Sifloksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: Tsiprofloksatsin gidroxloridi monogidrati, 500 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent. yordamchi moddalar: Mag‘zi: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Plyonka qobig‘i: Opadry White OY-S-28842.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Sifloks

Farmakalogik guruhi:

Ftorxinolon hosilalari guruhidan bo‘lgan mikroblarga qarshi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq yoki och-sariq tusli deyarli oq, dumaloq, ikki tomonlama qabariq, parda qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Ftorxinolon hosilalari guruhidan bo‘lgan mikroblarga qarshi vosita.

So‘rilishi. Sifloks og‘iz orqali qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparatning biokiraolishligi 50-85% ni tashkil qiladi. Sog‘lom odamlarda ovqatdan oldin qabul qilinganida qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi 0,5-1,5 soatdan keyin kuzatiladi. Preparat og‘iz orqali 250, 500, 750 va 1000 mg qabul qilinganida qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi muvofiq 0.76, 1.6, 2.5 va           3.4 mkg/ml tashkil qiladi. Taqsimlanishi. Og‘iz orqali qabul qilingan tsiprofloksatsin organizmning to‘qimalari va suyuqliklarida keng tarqaladi va o‘t-safroda, o‘t pufagi, o‘pkalar, buyraklar, jigar, bachadon, urug‘ suyuqligi, prostata to‘qimasi, tomoq bezlarida, endometriyada, fallopiy naylari va tuxumdonlarda yuqori kontsentratsiyalarni hosil qiladi. Bu to‘qimalardagi tsiprofloksatsinning kontsentratsiyasi qon zardobiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, tsiprofloksatsin suyaklarga, ko‘z suyuqligiga, bronxlar shilimshig‘iga, so‘lak, teri, mushaklar, yog‘ va tog‘ay to‘qimalariga, plevra, qorin pardasi, astsit suyuqligi va limfaga ham yaxshi o‘tadi. Neytrofillardagi kontsentratsiyasi zardobdagiga qaraganda 2-7 marta yuqori. Organizmda tarqalish hajmi 2-3,5 l/kg tashkil qiladi. Tsiprofloksatsin orqa miya suyuqligiga kam miqdorda o‘tadi. Orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi zardob kontsentratsiyasining taxminan 6-10% ni tashkil qiladi. Tsiprofloksatsinning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 30%. Chiqarilishi. Buyraklar faoliyati normal bemorlarda tsiprofloksatsinning yarimchiqarilish davri 3-5 soat, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda esa u birmuncha uzayadi. Preparat organizmdan asosan buyraklar orqali (50-70%) va ekskrementlar bilan (15-30%) chiqariladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (kreatinin klirensi 20 ml/min/1.73m2) sutkalik dozaning yarmi buyuriladi.

Sifloks quyidagi sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi: Buyraklar va siydik yo‘llarining infektsiyalariQuyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxit va boshqalar)Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (operatsiyadan keyingi jarohat infektsiyalari, qandli diabet fonidagi infektsiyalar, infektsiyalangan yotoq yaralar va boshqalar)Suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalyari (osteomiyelit, septik artrit va boshqalar)Kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari (adneksit, prostatit)O‘t yo‘llarining infektsiyalariAkusherlik va ginekologiyadagi infektsiyalarMe’da-ichak yo‘llarining infektsiyalariO‘rta quloq va burunning yondosh bo‘shliqlarining infektsiyalariKo‘z infektsiyalariPeritonitSepsisImmuniteti pasaygan bemorlardagi infektsiyalarni oldini olish va davolash (masalan, immunosupressiv davolashda).

