Emodin, xrizofan kislotasi va boshqa moddalar bor. Antratsen hosilalarining miqdori, xrizofan kislotasiga qayta hisoblanganda kamida 1,35% ni tashkil etishi kerak.
Sano bargi
Surgi vositalari. Farmakologik hususiyatlari Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub, madaniy o‘stiriladigan sano – o‘tkirbargli kassiya – (Cassia acutifolia Del.) o‘simliklarining gullash va meva tugish davrida yig‘ilgan, quritilgan va maydalangan barglari. Asosan antraglikozidlarni (A va B sennozidlar) borligi bilan bog‘liq surgi ta’sir ko‘rsatadi. Surgi ta’sirining mexanizmi ichak shilliq qavatining retseptorlarini rag‘batlantirishi, uning bo‘shlig‘iga natriy ionlari va suvni so‘rilishini kuchayishi va buning oqibatida ichak ichidagi modda hajmini oshishi xamda peristaltikani kuchayishi bilan bog‘liqdir. Preparat qabul qilinganidan keyin ichakni bo‘shashi odatda 8-10 soatdan keyin yuz beradi.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi.