Sedanorm LIK rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: dorivor o‘simliklar xom ashyosidan iborat suyuq ekstrakti (1:4,5): valeriana ildizi ildizpoyalari bilan, do‘lana mevalari, dalachoy o‘ti, qalampiryalpiz barglari – 94 ml, piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 0,06 g; nikotinamid (RR vitamini) – 0,3 g. yordamchi moddalar: sorbit (Ye 420), etanol 35% – 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

majmuaviy preparat

Preparatning savdo nomi:

Sedanorm-LIK

Farmakalogik guruhi:

Sedativ vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma.

och jigarrangdan-jigarranggacha bo‘lgan suyuqlik. Saqlash jarayonida biroz cho‘kma xosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Sedativ vosita.

Preparatning farmakologik samaradorligi uning komponentlarining yig‘indisiga bog‘liq, shuning uchun kinetik tekshirishlarni o‘tkazishning imkoniyati yo‘q, chunki barcha komponentlarni bir vaqtda markerlar yoki biologik tekshirishlar yordamida kuzatish mumkin emas.

Asabiylik, bezovtalik, qo‘rquv, charchoqlik, parishonlik, xotirani buzilishi, ruxiy holdan toyish bilan kechuvchi nevrasteniya va nevrastenik reaktsiyalar; migren; qichishuvchi dermatozlar (ekzema, eshakemi); uyqusizlik (yengil shakllari); “menedjer” sindromi (doimiy ruxiy zo‘riqish holati); asabning zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan bosh og‘riqlari; klimakterik sindromida simptomatik davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat ichga 5 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida bir martalik doza 10 ml gacha oshiriladi. Bemorda tormozlanish paydo bo‘lgan holda, 2,5 ml dan ertalab va kunduzi, hamda 5 ml dan kechasiga buyuriladi. Qabul qilishlar oralig‘i – 8 soatni tashkil qiladi. Mumkin bo‘lgan emotsional yuklanishdan  20-30 minut oldin preparat 5-10 ml dan bir marta qabul qilinishi mumkin. Preparat suyultirilmagan holda yoki ichimliklar (choy, sharbat) bilan birga qabul qilinishi mumkin. Ko‘ngil aynishi paydo bo‘lgan hollarda, preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.

Allergik reaktsiyalar – giperemiya, teri toshmasi, shishlar, eshakemi, og‘ir hollarda – anafilaktik reaktsiyalar; Markaziy nerv tizimi tomonidan – uyquchanlik, charchoqlik, bosh aylanishi, ruhiy holatning susayishi; Me’da – ichak yo‘llari tomonidan – ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, qabziyat; yurak – qon tomir tomonidan – bradikardiya, AB ni pasayishi; tayanch-harakat tizimi tomonidan – oyoq-qo‘llarning uvishishi, mushaklarning kuchsizligi kuzatilishi mumkin.

Depressiyali bemorlar va markaziy nerv tizimi susayishi bilan kechuvchi holatlar, me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligi, jigar kasalliklari, yurak ishemik kasalligi, spazmofiliya, miasteniya, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Preparat markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, shuningdek alkogolning ta’sirini kuchaytiradi. Levodopa va piridoksin gidroxloridining ta’siri o‘zaro susayishi mumkin.

Preparatni ovqat hazm qilish yo‘llarida og‘ir darajali organik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida, ayniqsa 1-uch oyligi davomida va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bolalar. Preparatni 12 yoshgacha bolalarda qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Sedanorm – LIK ni qabul qilayotgan patsiyentlar, yuqori diqqat va tezkor harakat va ruhiy reaktsiyalarni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan (transport vositalarini boshqarish, murakkab mexanizmlar bilan ishlash) saqlanishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: tushkunlik va uyquchanlik hissi. Keyinchalik bu simptomlar ko‘ngil aynishi, mushaklarning kuchsizligi, bo‘g‘imlarda og‘riq va me’dada og‘irlik hissi bilan kechishi mumkin. Shuningdek nikotinamid dozasini oshirib yuborilishining simptomlari (taxikardiya, tremor, ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, yo‘tal, teri toshmasi, arterial gipotenziya) bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Davolash. shifokor buyuradigan simptomatik davolash.

Retseptsiz

25 ml, 30 ml, 40 ml, 50 ml, 90 ml va 100 ml dan flakonlarda. Flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.