Ingalyatorning klapanini bosish o‘pkaga preparatni optimal darajada kirishi uchun nafas olish bilan muvofiq kelishiga ishonch hosil qilish uchun ingalyatsiya moslamalarini tekshirish kerak.
Nafas olish vaqtida patsiyent o‘tirgan yoki turgan holatda bo‘lishi kerak, chunki ingalyator faqat vertikal holatda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Seleflu qisqa vaqt ta’sir etuvchi bronxodilatatorlarni qo‘llash kerak bo‘ladigan o‘tkir simptomlarni yengillashtirish uchun mo‘ljallanmagan.
Patsiyentlar bronxial astmaning o‘tkir simptomlarini bartaraf qilish uchun o‘zlarida shunday preparatlar bo‘lishi kerakligi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Og‘ir darajadagi bronxial astma doimiy tibbiy nazoratni, shu jumladan tashqi nafas faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlashni talab etadi, chunki bunday patsiyentlarda astmaning o‘tkir hurujlarini rivojlanish havfi va hatto o‘lim bilan tugash havfi mavjud.
Ingalyatsion beta-2-agonistlarni qo‘llash tezligi va dozasini oshishi astmaning simptomlarini nazoratini asta-sekin yo‘qotilishidan dalolat beradi.
Qisqa vaqt ta’sir qiluvchi bronxodilatatorlarning samaradorligi pasayganida yoki ularni tez-tez qo‘llash zarurati bo‘lganida patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerak.
Bunday vaziyatlarda yallig‘lanishga qarshi davolashni kuchaytirish zaruriyatini aniqlash maqsadida patsiyentlar qo‘shimcha tekshiruvlardan (masalan, ingalyatsion kortikosteroidlarning dozalarini oshirish yoki kortikosteroidlarni ichga qabul qilish kursini buyurish) o‘tishlari kerak.
Astmaning simptomlari haddan tashqari zo‘rayganida bunday holat uchun odatdagi davolash buyuriladi.
Qandli diabet tashxisi qo‘yilgan patsiyentlarda ham, qandli diabet bilan xastalanmagan patsiyentlarda ham qonda glyukozaning darajasini oshishi yuzasidan juda kam xabarlar bor (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang).
Boshqa ingalyatsion preparatlar bilan davolanganda bo‘lgani kabi, ingalyatsiyadan so‘ng tez avj olib boruvchi hansirash bilan kechuvchi paradoksal bronxospazm rivojlanishi mumkin.
Bunday holatda Seleflu preparatini qo‘llash to‘xtatiladi, patsiyent tekshiriladi va zarurat bo‘lganida muqobil davolash buyurish kerak.
Ingalyatsion kortikosteroidlar, asosan yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida qo‘llanganida tizimli ta’siri rivojlanishi mumkin, ammo uni rivojlanish ehtimoli peroral steroidlar qo‘llangandagiga nisbatan ancha kam.
Tizimli ta’siri Kushing sindromi, kushingsimon belgilar, buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi, suyaklar mineralizatsiyasini pasayishi, katarakta va glaukoma, va kam hollarda ruhiy buzilishlar, hulq-atvorni o‘zgarishi, shu jumladan kuchli psixomotor faollik, uyquni buzilishi, bezovtalik hissi, depressiv va agressiv holatlar (asosan bolalarda) bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun, ingalyatsion kortikosteroidlarning dozalarini astmaning simptomlarini samarali nazorat qilish uchun mumkin bo‘lgan minimal darajagacha kamaytirish muhimdir.
Ingalyatsion kortikosteroidlarning yuqori dozalarini uzoq vaqt qo‘llash buyrak usti bezlari faoliyatini susayishiga va o‘tkir adrenal krizga olib kelishi mumkin.
16 yoshga to‘lmagan bolalarga flutikazon ko‘rsatilgan dozadan ortiq dozada (odatda > 1000 mkg/sut) qo‘llanganida alohida havf guruhida bo‘ladilar.
O‘tkir adrenal kriz jarohatlar, jarrohlik aralashuvlari, infektsiyalar yoki dori vositasining dozasini keskin pasayishi oqibatida rivojlanishi mumkin.
Simptomlari odatda aniq bo‘lmaydi va anoreksiya, qorinda og‘riq, tana vaznini pasayishi, toliqish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ong faoliyatini susayishi, gipoglikemiya va tirishish hurujlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Stress holatida va jarrohlik aralashuvlarida tizimli kortikosteroidlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llash mumkin.
Ingalyatsion kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalarning bo‘yini muntazam ravishda tekshirish kerak.
Agar o‘sishdan orqada qolsa, ingalyatsion kortikosteroidlarning dozasini kamaytirish maqsadida davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak, agar mumkin bo‘lsa, astmaning simptomlarini samarali nazorat qilish mumkin bo‘lgan minimal dozagacha kamaytirish mumkin.
