SantaKold nochnoy

Tarkibi:

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 160 mg paratsetamol; 2,5 mg tsetirizin gidroxloridi, 1 mg xlorfeniramin maleati, 5 mg dekstrometorfan gidrobromidi; yordamchi moddalar: natriy metilparabeni, natriy propilparabeni, natriy karboksimetiltsellyuloza, ksantin kamedi, sorbitol, dinatriy editati, karmuazin supra bo‘yovchisi, saxaroza, meva aralashmali aromatizatori, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

SantaKold-nochnoy

Farmakalogik guruhi:

Analgetik va antipiretik. Psixoleptiklarsiz paratsetamol majmuasi.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

pushti rangli suspenziya.

Analgetik va antipiretik. Psixoleptiklarsiz paratsetamol majmuasi.

N02B E51

Gripp va tana haroratini oshishi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, tomoq va burun bo‘liqlarida og‘riq, burun bitishi, tumov, quruq ta’sirchan yo‘tal, ko‘z yosh oqishi va aksirish bilan kechuvchi o‘tkir respirator – virusli infektsiyalarni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

1 o‘lchov qoshiq (5 ml) o‘ramning o‘rtasida joylangan. 4 yoshdan 6 yoshgacha bolalarga: 1 choy qoshiqdan sutkada 4 marta; kattalar va 6 yoshdan bolalarga: 2 o‘lchov qoshiqdan sutkada 3-4 marta. Davolashning maksimal davomiyligi: 3-5 sutka. Qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soatni tashkil etishi kerak. Sutkada 4 martadan ko‘p qabul qilish mumkin emas.

Ko‘p hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, og‘iz qurishi, toliqish, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, ta’sirchanlik yoki asabiylik, taxikardiya va yurakni urib ketishi kuzatiladi. Kam hollarda (ayniqsa bolalarda) – qo‘zg‘aluvchanlik va uyquni buzilishi. Preparatni uzoq vaqt, ayniqsa yuqori dozada qo‘llanilganda, ayniqsa alkogolni bir vaqtda qabul qilganda, SantaKold-nochnoy tarkibidagi – paratsetamolning jigar va buyrakka toksik ta’siri namoyon bo‘ladi, xususan – jigar yetishmovchiligi rivojlanada (dozani oshirib yuborilishi ko‘rinishlari “Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limida to‘liq ta’riflangan). Preparatga va uning tarkibidagi moddalarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda quyidagilar bilan namoyon bo‘luvchi allergik nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin: bronxospazm xuruji, anafilaksiya, angionevrotik shish, hiqildoq shishi. Shuningdek allergik reaktsiyalar makulopapulyoz, uritkar, eritematoz toshma, eshakemi, shilliq qavatlarni shikastlanishi kabi teri ko‘rinishlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki meteorizm). Xlorfeniraminning periferik antixolinergik ta’siri bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalari: og‘izni qurishi, ko‘zning shilliq qavatini qurishi, siydikni tutilishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘z ichki bosimini oshishi va me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar. Xlorfeniraminning markaziy ta’siri bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalari: uyquchanlik, yakka hollarda koma, tirishish xurujlari, diskineziya, xulqni o‘zgarishi. Ikkinchi avlod antigistamin preparatlaridan farqli ravishda, feniraminni qo‘llash QT ni intervalini uzayishi va aritmiya bilan assotsiatsiyalanmaydi. Tsetirizin gidroxloridi mavjudligi quyidagilarni chaqirishi mumkin: turli og‘irlik darajasidagi allergik nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishi, idiopatik eshakemi; jigar tomonidan buzilishlar: jigar fermentlari darajasini oshishidan gepatitni rivojlanishigacha; markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi simptomlari. Dekstrometorfan gidrobromidiga xos nojo‘ya reaktsiyalar nafas olishni susayishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Paratsetamolni ta’siri bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalar: allergik reaktsiyalar – teri qichishishi, terida va shilliq qavatlarda toshma, angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi); markaziy nerv-tizimi tomonidan: bosh aylanishi, psixomotor qo‘zg‘alishlar va oriyentatsiyani buzilishi; me’da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan – ko‘ngil aynishi, epigastriyda og‘riq; sariqlik rivojlanmasdan kechuvchi “jigar” fermentlari faolligini oshishi, gepatonekroz; endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya, hatto gipoglikemik komagacha; qon yaratish a’zolari tomonidan: anemiya, sulfgemoglobinemiya va metgemoglobinemiya (tsianoz, hansirash, yurakda og‘riq), gemolitik anemiya (ayniqsa glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan bemorlarda). Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda – aplastik anemiya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, neytropeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya; siydik chiqarish tizimi tomonidan: (yuqori dozalarda qabul qilganda) – nefrotoksiklik (buyrak sanchig‘i, interstitsial nefrit, papillyar nekroz).

