Semaksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: semaks 100% moddaga qayta hisoblanganida – 10 g; yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Nipagin) – 1 g,  tozalangan suv – 1 l gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metionil-glutamil-gistidil-fenilalanil-prolil-glitsil-prolin

Preparatning savdo nomi:

Semaks

Farmakalogik guruhi:

nootrop vosita.

Dori shakli:

1% li nazal tomchilar

rangsiz, tiniq suyuqlik.

nootrop vosita.

Burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali so‘riladi, bunda faol moddaga hisoblanganida 60-70% gacha qismi o‘zlashtiriladi. Semaks a’zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Qonga tushganida Semaks yetarlicha tez biotransformatsiyaga uchraydi va organizmdan siydik bilan chiqariladi.

O‘rtacha va og‘ir darajadagi ishemik insultning o‘tkir davrida kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi.

Semaks, plastmassa tiqin-pipetka bilan berkitilgan flakonda yordamida intranazal qo‘llaniladi. Kesishchizig‘i

Uzoq muddat qo‘llanganida burunning shilliq qavati biroz ta’sirlanishi mumkin.

Peparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. O‘tkir ruhiy buzilishlar, xavotirlik buzilishlari, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va laktatsiya davrida, anamnezida tirishishlar bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.

Farmatsevtik ta’siri. Preparatni kimyoviy tuzilishidan kelib chiqqan holda kimyoviy jihatdan nomutanosib kombinatsiyalarni qo‘llash mumkin emas: preparat tez parchalanadi va me’da-ichak yo‘llariga tushmaydi. Farmakokinetik ta’siri. Preparatni kimyoviy tuzilishi (geptapeptid – adrenokortikotrop gormonini sintetik analogi bo‘lib, gormonal faolligini butunlay yo‘qotgan), tez so‘rilishi va qonga tushish tezligi, shuningdek intranazal yuborish usulini hisobga olib, boshqa preparatlar Semaksning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmaydi deb taxmin qilinadi. Semaksni (intranazal) yuborish usulini hisobga olib, mahalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan intranazal yuboriladigan vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Hozirgi vaqtga qadar, preparatning hatto bir martalik dozasi ahamiyatli darajada oshirilganda ham preparatning dozasini oshirib yuborilish hollarini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Retsept bo‘yicha

3 ml dan plastmassa probka-pipetka bilan berkitilgan flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga qadoqlanadi.

2 yil.