Infektsiyaning joylashuvi, og‘irligi, hamda qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi: Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarida – 250 mg dan kuniga 2 marta;Siydik chiqarish yo‘llarining og‘ir infektsiyalarida – 500 mg dan kuniga 2 marta;Nafas yo‘llarining og‘ir infektsiyalari va osteomiyelitda – 750 mg dan kuniga 2 marta;Boshqa og‘ir kechuvchi infektsiyalarda – 500 mg dan kuniga 2 marta;O‘tkir gonoreyada – 250 mg bir marta buyuriladi Davolashning muddatlari: Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari – 7 kunOsteomiyelit – 2 oyBoshqa infektsiyalar – 7-10 kunStreptokokkli infektsiyalar – 10 kundan kam emas. Agar buyrak yetishmovchiligida kreatinin klirensi 20 ml/min dan past bo‘lgan holda, dozaning yarmini qo‘llash kerak. Odatda davolash klinik va bakteriologik ko‘rsatkichlar yaxshilangandan keyin ham 72 soat davom ettiriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, ishtahani pasayishi, xolestatik sarig‘lik (ayniqsa o‘tkazilgan jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda), gepatit, gepatonekroz pankreatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, vertigo, bosh og‘rig‘i, yuqori charchoqlik, xavotirlik, ajitatsiya, tremor, uyqusizlik, ”dahshatli” tushlar ko‘rishlar, periferik paralgeziya (og‘riqni sezish anomaliyalari), parasteziya, dizesteziya, gipesteziya, gipersteziya, periferik neyropatiya, polineyropatiya, ko‘p terlash, bosh miya ichki bosimini oshishi, dezoriyentatsiya, ongni chalkashishi, depressiya va gallyutsinatsiyalar, shuningdek psixotik reaktsiyalarning boshqa ko‘rinishlari (ba’zida patsiyent o‘zga zarar yetkazaligan holatlargacha rivojlanib boruvchi), migren, xushdan ketishlar, tserebral arteriyalarning trombozi, tirishishlar, harakat koordinatsiyasini buzilishi. Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va xid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, rang sezishni o‘zgarishi), quloqlarda shovqin, eshitishni pasayishi, eshitishni yo‘qolishi. Yurak-tomir tizimi tomonadan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, Q-T intervalini uzayishi, qorincha aritmiyalari (shu jumladan “piruet” turi), arterial bosimni pasayishi, yuz terisiga qonni oqib kelishi. Nafas tizimi tomonidan: nafasni buzilishi (shu jumladan bronxospazm). Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya, neytropeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko‘migida qon yaratilishini buzilishi. Laboratoriya ko‘rsatgichlari tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya, amilazaning faolligini oshishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya eng (avvalo ishqoriy siydikda va past diurazda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlar, buyrakning azotni chiqarish faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi. Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarni (axillov paylarini) uzilishi, mialgiya, mushak tonusini oshishi, mushak tirishishlari, mushak kuchsizligi, miasteniya simptomlarini zo‘rayishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, qon ketishlari bilan birga kechuvchi qavariqlarni hosil bo‘lishi va qora qo‘tir hosil qiluvchi mayda tugunlarni hosil bo‘lishi, dorivor isitma, teriga nuqtali qon quyilishi (petexiyalar), yuz yoki xalqumni shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, zardob kasalligi, anafilaktik shok Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Boshqalar: yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, umumiy kuchsizlik, superinfektsiya (kandidoz, soxtamembranoz kolit), yurishni buzilishi

tsiprofloksatsinga yoki ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimni yaqqol pasayishi, uyquchanlik xavfi);homiladorlik;laktatsiya davri;18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar;soxtamembranoz kolitda qo‘llash mumkin emas.

Gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlarining faolligini pasayishi oqibatida teofillinning (boshqa ksantinlarni, masalan kofeinni ham), peroral gipoglikemik dori vositalarining, bilvosita antikoagulyantlarning T1/2 uzaytiradi, protrombin indeksini pasayishiga yordam beradi. Boshqa mikroblarga qarshi dori vositalar (beta-laktam antibiotiklar, aminoglikozidlar, klindamitsin, metronidazol) bilan birga qo‘llanganda, odatda sinergizm kuzatiladi; Pseudomonas spp. tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda azlotsillin va tseftazidim bilan majmuada; streptokokkli infektsiyalarda – mezlotsillin, azlotsillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan; anaerob infektsiyalarda – metronidazol va klindamitsin bilan muvoffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Tsiklosporinning nefrotoksik ta’sirini kuchaytiradi, zardobda kreatinin miqdorini oshishi aniqlanadi, bunday bemorlarda haftada 2 marta bu ko‘rsatkichni nazorat qilish kerak. Bir vaqtda qabul qilinganida bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi. Temir saqlovchi dori vositalar, sukralfat va magniy, kaltsiy, alyuminiy ionlarini saqlovchi antatsid dori vositalar bilan og‘iz orqali qabul qilish, tsiprofloksatsinni so‘rilishini susayishiga olib keladi, shuning uchun uni yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarini qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki 4 soat keyin buyurish kerak. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (atsetilsalitsil kislotasidan tashqari) tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Didanozin tsiprofloksatsinni so‘rilishini, didanozinda saqlanuvchi kaltsiy, temir va magniy ionlari bilan komplekslar hosil bo‘lishi oqibatida pasaytiradi. Metoklopramid tsiprofloksatsinni so‘rilishini tezlashtiradi, bu uni Smax ga yetish vaqtini kamayishiga olib keladi. Urikozurik dori vositalarini birga qo‘llash, tsiprofloksatsinni chiqarilishini sekinlashishiga (50% gacha) va plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Tizanidinning Smax ni 7 marta (4 dan 21 martagacha) va “kontsentratsiya vaqt” farmakologik egri chizig‘i ostidagi iaydonni (AUC) 10 marta (6 dan 24 martagacha) oshiradi, arterial bosimni yaqqol pasayishi va uyquchanlik xavfini oshiradi. Q-T-intervalini uzaytiruvchi preparatlar (I A va III sinfi antiaritmik vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida Q-T intervali uzayishi mumkin. Tsiklosporin va omeprazol bir vaqtda qo‘llanganida plazmada preparatning maksimal kontsentratsiyasini biroz pasayishi va “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydonini kamayishi kuzatilishi mumkin. Bir vaqtda tsiklosporin qo‘llanganida metotreksatning buyrak metabolizmi sekinlashishi mumkin, bu qon plazmasida metotreksatning kontsentratsiyasini oshishi bilan birga kechadi (metotreksatning nojo‘ya samaralarining rivojlanishini ehtimoli oshadi). Duloksetin va CYP450 1A 2 izofermentining kuchli ingibitorlarini (fluvoksamin kabi) bir vaqtda qo‘llash, duloksetinning AUC va Cmax ni oshishiga olib kelgan. Tsiprofloksatsin bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirining klinik ma’lumotlarini yo‘qligiga qaramay, tsiprofloksatsin va duloksentin bir vaqtda qo‘llanganida bunday o‘zaro ta’sirning ehtimolini oldindan ko‘ra bilish mumkin. Ropirinol va AUC CYP450 1A 2 ning o‘rtacha ingibitori tsiprofloksatsinni bir vaqtda qo‘llash, ropirinolning Cmax va AUC ni muvofiq 60% va 84% ga oshishiga olib keladi. Tsiprofloksatsin bilan birga qo‘llash vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin, ropirenolning nojo‘ya samaralarini nazorat qilish kerak. Klozapin va tsiprofloksatsin 250 mg dozada 7 kun davomida bir vaqtda qo‘llanganida klozapin va N-dezmetilklozapinning zardobdagi kontsentratsiyalari muvofiq ravishda 29% va 31% ga oshishi mumkin (uni tsiprofloksatsin bilan qo‘llash vaqtida va majmuaviy davolash yakunlanganidan keyin qisqa vaqt davomida klozapinning dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak). Tsiprofloksatsin 500 mg dozada va sildenafil 50 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida, sildenafilning Cmax va AUC ko‘rsatkichlari 2 marta oshishi aniqlangan (bu majmuani faqat foyda/xavf nisbati baholanganidan keyin qo‘llash mumkin).

