Seretidtm Evoxalertm o‘tkir simptomlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallanmagan, chunki bu kabi holatlarda tez va qisqa ta’sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorni (masalan, salbutamolni) qo‘llash lozim.
Patsiyentlarni ular o‘tkir simptomlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan preparatni doimo o‘zi bilan olib yurishi zarurligi haqida xabardor qilish zarur.
Simptomlarni yengillashtirish uchun qisqa ta’sir etuvchi bronxodilatatorlarni ilgariga qaraganda tez-tez qo‘llanayotgani kasallikning nazorati salbiy tomonga o‘zgarganligidan dalolat beradi va bunday vaziyatlarda patsiyent shifokorga murojaat qilishi lozim.
Bronxial astma ustidan nazoratni birdan va avj olib yomonlashib borishi patsiyentning hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin va bunday vaziyatlarda patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerak.
Kortikosteroidning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.
Agar Seretidtm Evoxalertmning qo‘llanayotgan dozasi kasallikni adekvat nazorat qilishni ta’minlamasa, patsiyent shifokorga murojaat qilishi lozim.
Astmasi bo‘lgan patsiyentlarda kasallikni zo‘rayishi xavfi mavjudligi tufayli, Seretidtm Evoxalertm bilan davolashni keskin to‘xtatish mumkin emas, preparatning dozasini shifokor nazoratida asta-sekin pasaytirish kerak.
O‘SOK bilan xastalangan patsiyentlarda preparatni bekor qilish dekompensatsiya simptomlari bilan kechishi mumkin va shifokor kuzatuvini talab etadi.
Klinik tadqiqotlarda Seretidtm Evoxalertm qabul qilayotgan O‘SOK bilan xastalangan patsiyentlarda pnevmoniya kasalligini ko‘payishi haqida ma’lumotlar olingan (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang).
Shifokorlar O‘SOK da pnevmoniyani rivojlanishi mumkinligini unutmasliklari lozim, chunki O‘SOK ni zo‘rayishi va pnevmoniyaning klinik manzaralari ko‘pincha bir biriga o‘xshash.
Kortikosteroidlar saqlagan barcha ingalyatsion preparatlar singari, Seretidtm Evoxalertm ni xam faol va nofaol shakldagi o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Tireotoksikozda Seretidtm Evoxalertm ni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Simpatomimetiklar guruhiga mansub har qanday preparatlarni qabul qilinganda, ayniqsa terapevtik dozalar oshirilganda, sistolik arterial bosimni oshishi va yurak qisqarishlari sonini oshishi kabi yurak-qon tomir tizimi tomonidan ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin.
Shu sababli anamnezida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Seretidtm Evoxalertmni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Barcha simpatomimetik preparatlar terapevtik dozadan yuqori bo‘lgan dozalarda qon zardobida kaliyning darajasini tranzitor pasayishini chaqirishi mumkin.
Shuning uchun qon zardobida kaliy darajasini pasayishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga Seretidtm Evoxalertm ni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Har qanday ingalyatsion kortikosteroid, ayniqsa yuqori dozalarda uzoq vaqt ishlatilganda, tizimli samaralarni chaqirishi mumkin; biroq, qayd etish lozimki, bunday simptomlarni yuz berish ehtimoli, peroral kortikosteroidlar bilan davolashdagi simptomlardan ancha kamdir (Dozani oshirib yuborilishi bo‘limiga qarang).
Yuz berishi mumkin bo‘lgan tizimli ta’sirlar Kushing sindromi, kushingsimon simptomlar, buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishni sekinlashishi, suyak to‘qimasining mineral zichligini pasayishini, katarakta va glaukomani o‘z ichiga oladi.
Shuning uchun bronxial astmani davolashda dozani simptomlarni samarali nazoratini ta’minlaydigan eng past dozagacha pasaytirish muhimdir.
Stressni chaqirishi mumkin bo‘lgan shoshilinch holatlarda va rejali holatlarda, buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi mumkinligini yodda tutish va kortikosteroidlar bilan optimal davolashni ko‘rib chiqish lozim (Dozani oshirib yuborilishi bo‘limiga qarang).
