Sertofenretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g gel quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 12,5 mg deksketoprofen (deksketoprofen trometamol shaklida); yordamchi moddalar: karbomer gomopolimer, 96% li etanol, lavanda moyi, mentol, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

deksketoprofen

Preparatning savdo nomi:

Sertofen

Farmakalogik guruhi:

Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari.

Dori shakli:

gel

lavanda, yalpiz va spirt hidli, kulrang-oq rangli, tiniq bo‘lmagan bir xil gel.

Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari.

M01AЕ17

Gel shaklida mahalliy qo‘llanganida preparat sekin so‘riladi va organizmda deyarli to‘planmaydi. Biokiraolishligi 5% ni tashkil etadi, bu preparatni mahalliy ta’sir qilishi va tizimli samaralarini yo‘qligi bilan ifodalanadi. Sertofen gel mahalliy qo‘llanganida qon plazmasida deksketoprofen maksimal kontsentratsiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Preparat 24 soatdan keyin organizmdan butunlay chiqariladi. Deksketoprofenning 12,5% li geli qo‘llanganidan keyin sinovial suyuqlikda preparatning terapevtik darajasi 2,5% li ketoprofen geli qo‘llanganidan keyin kuzatiladigan darajaga ekvivalent yoki yuqoriligi aniqlangan.

Quyidagi kasalliklar va holatlarda yengil va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromini davolash uchun qo‘llanadi: tayanch-harakat apparatining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish, yallig‘lanish-degenerativ va metabolik kasalliklarida (shu jumladan, revmatoid artrit, spondiloartrit, artroz, osteoxondroz);yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklarida (tendovaginit, bursit va boshqalar);yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning posttravmatik yallig‘lanishlarida (paylarni cho‘zilishi, haddan tashqari zo‘riqishi, lat yeyishlar, suyaklarni chiqishlari va boshqalar oqibatida) qo‘llanadi.

Sertofen gel sirtga qo‘llanadi. Qo‘llanadigan preparatning miqdori yallig‘lanish jarayoni va og‘riq sindromining yaqqolligiga bog‘liq. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga Sertofen geli sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Sutkalik dozasi 7,5 g dan oshmasligi kerak, bu taxminan 14 sm gel tasmasiga to‘g‘ri keladi. Gel shikastlanmagan teriga qo‘yiladi va butunlay so‘rilib ketgunicha surtiladi. Preparatni okklyuzion bog‘lovlarning ostiga qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Sertofen gel surtilganidan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak. Shifokorning maslahatisiz preparatni 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha rivojlanish tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda – dermatit (terini qizarishi, qichishishi, shish); uchrash tezligi noma’lum – fotosensibilizatsiya. Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi, bronxospazm) bo‘lishi mumkin.

deksketoprofen, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQP ga, yoki preparatning tarkibiga kiruvchi bironta yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;anamnezida shunday ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan vositalar (atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYAQP) ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, astma hurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit, urtikariyalar yoki angionevrotik shish kuzatilgan bo‘lsa;teri qoplamlarining butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas.

Sertofen gelini so‘rilishi juda past bo‘lganligi sababli, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sir qilishini baholash qiyin.

Sertofen gelni faqat shikastlanmagan teriga surtish lozim, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni terining yirik sohalariga uzoq vaqt davomida qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni ko‘z va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Davolanish vaqtida va keyingi ikki hafta davomida bevosita quyosh nurlarining ta’siridan yoki solyariyga borishdan saqlanish kerak. Preparat surtilgandan keyin toshma paydo bo‘lganida davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremlar, fenofibrat va kimyoviy tuzilishida benzofenon saqlagan boshqa preparatlar parallel ravishda qo‘llanganida kesishgan reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida Sertofen gel ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida deksketoprofenning havfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida Sertofen gelini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Pediatriyada qo‘llanishi Ma’lumotlar yo‘qligi sababli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Sertofen avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganida deksketoprofenning tizimli so‘rilishi juda past bo‘ladi.

Retsept bo‘yicha beriladi

60 g gel alyumin tubada. 1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.