Tsiprofloksatsin Streptococcus pneumoniae chaqirgani gumon qilingan yoki aniqlangan pnevmoniyada tanlov preparati emas. Kristalluriya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirish mumkin emas, shuningdek suyuqlikni yetarli iste’mol qilish va siydikning kislotali reaktsiyasini tutib turish kerak. Davolanish vaqtida yuqori diqqatni va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Tutqanog‘i, anamnezida tirishish xurujlari, qon tomir kasalliklari va bosh miyaning organik kasalliklari bo‘lgan bemorlarga, markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanish xavfi tufayli, tsiprofloksatsinni faqat “hayotiy” ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak. Davolanish vaqtida yoki keyin og‘ir va davomli diareya paydo bo‘lganida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, u preparatni darhol bekor qilishni va tegishli davolashni buyurishni talab etadi. Paylarda og‘riqlar yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolanish vaqtida paylarni yallig‘lanishi va xatto uzilishning aloxida xollari ta’riflangan). Davolanish vaqtida UB-nurlanishdan (shu jumladan to‘g‘ri quyosh nurlari bilan kontaktdan) saqlanish kerak. Og‘ir infektsiyalarni, stafilokokkli infektsiyalarni va anaerob bakteriyalar bilan bog‘liq bo‘lgan infektsiyalarni davolashda, tsiprofloksatsinni muvofiq antibakterial vositalar bilan majmuada ishlatish kerak. Ftorxinolonlarga chidamli Neisseria gonorrhoeae shtammlari tomonidan chaqirganligi taxmin qilingan infektsiyalarda, tsiprofloksatsinga rezistentlik yuzasidan mahalliy ma’lumotlarni hisobga olish va laboratoriya testlarida qo‘zg‘atuvchining sezgirligini tasdiqlash kerak. Kamdan-kam hollarda birinchi marta qo‘llanganidan keyin, xatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan anafilaktik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tsiprofloksatsinni qo‘llashni darhol to‘xtatish va tegishli davolash chorasini o‘tkazish kerak. Pay kasalliklari bo‘lgan yoki ilgari glyukokortikosteroidlar bilan davolangan keksa patsiyentlarda, paylarni (asosan axillov payini) uzilish hollari kuzatilishi mumkin. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar preparat birinchi marta qo‘llanganida paydo bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda psixoz suitsidal urinishlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak. Tsiprofloksatsin CYP450 1A 2 izofermentining o‘rtacha ingibitori hisoblanadi. Tsiprofloksatsin va bu izofermentlar tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (shu jumladan teofillin, kofein, duloksetin, klozapin) bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki tsiprofloksatsin tomonidan ularning metabolizmini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan, qon zardobida bu preparatlarning kontsentratsiyasini oshishi, spetsifik noxush reaktsiyalar chaqirishi mumkin. In vitro laboratoriya testlarida tsiprofloksatsin Mycobacterium spp. ning o‘sishini susaytiradi, bu tsiprofloksatsinni qabul qilayotgan patsiyentlarda bu qo‘zg‘atuvchini diagnostika qilishda soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Tsiprofloksatsinni qabul qilayotgan patsiyentlar, avtomobilni haydash va yuqori diqqatni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25°S dan past haroratda saqlansin.

Spetsifik antidoti ma’lum emas. Simptomatik davolash o‘tkaziladi. Organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta’minlash lozim.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500 mg dan. 10 tabletkadan PVX/PVDX/Al blisterda. 1 ta blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.