Ingalyatsion kortikosteroidlarni uzoq vaqt qabul qilayotgan bolalarning bo‘yini muntazam o‘lchab turish tavsiya qilinadi.
Buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi mumkinligi tufayli, peroral kortikosteroidlardan ingalyatsion flutikazon propionati bilan ingalyatsion davolashga o‘tkazilgan patsiyentlarni alohida ehtiyotkorlik bilan davolash va ularda buyrak usti bezi funktsiyasini muntazam nazorat qilish lozim.
Ingalyatsion flutikazon propionati bilan davolash boshlanganidan so‘ng tizimli kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish kerak va bunday bemorlar stress vaziyatlarida patsiyent, ularga qo‘shimcha ravishda kortikosteroidni yuborish zarur bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatuvchi patsiyentning maxsus kartochkasini doimo yonida olib yurishi lozim.
Qonda glyukoza darajasini oshishi haqida juda kam xabarlar mavjud (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang) va shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurilganda buni yodda tutishlari lozim.
Postregistratsion davrda flutikazon propionati va ritonavirni qabul qilgan patsiyentlarda kortikosteroidning tizimli samaralariga, shu jumladan Kushing sindromi va buyrak usti bezi funktsiyasini susayishiga olib keluvchi dori vositalarning klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri to‘g‘risida xabarlar olingan.
Shuning uchun ritonavir preparatini va flutikazon propionatini birga qo‘llashdan, patsiyent uchun kutilgan foyda kortikosteroidlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralari xavfidan ustun bo‘lgan hollardan tashqari hollarda saqlanish kerak (Dorilarning o‘zaro ta’siri bo‘limiga qarang).
Bronxial astma bo‘yicha o‘tkazilayotgan davolashga qo‘shimcha ravishda qabul qilinayotgan salmeterolning (Seretidtm Evoxalertm komponentining) xavfsizligini o‘rganish yuzasidan amerikada o‘tkazilgan yirik klinik tadqiqot (SMART) bronxial astma sababli o‘lim bilan yakunlangan holatlar soni salmeterol guruhida platseboga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi.
Afroamerika irqiga mansub patsiyentlarda salmeterolni qabul qilishda nafas olish tizimi tomonidan jiddiy salbiy holatlar yoki kasallik o‘lim bilan yakun topishi xavfi, boshqa patsiyentlarga qaraganda, platseboga nisbatan taxminan ko‘proqdir.
Farmakogenetik omillar yoki boshqa sabablarning mohiyati noma’lum.
SMART tadqiqoti ingalyatsion kortikosteroidlarni qo‘llash astma sababli yuz bergan o‘lim xavfiga ta’sir etish-etmasligini aniqlashga qaratilmagan.
Dori vositalarining o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarda, tizimli ketokonazolni birga qo‘llash qon plazmasida salmeterolning ekspozitsiyasini oshirishi qayd etilgan.
Bu QT intervalni uzayishiga olib kelishi mumkin.
CYP3A4 kuchli ingibitorlarini (masalan, ketokonazolni) salmeterol bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya etiladi (Dorilarning o‘zaro ta’siri va Farmakokinetikasi bo‘limlariga qarang).
Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llanganda bo‘lgani kabi, bevosita qo‘llagandan so‘ng avj olib boruvchi hansirashni kuchayishi bilan namoyon bo‘luvchi paradoksal bronxospazm kuzatilishi mumkin.
Bunday holatda zudlik bilan tez va qisqa ta’sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorni qo‘llash kerak.
Seretidtm Evoxalertm ni darhol bekor qilish, patsiyentning ahvolini baholab, zaruratga qarab, muqobil davolashni boshlash lozim (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang).
Beta2-agonistlarning farmakologik ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan tremor, yurak urishini subyektiv his etish va bosh og‘rig‘i kabi nojo‘ya ta’sirlar haqida xabarlar mavjud.
Biroq, bu holatlar qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib, ularni namoyon bo‘lishi muntazam davolashda kamayib boradi (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang).