Sentram 1,5retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ampitsillin natriy, ampitsillinga ekvivalent – 1 g, sulbaktam natriy, sulbaktamga ekvivalent – 0,5 g; har bir ampula quyidagilarni saqlaydi: steril inyektsiya uchun suv – 5 ml.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ampitsillin, sulbaktam

Preparatning savdo nomi:

Sentram 1,5

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (penitsillinlar guruhi).

Dori shakli:

v/i va m/o inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun.

antibiotik (penitsillinlar guruhi).

J01CR01

So‘rilishi va taqsimlanishi M/i va v/i yuborilganidan keyin qonda ampitsillin va sulbaktamning yuqori kontsentratsiyalariga erishiladi. Ikkala komponentlar organizmning to‘qima va biologik suyuqliklariga yaxshi o‘tadi, yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Meningeal qobiqlarni yallig‘lanishida preparatning ikkala komponentlarining orqa miya suyuqligiga o‘tishi keskin oshadi. Metabolizmi va chiqarilishi Ampitsillin va sulbaktam deyarli metabolik aylanishlarga uchramaydi. Ampitsillinni va sulbaktamning T1/2 taxminan 1 soatni tashkil qiladi, asosan o‘zgarmagan holda siydik bilan (70-80%), shuningdek o‘t-safro bilan chiqariladi. Metabolitlari ko‘rinishida preparatning taxminan 25% chiqariladi.

Sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan turli joylashgan bakterial infektsiyalar: nafas a’zolarining infektsiyalari (shu jumladan, pnevmoniya, o‘pka abtsessi, surunkali bronxit, plevra empiyemasi);LOR–a’zolarining infektsiyalari (shu jumladan, sinusit, tonzillit, o‘rta otit);siydik chiqarish yo‘llari va jinsiy a’zolarning infektsiyalari (shu jumladan, piyelonefrit, piyelit, tsistit, uretrit, prostatit, endometrit);o‘t-safro chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan, xoletsistit, xolangit);teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (shu jumladan, saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatitlar);me’da-ichak yo‘llarining (MIY) infektsiyalari (shu jumladan, dizenteriya, salmonellez, salmonella tashuvchilik);suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;sepsis;septik endokardit;meningit;peritonit,skarlatina;gonokokkli infektsiya. Qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolaridagi operatsiyalarda operatsiyadan keyingi asoratlarini oldini olish uchun.

Preparat m/i yoki v/i (tomchilab minutiga 60-80 tomchi tezlikda, oqim bilan sekin – 3-5 minut davomida) yuboriladi. V/i  5-7 kun davomida yuboriladi, so‘ngra davolashni  davom ettirishning zarurati bo‘lganida, m/i yuborishga o‘tiladi. Quyida ampitsillin va sulbaktamning (2:1 nisbatda) umumiy  dozasi ko‘rsatilgan.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, jigar transaminazalarining faolligini oshishi; kam – soxtamembranoz kolit. Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan: uyquchanlik, loxaslik, bosh og‘rig‘i. Qon yaratish a’zolari tomonidan: kamqonlik, leykopeniya, trombotsitopeniya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri qoplamalarining giperemiyasi, Kvinke shishi, rinit, kon’yunktivit, isitma, artralgiya, eozinofiliya; kam – anafilaktik shok. Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: azotemiya, mochevinaning miqdorini oshishi, giperkreatininemiya. Mahalliy reaktsiyalar: m/i yuborilganida – yuborilgan joyda og‘riq; v/i ga – flebit. Boshqalari: uzoq muddat davolashda – preparatga chidamli mikroorganizmlar chaqirgan superinfektsiya, kandidoz.

Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda tsefalosporin antibiotiklari bilan qarama-qarshi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Kursli davolashda qon yaratish a’zolari, jigar va buyraklarning faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatga sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishi hisobiga superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni muvofiq o‘zgarishini talab qiladi. Sepsisli bemorlarni davolashda bakterioliz reaktsiyalari (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin. Jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat juda yuqori dozalarda yuborilganida tserebral (epileptik) tirishishlar rivojlanishi mumkin.

Retsepti bo‘yicha

V/i va m/o inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun flakonlarda erituvchi – 5 ml inyektsiya uchun suv bilan komplektda.

2 yil.