Sevofluranretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir flakon 250 ml sevofluran saqlaydi/

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sevofluran

Preparatning savdo nomi:

Sevofluran

Farmakalogik guruhi:

Anestetiklar. Umumiy anestetiklar. Galogenlangan gidrokarbonatlar. Sevofluran.

Dori shakli:

ingalyatsion narkoz uchun eritma, 250 ml

rangsiz, tiniq, uchuvchan, yengil, yonmaydigan suyuqlik.

Anestetiklar. Umumiy anestetiklar. Galogenlangan gidrokarbonatlar. Sevofluran.

N01AB08

Eruvchanligi Sevofluranni qonda past eruvchanligi narkozga kiritilganda uning alveolyar kontsentratsiyasini tez oshishi va narkoz to‘xtatilganda tez pasayishini ta’minlaydi. Alveolyar kontsentratsiyasi va to‘planish fazasidagi nafas olinayotgan aralashmadagi kontsentratsiyasi nisbati sevofluran ingalyatsiyasidan 30 minutdan keyin 0,85 ni tashkil etadi. Ajratish fazasida alveolyar kontsentratsiyalar nisbati sevofluran ingalyatsiyasidan 5 minutdan keyin 0,15 ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi va metabolizmi Sevofluranni o‘pkadan tez chiqarilishi preparatning metabolizmini minimumga yetkazadi. Odamda sevofluranning so‘rilgan dozasining 5% dan kamrog‘i geksaftorizopropanol hosil bo‘lishi, noorganik ftor va uglerod dioksidi (yoki faqat uglerod dioksidi) ajralib chiqishi bilan CYP2Е1 izofermenti ta’sirida metabolizmga uchraydi. Hosil bo‘lgan yeksaftorizopropanol glyukuron kislotasi bilan tez kon’yugatsiyaga uchraydi va siydik bilan chiqariladi. Sevofluran metabolizmining boshqa yo‘llari aniqlanmagan. Sevofluran triftorsirka kislotagacha metabolizmga uchramaydigan yagona ftorlangan uchuvchan narkoz uchun vosita hisoblanadi. Ftor ionlarining kontsentratsiyasi narkozning davomiyligi, yuborilgan sevofluranning kontsentratsiyasi va narkoz uchun aralashmaning tarkibiga bog‘liq. Barbituratlar sevofluranni deftorizatsiyaga uchratmaydi. Abbott kompaniyasining tadqiqotlariga ko‘ra, taxminan 7% kattalarda noorganik ftorning kontsentratsiyasi 50 mkM dan yuqori bo‘lgan; lekin bunda bu patsiyentlarning hech birida buyrak faoliyatini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan.

Statsionar va ambulator sharoitda kattalarda va bolalardagi jarrohlik operatsiyalarida kirish va tutib turuvchi umumiy anesteziyada qo‘llanadi.

Premedikatsiya uchun vositalarni anesteziolog shaxsiy ravishda tanlashi kerak. Jarrohlik aralashuvlari vaqtidagi umumiy anesteziya Umumiy anesteziya o‘tkazish vaqtida purkovchi moslamadan chiqayotgan Sevofluranning kontsentratsiyasini bilish kerak. Buning uchun sevofluran uchun kalibrovka qilingan purkovchi moslamadan foydalanish mumkin. Umumiy anesteziyaga kiritish Doza shaxsiy ravishda tanlanadi va bemorning yoshi va holatini hisobga olgan holda zarur samaraga erishilguncha titrlanadi. Sevofluran ingalyatsiyasidan keyin qisqa ta’sirli barbituratlar yoki kirituvchi umumiy anesteziya uchun boshqa preparatni yuborish mumkin. Umumiy anesteziyaga kiritish uchun sevofluranni kislorodda yoki kislorod va azot oksidi aralashmasida qo‘llash mumkin. Kattalar va bolalarda jarrohlik aralashuvlaridan oldin 8% gacha kontsentratsiyada sevofluran ingalyatsiyasi odatda 2 minutdan kamroq davrda umumiy anesteziyaga kirishni ta’minlaydi. Tutib turuvchi umumiy anesteziya Umumiy anesteziyaning zarur darajasini 0,5-3% kontsentratsiyali sevofluranni azot oksidi yoki usiz ingalyatsiya yo‘li orqali tutib turish mumkin. Kattalar va bolalar uchun yoshni hisobga olganda MAK ko‘rsatkichi. Patsiyentning yoshi(yillar)O‘rtacha MAK. Sevoflurantoza kisloroddaO‘rtacha MAKSevofluran65%/N2O/35% O2 bo‘lganda*0-1 oylik**3.3% 1-<6 oylik3.0% 6 oylik-<3 yosh2.8%2.0%<3 yoshot 3,3 do 2,6%2,0%3 yosh – <5 yosh2,5%Ma’lumotlar mavjud emas5-122,4%Ma’lumotlar mavjud emas252,5%1,4%352,2%1,2%402,05%1,1%501,8%0,98%601,6%0,87%801,4%0,70% * bolalar uchun patsiyentlar kabi 60% N2O/40% O2 gazlarning aralashmasi ishlatiladi ** muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda MAK aniqlanmagan. Yosh o‘tgan sari MAK pasayib boradi. 80 yoshdagi patsiyentda MAK ni ta’minlovchi sevofluranning o‘rtacha kontsentratsiyasi 20 yoshdagi patsiyentdagi shu ko‘rsatkichning taxminan 20% ni tashkil qildi. Bemorlar odatda sevofuran bilan umumiy anesteziyadan tez chiqadi. Shuning uchun operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish ertaroq talab etilishi mumkin.

tajavuzkorlik, bosh aylanishi, uyquchanlik (umumiy anesteziyadan chiqqandan keyin)o‘z-o‘zidan o‘tib ketuvchan distonik harakatlar, qisqa muddatli tirishishlarkayfiyatni biroz o‘zgarishinafasni dozaga bog‘liq susayishi, yo‘talni kuchayishi, nafas olishni buzilishlari (intubatsiyadan keyin apnoe, laringospazm)yurak faoliyatini dozaga bog‘liq susayishi, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, bradikardiya, taxikardiyako‘ngil aynishi, qusish, so‘lak oqishini oshishi Kam hollarda allergik reaktsiyalar (toshma, eshakemi, qichishish, bronxospazm, anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar)qaltirash, isitmaqon zardobida glyukoza darajasini o‘zagarishi Ayrim hollarda operatsiyadan keyingi gepatit, jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘tkinchi buzilishiskelet mushaklarini gipermetabolizmi holati, xavfli gipertermiyaleykotsitlar sonini o‘zgarishi, noorganik ftorning zardobdagi kontsentratsiyasini o‘tuvchan oshishi (narkoz vaqtida/narkozdan keyin), uning darajasi 48 soat davomida normaga qaytadi. Klinik tadqiqotlar bunda buyrak faoliyati izdan chiqmasligini ko‘rsatdi. Postmarketing kuzatuvlarga muvofiq sevofluranni qo‘llaganda yurak to‘xtashi, shuningdek bronxospazm, nafas olishni buzilishi, stridor haqida xabar berilgan, ular ingalyatsion anestetiklarni qo‘llaganda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gepatit, jigar yetishmovchiligi, jigar nekrozi bo‘lishi mumkin, lekin sevofluran bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Kontakt dermatit, yuzni shishi, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq rivojlanishi haqida xabar berilgan.

