Sanovit rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: A vitamini (retinol palmitati shaklida)       150 MЕ; B1 vitamini (tiamin gidroxloridi)                   0,10 mg; B2 vitamini (riboflavin natriy fosfati)       0,12 mg; B5 vitamini (dekspantenol)                                 0,20 mg; B6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)          0,15 mg; V9 vitamini (folat kislotasi)                            0,01 mg; B12 vitamini (tsianokobalamin)                           0,15 mkg; S vitamini (askorbin kislotasi)                                    6 mg; D3 vitamini (xolekaltsiferol)                           40 MЕ; E vitamini (all-rac-α-tokoferil atsetati)           0,7 MЕ; PP vitamini (nikotinamid)                                 1,20 mg; yordamchi moddalar: natriy propilparagidroksibenzoati, natriy metilparagidroksi-benzoati, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, glitserin, natriy saxarini, “Apelsin” aromatizatori, polisorbat 80, propilgallat, butilgidroksianizol, natriy gidroksidi, dinatriy edetati, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Sanovit

Farmakalogik guruhi:

polivitaminlar.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun sirop.

oltin-sariq rangli, apelsin hidli tiniq sirop.

polivitaminlar.

A11BA

Sanovit preparatining ta’siri komponentlarining umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q. Barcha komponentlarini markerlar yordamida yoki biotadqiqotlar yordamida bir vaqtda kuzatish mumkin emas.

avitaminozlar va gipovitaminozlarni oldini olish;jismoniy va aqliy ish faoliyatini oshishi;almashinuv jarayonlarini normallashishi;o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davri;organizmni infektsion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.

Sanovit ichga ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Siropni dozalash uchun o‘lchov stakanidan foydalaniladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: sutkada 5 ml dan buyuriladi; 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: sutkada 10 ml dan buyuriladi. Kattalarga: sutkada 10-20 ml dan buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta’riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatning tarkibiga kiruvchi B6 vitamini levodopaning samaradorligini kamaytiradi. Tarkibiga mineral moy kiruvchi surgi dori vositalari va kolestiramin A, D va E vitaminlarining o‘zlashtirilishini pasaytiradilar. Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, tsisplatin A, V1 i V6 vitaminlarni o‘zlashtirilishini izdan chiqaradilar. Penitsillamin, izoniazid V1 vitaminini chiqarilishini oshirib, samaradorligini pasaytiradilar. Izoniazid piridoksinning samaradorligini pasaytiradi. Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi. Sanovit preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta’siri va noxush reaktsiyalarini kuchaytiradi. Sanovit preparatini, dozani oshirib yuborilishidan saqlanish maqsadida, boshqa polivitamin komplekslar, ayniqsa tarkibida A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas. Siydikning rangi to‘q sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida riboflavinni borligi bilan ifodalanadi. Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlikda va laktatsiya davrida Sanovit preparatini qo‘llash mumkinligi masalasi individual ravishda hal qilinadi. Pediatriyada qo‘llanishi Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqdansin.

Preparatning dozasi bexosdan oshirib yuborilganida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan, chunki Sanovit preparatining tarkibiga kiruvchi yog‘da eruvchan vitaminlarni organizmga toksik ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun sirop 100 ml dan polietilen qopqoqli sariq rangli butilkada. 1 flakon o‘lchov stakani, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.