Senamaks rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Sano barglarining quruq ekstrakti 20% A va V kaltsiy sennozidlari saqlaydi – 140 mg. Yordamchi moddalar: sut qandi – 0.0778 g, makkajo‘xori kraxmali – 0.274 g, vanilin – 0.0006 g, magniy stearati – 0.003 g, nipagin – 0.0006 g, stearin kislatasi – 0.004 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

A va V sennozidlari (kaltsiy tuzlari ko‘rinishida).

Preparatning savdo nomi:

Senamaks

Farmakalogik guruhi:

Surgi vositasi.

Dori shakli:

Tabletkalar

Kulrang tusli och-jigarrang rangdan to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida faskali va riskali, vanilin hidiga ega, yassi tsilindr shaklli tabletkalar.

Surgi vositasi.

A06AB06

Preparatning ta’sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakdan chiqariladi, bir qismi esa bevosita yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ta’sirida ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlar, shu jumladan gipotoniya va yo‘g‘on ichakning peristaltikasini susayishi bilan bog‘liq qabziyatlar. Gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlarida, ich kelishini kuzatib turish kerak.

Ichga, kechqurun ovqatdan keyin 1 tabletkadan. Samarasi bo‘lmaganida bir necha kundan so‘ng bir martalik dozani 1,5 tabletkagacha oshirish mumkin.

Qorinda sanchiqsimon og‘riqlar, ich ketishi, meteorizm. Bunday holatlarda dozani kamaytirish yoki preparatani bekor qilish kerak. Uzoq vaqt qo‘llanganida, ayniqsa katta dozalarda elektrolitlarni yo‘qotish (asosan kaliy) albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va mushaklararo chigillarning zararlanishi kuzatilishi mumkin.

Spastik kolit, appenditsit, ichakning o‘tkazmasligi, noaniq genezli qorin og‘riqlari, suv va elektrolit almashinuvini buzilishi, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, peritonit, me’da-ichak yo‘llaridan va bachadondan qon ketishi, tsistit.

Jigar va buyraklarning kasalliklarida, homiladorlik va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Ba’zida preparat qabul qilinganida siydikning rangi o‘zgarishi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Tabletkalar 0,14 g dan №10 kontur-uyali o‘ramlarda.

3 yil.