Sandimmun Neoralretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25, 50 yoki 100 mg tsiklosporin; yordamchi moddalar: alfa-tokoferol, suvsiz etanol, makkajo‘xori moyining mono- va ditriglitseridlari, makrogolglitserin gidroksisteorati, polietoksillangan gidrogenlangan kanakunjit moyi, propilenglikol; kapsula qobig‘ining tarkibi: temir II,III oksidi (Ye172) (25 va 100 mg li kapsulalar), temir III oksidi (Ye172) (50 mg li kapsulalar), titan dioksidi (Ye171), glitserin 85%, propilenglikol, jelatin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiklosporin (siclosporin)

Preparatning savdo nomi:

Sandimmun Neoral

Farmakalogik guruhi:

Selektiv immunosupressantlar. Kaltsinevrinning ingibitorlari.

Dori shakli:

yumshoq kapsulalar.

Kapsulalar 25 mg dan: oval shaklli, kulrang-moviy rangli, qizil rangli “NVR 25 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar; Kapsulalar 50 mg dan: uzunchoq shaklli, oq-sariq rangli, qizil rangli “NVR 50 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar; Kapsulalar 100 mg dan: uzunchoq shaklli, kulrang-moviy rangli, qizil rangli “NVR 100 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar.

Selektiv immunosupressantlar. Kaltsinevrinning ingibitorlari.

L04AD01.

Dozalarni barcha klinik diapazonida Sandimmun Neoral® tsiklosporinning dozasi va ekspozitsiyasi (AUC) to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik va so‘rilishni doimiy profilini namoyish qiladi; va faqat ovqat qabul qilish yoki tsirkad ritmni yondosh ahamiyatsiz ta’siri aniqlanadi. Shu xususiyatlari oqibatida alohida patsiyentlar orasidagi farmakokinetik turliligi past, qondagi preparatning minimal darajalari va tsiklosporinning umumiy ekspozitsiyasi (AUC) orasidagi korrelyatsiya yuqori hisoblanadi, shuning uchun preparatni peroral qabul qilishni ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar o‘tkazish mumkin. Sandimmun Neoral®, yumshoq jelatin kapsulalari, va Sandimmun, ichga qabul qilish uchun eritma, bioekvivalentdir. Tsiklosporin 3,5 l/kg o‘rtacha taxminiy taqsimlanish hajmi bilan asosan aylanib yuruvchi qon hajmidan tashqarida taqsimlanadi. Qonda taqsimlanishi, plazmada 33 dan 47% gacha, limfotsitlarda 4 dan 9% gacha, granulotsitlarda 5 dan 12%  gacha va eritrotsitlarda 41 dan 58% gacha saqlanish bilan kontsentratsiyaga bog‘liq. Plazmada taxminan 90% oqsillar, asosan lipoproteinlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Tsiklosporin 15 dan ko‘proq metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan yaqqol metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi asosan safro bilan bo‘ladi, peroral dozaning faqat 6% siydik bilan chiqariladi; va faqat 0,1% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qo‘llangan tahlil usuli va maqsadli populyatsiyaga qarab, tsiklosporinning yarim chiqarilishini yakuniy eliminatsion davriga taalluqli ma’lumotlarni yuqori turliligi mavjud. Yarim chiqarilishini yakuniy eliminatsion davri sog‘lom ko‘ngillilarda 6,3 soatdan, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda 20,4 soatgachani tashkil qilgan. Eliminatsiya, asosan safro bilan bo‘ladi va peroral dozaning faqat 6% siydik bilan, shuningdek 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi Terminal buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, 3,5 mg/kg vena ichiga yuborilganidan keyin 4 soat davomida qonda 1800 ng/ml (diapazon 1536 dan 2331 ng/ml gacha) o‘rtacha minimal kontsentratsiya kuzatilgan. Taqsimlanishni o‘rtacha hajmi (TO‘X) 3,49 l/kg, tizimli klirensi esa (KL) – soatiga 0,360 l/kg ni tashkil qilgan. Bu tizimli KL (soatiga 0,360 l/kg) buyraklari normal ishlayotgan patsiyentlardagi o‘rtacha tizimli KL (soatiga 0,56 l/kg) taxminan uchdan ikkisini tashkil qilgan. Buyrak yetishmovchiligi tsiklosporinni chiqarilishiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Jigar faoliyatini buzilishi Jigarni og‘ir kasalliklari va biopsiya bilan tasdiqlangan jigar tsirrozi bo‘lgan patsiyentlarda, tsiklosporinning yarim chiqarilishini terminal davri 20,4 soatni tashkil qilgan (diapazon sog‘lom odamlardagi 7,4 soatdan 11,0 soatlar bilan solishtirganda, 10,8 soatdan 48,0 soatgacha).

