, vaskulit, artrit, artralgiya, eshakemi, yuguriksimon sindrom, isitma, ECHT oshishi, eozinofiliya.
Dermatologik reaktsiyalar: fotosensibilizatsiya, terini qizarishi, alopetsiya, teri toshmasi, dermatomiozit, ekzema.
Boshqalar: oqib kelishlar, xansirash, yurakni urishi, potentsiyani pasayishi.
Simekar odatda tavsiya qilingan terapevtik dozalarda qo‘llanganda yaxshi o‘zlashtiriladi.