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, surunkali alkogolizm, jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, glyukozo-6-fosfatdegidrogenazalar va glyutation-reduktaza fermentlarining tanqisligi (preparat qo‘llanganida eritrotsitlar gemolizi paydo bo‘lishi mumkin), qon kasalliklari, yopiq burchakli glaukoma, uretra va prostata bezi kasalliklari bilan bog‘liq siydikni ushlanib qolishi xavfi, qovuq bo‘yinchasi obstruktsiyasi, og‘ir kechuvchi gipertoniya kasalligi, yurak koronar arteriyalari kasalligi, qandli diabet, tutqanoq; monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO) bilan davolanayotgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda; homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin va alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida gepatotoksik ta’siri xavfi ahamiyatli darajada oshadi. SantaKold-nochnoy preparati metoklopramid bilan birga qo‘llanilganda paratsetamolni so‘rilishini oshirishi mumkin. Kofein paratsetamolning og‘riq qoldiruvchi ta’sirini potentsiya qilishi mumkin. Paratsetamol antikoagulyantlar, kumarin va indol hosilalarining bevosita ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Preparat tarkibida xlorfeniramin va dekstrometorfan gidrobromidi bo‘lganligi uchun: markaziy nerv tizimini depressorlari (gipotonik vositalar, anestetiklar, MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi preparatlar, barbituratlar, trankvilizatorlar, narkotik analgetiklar, shuningdek alkogol) ning ta’siri kuchayadi. Xlorfenaramin antikoagulyantlar ta’sirini susaytirishi va progesteron, rezerpin, tiazid diuretiklar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin. Kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llash SantaKold-nochnoy preparatidagi antigistamin komponentining samaradorligini susaytirishiga olib kelishi mumkin.

Jigar, ovqat-hazm qilish yo‘llari va buyraklar faoliyatini buzilishi, giperbilirubinemiya, prostata bezi gipertrofiyasi, siydikni tutilishi, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, bronxial astma, balg‘amli yo‘tal bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda periferik qon va jigarning funktsional holatini (10 kunda 1 marta) muntazam nazorat qilish kerak. Davolash vaqtida antigistamin preparatlari (xlorfeniramin maleati) ning sedativ ta’sirini kuchaytiruvchi sedativ preparatlar (ayniqsa barbituratlar) ni qo‘llash mumkin emas. Agar kasallik bakterial infektsiyalar bilan chaqirilgan bo‘lsa, antibiotiklar bilan parallel davolash tavsiya etiladi. Agar SantaKold-nochnoy preparatini qo‘llash vaqtida eritrotsitlarni gemolizi yoki medikamentoz gemolitik anemiya kelib chiqsa, preparatni zudlik bilan bekor qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida alkogolni iste’mol qilish mumkin emas. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida (preparat ko‘krak sutiga o‘tishi mumkin) qo‘llash mumkin emas. Bolalar Preparatni 4 yoshdan oshgan bolalarga qo‘llash mumkin. Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa turdagi mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Preparatni qo‘llash vaqtida transport vositalarini boshqarish, mexanizmlar bilan va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda saqlansin.

Siptomlari: dozani oshirib yuborilishi ko‘rinishlari odatda ko‘pincha SantaKold-nochnoy preparatining ta’sir etuvchi moddasi paratsetamolni kattalarda 15 g va undan ko‘p bir martalik dozada, bolalarda – 150 mg/kg va undan ko‘p bir martalik dozada qo‘llanilganda paydo bo‘ladi. Shuningdek dozani oshirib yuborilishi SantaKold-nochnoy preparatini tavsiya etilgan yoki oshirib yuborilgan dozada, lekin, sutkada 4 martadan ko‘p tez-tezligida qo‘llanilganda paydo bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilganda dastlab dispeptik ko‘rinishlar (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish), oqarib ketish kuzatiladi. Keyinchalik transaminazalar, bilirubin darajasi oshadi, azotemiya paydo bo‘ladi. Jigar biopsiyasida markaziy lobulyar nekroz aniqlanadi. Zardobda kreatinin darajasi asta-sekin oshadi, transaminazalar darajasi kritik ravishda oshadi, albumin va glyukoza darajasi pasayadi, metabolik atsidoz, oliguriya, entsefalopatiya, jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘ladi. Markaziy nerv tizimi tomonidan uyquni buzilishi, toliqish, tremor paydo bo‘lishi mumkin; odatda dastlab qo‘zg‘aluvchanlik, keyinchalik nafas olishni buzilishi va yurak-qon tomir tizimini ish faoliyatini buzilishi (puls tez-tezligi pasayishi, arterial bosimni hatto qon-tomirlar yetishmovchiligigacha pasayishi) bilan kechuvchi tormozlanish simptomlari kuzatiladi. Qon tomonidan trombotsitlarni sonini kamayishi, protrombin darajasini pastligi, qonning ivishi faolligini yomonlashadi, bu qon ketishi, xususan me’da-ichak yo‘llari tomonidan qon ketishi bilan kechishi mumkin. Tana haroratini oshishi, teri qichishishi – urtikar toshma paydo bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi mumkin. Siydik chiqarish tizimi tomonidan – siydik tutilishi mumkin. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Tirishish paydo bo‘lgan hollarda – diazepam buyuriladi. Gemodializ samarasiz.

Retseptsiz

100 ml suspenziya flakonlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.