katta a’zolarning transplantatsiyasi: buyrak, jigar, yurak transplantatlar, majmuaviy yurak-o‘pka allotransplantatlar, o‘pka va me’da osti bezi allotransplantatlarni ko‘chib ketishini oldini olish;ilgari boshqa immunosupressiv preparatlar bilan davolangan patsiyentlarda transplantatni ko‘chib ketishini davolash. suyak ko‘migining transplantatsiyasi: transplantatning ko‘chib ketishini oldini olish;“transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Sandimmun Neoral®ning sutkalik dozasini doimo ikki qabulda (ertalab va kechqurun) qabul qilish kerak. So‘rilishi va chiqarilishining yaqqol inter- va shaxs ichki o‘zgaruvchanligini, shuningdek dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri imkoniyatlarini e’tiborga olib, klinik natija va o‘zlashtiraolishishiga qarab dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak. Kapsulalarni blisterlardan faqat qo‘llash oldidan olish kerak. Blisterlar osilganida paydo bo‘ladigan o‘ziga xos xid normal bo‘lib, kapsulalarning sifati yomonlashganini ko‘rsatmaydi. Kapsulalarni butunligicha yutish kerak. Peroral qo‘llash uchun quyida keltirilgan dozalar doirasi faqat tavsiya sifatida qaralishi kerak. Transplantatsiyadan keyingi patsiyentlarda yuqori darajalari oqibatidagi noxush reaktsiyalardan va past darajalari oqibatidagi a’zoni ko‘chib ketishini oldini olish uchun, qondagi tsiklosporinning darajasini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak.

Tsiklosporinni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan va klinik sinovlar davomida kuzatilgan asosiy noxush reaktsiyalar buyrak faoliyatini buzilishi, tremor, girsutizm, arterial gipertenziya, diareya, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil ayinishi va qusishni o‘z ichiga oladi. Tsiklosporin bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pchilik noxush reaktsiyalar, dozalashga bog‘liq va dozani pasaytirishga javob beradi. Turli ko‘rsatmalarda noxush reaktsiyalarning umumiy doirasi, asosan o‘xshashdir; lekin ko‘rinishlarining tez-tezligi va og‘irligida farq kuzatiladi. Natijada transplantatsiyadan keyingi yuqoriroq boshlang‘ich dozalarda va davomliroq tutib turuvchi davolashda, nojo‘ya samaralar, boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha preparatni qabul qilayotgan patsiyentlardagiga qaraganda, transplantatsiyada patsiyentlarda tez-tezroq va odatda og‘irroq namoyon bo‘ladi. Anafilaktoid reaktsiyalar preparat vena ichiga yuborilganidan keyin kuzatilgan. Immunodepressantlarni qabul qilayotgan, shu jumladan tsefalosporin bilan davolashni va tsefalosporinni o‘z ichiga olgan davolash sxemasini, infektsiyalar (virusli, bakterial, zamburug‘li, parazitar) yuqishini yuqori xavf zonasida bo‘ladilar. Ham umumiy, ham mahalliy infektsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, organizmda davolashgacha bo‘lgan infektsiyalar yomonlashishi mumkin, poliomavirusli infektsiyalarning faollashishi esa poliomavirus-assotsiatsiyalangan nefropatiyani (PVAN) yoki DK virus-assotsiatsiyalangan avj olib boruvchi multifokal leykoentsefalopatiyaga (PML) olib kelishi mumkin. Jiddiy va/yoki o‘lim hollari qayd qilingan. Immunosupressantlarni, shu jumladan tsefalosporin bilan davolashni va tsefalosporinni o‘z ichiga olgan davolash sxemasini qabul qilayotgan patsiyentlar limfomalar yoki limfoproliferativ kasalliklar va boshqa xavfli o‘smalar, ayniqsa terini, rivojlanishini yuqori xavfi zonasida bo‘ladilar. Xavfli o‘smalar paydo bo‘lishini tez-tezligi davolashning jadalligi va davomiyligi oshishi bilan oshadi. Ayrim xavfli o‘smalar o‘limga olib kelishi mumkin. Dori vositasining noxush reaktsiyalari klinik sinovlarning ma’lumotlari bo‘yicha a’zolar tizimi sinflari bo‘yicha sanab o‘tilgan. Har bir a’zolar tizimi sinfida dori vositasining noxush reaktsiyalari tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan, eng tez-tez reaktsiyalar boshida ko‘rsatilgan. Xar bir tez-tezlik guruhida noxush reaktsiyalar og‘irligini kamayishi tartibida berilgan. Bundan tashqari, dori vositasining har bir noxush reaktsiyasi uchun muvofiq tez-tezlik toifasi quyidagi mezonlar yordamida aniqlanadi (CIOMS III): juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan istisno hollari.