Qo‘shimcha ravishda pediatr bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni sutkada 1000 mkg dozadan ortiq dozalarda qo‘llash uchun, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq tomonidan nojo‘ya samaralar rivojlanishini pasaytirish maqsadida speyser yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Ammo preparat asosan o‘pka orqali so‘rilganligi tufayli, speyserni ingalyatorga qo‘shimcha ravishda qo‘llash preparatni o‘pkaga yetkazish darajasini oshirishi mumkin.
Buni inobatga olish kerak, chunki bu holat tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini potentsial ravishda oshirishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang).
Ingalyatsion flutikazon propionatini buyurishdan kutilgan samara peroral steroidlarga bo‘lgan talabni minimal darajaga yetkazish imkonini beradi.
Ammo ilgari peroral steroidlar bilan davolangan patsiyentlarda nojo‘ya ta’sir qilish ehtimoli bir qancha vaqt davomida saqlanib turadi.
Buyrak usti bezlari faoliyatini buzilish darajasi ayrim vaziyatlarda mutaxassisning bahosini talab etishi mumkin.
Shoshilinch holatlarda, shu jumladan jarrohlik aralashuvlari va boshqa stress holatlarida buyrak usti bezlari faoliyatini buzilish ehtimolini inobatga olish va muvofiq kortikosteroidlar bilan davolash zaruriyatini hisobga olish kerak.
Davolash samarasini yetarli bo‘lmasligida yoki astmani zo‘rayishida Seleflu preparatining dozasini oshirish va agar zarur bo‘lsa, tizimli steroidlarni buyurish va/yoki infektsiyada antibiotiklarni buyurish kerak bo‘ladi.
Tizimli steroid davolashni ingalyatsion davolashga o‘tkazish ba’zida ilgari tizimli steroidlarni qabul qilish bilan nazorat qilish mumkin bo‘lgan allergik rinit yoki ekzema kabi allergik kasalliklarni oshkora etishi mumkin.
Ushbu allergik ko‘rinishlarni antigistamin vositalari va/yoki mahalliy qo‘llanadigan preparatlar, shu jumladan mahalliy ta’sir qiluvchi kortikosteroidlar bilan simptomatik davolash kerak.
Boshqa ingalyatsion kortikosteroidlar bilan davolashda bo‘lgani kabi, o‘pkani faol yoki yashirin tuberkulyozi bo‘lgan bemorlarga Seleflu preparatini ayniqsa ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi mumkinligi tufayli, peroral kortikosteroidlarni qabul qilishdan Seleflu preparatiga o‘tish alohida e’tibor va buyrak usti bezlari faoliyatini doimo nazorat qilishni talab etadi.
Tizimli kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davomida yoki katta dozalarda davolangan patsiyentlarda buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Bunday patsiyentlarda buyrak usti bezlari faoliyatining holatini muntazam ravishda nazorat qilish, tizimli steroidlarning dozasini esa ehtiyotkorlik bilan kamaytirish kerak.
Tizimli steroidlarni asta-sekin bekor qilish taxminan bir haftadan so‘ng boshlanadi.
Dozani kamaytirish tizimli steroidlarning tutib turuvchi darajasiga mos keladi va kamida bir haftalik intervallar bilan yuz beradi.
Umuman prednizolon (yoki analoglari) ning kuniga 10 mg va undan kam tutib turuvchi dozasi uchun dozani kamaytirish kamida bir haftalik intervallar bilan kuniga 1 mg dan oshmasligi kerak.
Prednizolonning kuniga 10 mg dan ortiq dozasini tutib turish uchun dozani kamida bir haftalik interval bilan kuniga 1 mg dan ortiq kamaytirishga ruxsat etiladi.
Ba’zi patsiyentlar, respirator faoliyatni tutib turish yoki hatto yaxshilanishiga qaramasdan, o‘tish davrida ahvolini nospetsifik yomonlashishini his etadilar.
Tizimli steroidlardan ingalyatsion flutikazon propionati bilan davolashga o‘tishni davom ettirish kerak, buyrak usti bezlari yetishmovchiligini obyektiv simptomlari paydo bo‘lishi bundan mustasno.
Oral steroidlar bilan davolashni to‘xtatgan, ammo buyrak usti bezlari faoliyati pastligicha qolgan patsiyentlar o‘zlarida, stress holatlarida, masalan o‘tkir astma huruji, nafas yo‘llarining infektsiyalari, ahamiyatli interkurrent kasalliklar, jarrohlik aralashuvi, jarohatlarda tizimli steroidni qo‘shimcha yuborish zarurati yuzasidan ogohlantiruvchi maxsus kartochka olib yurishlari kerak.
Ritonavir qon plazmasida flutikazon propionatining kontsentratsiyasini ahamiyatli darajada oshirishi mumkin, shuning uchun flutikazon propionati va ritonavirni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, ularni qo‘llashdan kutilgan foyda kortikosteroidlarning tizim ta’sir qilish havfidan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Shuningdek CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida flutikazon propionatining tizimli ta’sirini yuqori rivojlanish havfi mavjud (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang).