Sena MIG rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Sano barglarining quruq ekstrakti 20% A va V kaltsiy sennozidlari saqlaydi – 140 mg. Yordamchi moddalar: sut qandi (laktoza)), makkajo‘xori kraxmali, vanilin, magniy stearati, metil paraben (nipagin), stearin kislotasi.

Preparatning savdo nomi:

Sena-MIG Ta’sir etuvchi modda (XPN): A va V sennozidlar (kaltsiy tuzlari ko‘rinishida).

Farmakalogik guruhi:

Surgi vositasi.

Dori shakli:

Tabletkalar

Kulrang tusli och-jigarrang rangdan to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida faskali va riskali, vanilin hidiga ega, yassi tsilindr shaklli tabletkalar.

Surgi vositasi.

A06AB06

Bolalar, keksalar, operatsiyadan keyingi davrda yotgan holatdagi bemorlarda surunkali qabziyat, gemorroy va to‘g‘ri ichak yorig‘i bilan bog‘liq qabziyatlarda qo‘llanadi.

Kattalarga 1 tabletkadan uyqudan oldin yoki och qoringa ertalab buyuriladi. Zarurati bo‘lganida dozani bir qabul uchun 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan buyuriladi (zarurati bo‘lganida – 1 tablekagacha), 4 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga – 1 tabletkadan (zarurati bo‘lganida – 11/2-2 tabletkadan). Qo‘llash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin ayrim bemorlarda nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Noxush ko‘rinishlar yoki boshqa salbiy reaktsiyalar aniqlanganda preparatni qo‘llashni davom ettirish mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashing! Meteorizm, qorinda sanchiqli og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish. Uzoq vaqt qo‘llanganda, ayniqsa yuqori dozalarda, elektrolitlarni asosan kaliy va natriy yo‘qotilishi, albuminuriya va gematuriya, proteinuriya, ichak melanozi, siydik rangsizlanishi mumkin. Kam hollarda – toliqish, terida toshma, tirishishlar, kollaps, allergik reaktsiyalar. Nojo‘ya samarlar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni qo‘llashni to‘xtatish yoki dozasini ikki marta kamaytirish kerak.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, appenditsit va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining boshqa yalllig‘lanish kasalliklari, peritonit, spastik kolit, qisilgan churra, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, bachadondan qon ketishi, tsistit, neyrogen va endokrin sababli qabziyat, suv-elektrolit almashinuvini buzilishlari. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz boshqa har qanday dori vositasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz preparatni qo‘llash mumkinligi xaqida albatta shifokor bilan maslahatlashing! Sena-MIG tabletkalarini boshqa dori vositalarini qabul qilishdan ikki soat oldin va keyin qo‘llash mumkin emas, chunki bu boshqa dori vositalarning so‘rilishini va samarasini kamaytirishi mumkin. Sekin so‘riladigan va retard shaklidagi dori vositalarini samarasini kamaytiradi. Tetratsiklinlar so‘rilishini buzadi.

Diareya, degidratatsiya va yo‘g‘on ichak atoniyasi rivojlanishidan saqlanish uchun preparatni shifokor ko‘rsatmasisiz uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas (bir xaftadan ortiq). Sena-MIG homiladorlik, emizish davrida, bolalarda (6 yoshgacha), jigar, buyrak yetishmovchiligida, abdominal operatsiyalardan keyingi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Sena-MIG transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari. Ich qotishi, ko‘p miqdorda suyuqlik va elektrolitlarni yo‘qotish (mushak holsizligi, tirishishlar). Davolash: simptomatik davolashni o‘tkazish kerak (elektrolit muvozanati holatiga bog‘liq ravishda natriy va kaliy eritmalarini infuzion yuborish kerak).

Retseptsiz

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

2 yil.