xavfli gipertermiya rivojlanishiga tasdiqlangan yoki gumon qilinayotgan genetik moyilliksevofluran yoki galogen saqlovchi boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Sevofluranning xavfsizligi va samaradorligi jarroxlik amaliyotida tez-tez qo‘llanadigan turli preparatlar, shu jumladan markaziy nerv tizimiga, vegetativ nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar, miorelaksantlar, mikroblarga qarshi preparatlar (shu jumladan aminoglikozidlar), gormonlar va ularning analoglari, qon preparatlari va yurak-qon tomir vositalari, shu jumladan epinefrin (adrenalin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda isbotlangan. Sevofluranning dori preparatlarini zardobdagi va to‘qimalardagi oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarishi o‘rganilmagan. Klinik tadqiqotlarda oqsillar bilan faol bog‘lanadigan dori preparatlari, masalan fenitoin qabul qilgan bemorlarda sevofluran qo‘llanilganda noxush ko‘rinishlar aniqlanmagan. Narkoz uchun vena ichi vositasi, masalan, propofol yuborilgandan keyin sevofluranning pastroq dozalari talab etilishi mumkin. Sevofluranni barbituratlar, shuningdek benzodiazepinlar va opioid analgetiklar bilan qo‘llash mumkin. Benzodiazepinlar va opioid analgetiklar sevofluranning MAK ni pasaytiradi deb taxmin qilinadi. Azot oksidi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda sevofluranning MAK kattalarda taxminan 50% ga va bolalarda taxminan 25% ga pasayadi. Sevofluran depolyarizatsiyalamaydigan miorelaksantlar chaqirgan nerv-mushak blokadasining jadalligi va davomiyligiga ta’sir ko‘rsatadi. Alfentanil/N2O narkoziga qo‘shimcha sifatida Sevofluran yuborilganda pankuroniy, verunoniy va atrakuriyning samaralarini kuchaytiradi. Bu miorelaksantlarni sevofluran bilan birga buyurilganda ularning dozasiga izofluranni qo‘llagan holatdagidek tuzatish kiritish kerak. Suktsinilxolin samarasi va depolyarizatsiyalaydigan miorelaksantlarning ta’siri davomiyligiga sevofluranning ta’siri o‘rganilmagan. Sevofluran ingalyatsiyasi boshlangandan bir necha minutdan keyin miorelaksantlarning ta’sirini kuchayishi kuzatilganligi tufayli, kirish narkozi vaqtida miorelaksantlarning dozasini kamaytirish intubatsiyani kechiktirishga yoki mushaklarni noadekvat bo‘shashishiga olib kelishi mumkin. Depolyarizatsiyalamaydigan miorelaksantlar orasida vekuroniy, pankuroniy va atrakuriy bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilgan. Garchi ularni qo‘llash bo‘yicha maxsus tavsiyalar mavjud bo‘lmasada, shunga qaramasdan, endotraxeal intubatsiyada depolyarizatsiyalamaydigan miorelaksantlarning dozasini kamaytirish mumkin emas; narkoz tutib turilganda depolyarizatsiyalamaydigan miorelaksantlarning dozasi ehtimol N2O/opioid analgetiklar bilan narkozga nisbatan pasaytirilishi kerak. Miorelaksantlarning qo‘shimcha dozalari nervlarni rag‘batlantirishga javobga qarab yuboriladi. Sevofluranni boshqa dori preparatlari bilan farmatsevtik nomutanosibligi haqidagi ma’lumotlar mavjud emas.

Sevofluranni faqat umumiy anesteziya o‘tkazish tajribasiga ega shifokorlar tomonidan qo‘llashnishi mumkin. Nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligi tiklash, o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasi, oksigenoterapiya va reanimatsiya o‘tkazish uchun uskunalar tayyor bo‘lishi kerak. Umumiy anesteziya darajasi oson va tez o‘zgarishi mumkin, shuning uchun sevofluranni yuborganda faqat maxsus kalibrovka qilingan purkovchi moslamalardan foydalanish kerak. Qurigan SO2 sorbentlarini almashtirish Agar sorbent qurisa, masalan quruq gazni uzoq vaqt ta’sirida sevofluran va SO2 sorbentlarini o‘zaro ta’sirida yuzaga keladigan ekzotermik reaktsiya kuchayadi. Sevofluranni qurigan SO2 sorbentlari bilan birga qo‘llanilganda narkoz uchun apparatlarda haddan tashqari qizib ketish va/yoki o‘z-o‘zidan yonib ketishini kam holatlari ta’riflangan. SO2 sorbentlari saqlovchi rezervuarlar qizib ketganda sevofluranni odatdagi bo‘lmagan tutilishi, kontsentratsiyasini oshishi yoki kutilmaganga pasayishi (purkovchi moslamadagi ko‘rsatkichlarga nisbatan) kuzatilishi mumkin. Agar anesteziolog SO2 sorbentlari qurigan deb hisoblasa, sevofluranni qo‘llashdan oldin uni almashtirish kerak. SO2 sorbentlari quriganda indikartor rangi har doim ham o‘zgarvermaydi. Shunday qilib, indikartor rangini o‘zgarmasligini gidratatsiyaning adekvat darajasi deb qaralmasligi kerak. Indikator rangidan qat’iy nazar SO2 sorbentlarini vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak. Umumiy anesteziya chuqurlashganda arterial gipotenziya va nafas faoliyatini susayishini oshishi kuzatiladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda Sevofluranni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Neyroxirurgik aralashuvlarda agar bemorda bosh miya ichki bosimini oshishi xavfi bo‘lsa, sevofluranni giperventilyatsiya kabi bosh miya ichki bosimini pasaytirishga qaratilgan choralar bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tutib turuvchi narkozda sevofluranning dozasini oshishi arterial bosimni dozaga bog‘liq pasayishini chaqiradi. Arterial bosimni haddan tashqari pasayishi chuqur umumiy anesteziya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bunday hollarda uni yuborilayotgan sevufluranning kontsentratsiyasini kamaytirish orqali oshirish mumkin. Umumiy anesteziya uchun har qanday dori vositalari kabi yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda miokard ishemiyasidan saqlanish uchun barqaror gemodinamikani tutib turish kerak. QT intervalni uzayishi haqida ayrim xabarlar mavjud, bu kam hollarda o‘lim bilan yakunlangan. Preparatni qo‘llaganda jigarni shikastlanishi rivojlanishi xavfi oshadi. Xavfli gipertermiya rivojlangan holatlar haqida alohida xabarlar mavjud. Ingalyatsion narkoz uchun vositalar qo‘llanilganda kam hollarda giperkaliyemiyaga olib kelishi mumkin, bu aritmiya bilan namoyon bo‘lishi mumkin, bolalarda operatsiyadan keyingi davrda o‘lim holatlari kuzatilgan. Bunga ayniqsa neyro-mushak kasalliklari, shu jumladan Dyushen neyro-mushak distrofiyasi bo‘lgan bemorlar moyil. Shuningdek bu patsiyentlarda qon plazmasida kreatinfosfokinaza faolligini oshishi, ayrim hollarda – mioglobinuriya kuzatilgan. Umumiy anesteziyadan chiqayotgan bemorlarni bo‘limga transportirovka qilishdan oldin sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlikda preparatni qo‘llashning adekvat va qat’iy nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlikda sevofluranni faqat juda zarur holatlarda qo‘llash mumkin. Klinik tadqiqotlarda kesar kesishdaona va bola uchun sevofluranni qo‘llashning xavfsizligi namoyish qilingan. Tabiiy yo‘l bilan tug‘ruqda sevofluranning xavfsizligi aniqlanmagan. Sevofluran ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum, shuning uchun emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Patsiyentlarni narkozdan keyin bir qancha vaqt davomida avtomobilni boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlarni ishlatish kabi tezkor reaktsiyani talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyati yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Germetik yopilgan flakonlarda, vertikal holatda, yorug‘likdan himoyalangan, issiqdan uzoq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Simptomlari: nafas tizimi va yurak faoliyatiga susaytiruvchi ta’sir kuchayishi. Davolash: Sevofluranni yuborishni to‘xtatish, nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash, kislorodni yuborish bilan o‘pkani yordamchi yoki nazoratlangan ventilyatsiyani boshlash va yurak-qon tomir tizimining adekvat faoliyatini tutib turish. Xavfli gipertermiyani davolaganda Sevofluranni yuborishni bekor qilish, dantrolen natriyni vena ichiga yuborish va tutib turuvchi simptomatik davolash ko‘rsatilgan.

Retsept bo‘yicha

250 ml dan preparat birinchi ochish nazoratli buraladigan qora polietilen qopqoq bilan berkitilgan qahrabo rangli shisha flakonlarda. 6 flakondan zich karton qutiga joylangan, har bir flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan, plyonka ostiga davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi joylangan.

2 yil Birinchi marta ochilgandan keyin ishlatilmasin.