Tsiklosporinga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Transplantatsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalarda qo‘llash bo‘yicha ogohlantirish choralari. Quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud: buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda (buyrak yetishmovchiligini yo‘l qo‘yilgan darajasi bo‘lgan nefrotik sindromdan tashqari);nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyada:nazorat qilinmaydigan infektsiya yoki har qanday xavfli o‘smada;bir vaqtda rozuvastatin qo‘llanganida tsiklosporinni qo‘llash.

Ovqat bilan  o‘zaro ta’sirlar Bir vaqtda yog‘larning miqdori yuqori bo‘lgan ovqat yoki greypfrut sharbati bir vaqtda qo‘llanganida, tsiklosporinning biokiraolishligini oshishi aniqlangan. Dorilarning o‘zaro ta’siri Turli preparatlar bilan o‘zaro ta’siri haqida xabar berilmagan. Quyida yaxshi xujjatlashtirilgan va klinik ahamiyatli deb hisoblangan preparatlar sanab o‘tilgan. Qator preparatlarni tsiklosporinning metabolizmi va chiqarilishida ishtirok etuvchi jigar fermentlari, ayniqsa CYP3A4 ta’sirini raqobatli susaytirish yoki qo‘zg‘atish yo‘li bilan plazma yoki qonda tsiklosporinning kontsentratsiyasini oshirishi yoki pasaytirishi ma’lum. Shuningdek tsiklosporin CYP3A4 va ko‘pchilik dori vositalari uchun yakuniy tashib o‘tkazuvchi R-glikoproteining (Rgp) ingibitori hisoblanadi. Bu CYP3A4 yoki aliskiren kabi Rgp substratlari bo‘lgan bir vaqtda qo‘llanayotgan dori preparatlarining plazma kontsentratsiyalarini oshirishi mumkin. Nefrotoksiklik rivojlanishini sababi bo‘lgan, sinergik ta’sirga ega preparatlar Atsiklovir, aminoglikozidlar (shu jumladan gentamitsin va tobramitsin), amfoteritsin V, tsiprofloksatsin, furomemid, mannitol, melfalan, trimetoprim (+sulfometoksazol), vankomitsin, NYAQP (shu jumladan diklofenak, indometatsin, naproksen va sulindak), gistamin N2-retseptorlarining blokatorlari (masalan, tsimetidin, ranitidin), metotreksat. Takrolimusni birga qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki bu nefrotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi. Tsiklosporin va rozuvastatinni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Tsiklosporinning kontsentratsiyasini pasaytiruvchi preparatlar Barbituratlar, karbamazepin, okskarbazepin, fenitoin, naftsillin, sulfadimidin vena ichiga; orlistat, rifampitsin, okteotid, probukol, trimetoprim vena ichiga, dalachoy saqlovchi preparatlar, tiklopedin, sulfinpirazon, terbinafin, bozentan. Tsiklosporinning kontsentratsiyasini oshiruvchi preparatlar Xloroxin, makrolid-antibiotiklar (masalan, eritromitsin, azitromitsin va klaritromitsin); ketokonazol va qarama-qarshi va kamroq ifodalangan samara bilan – flukonazol va itrakonazol, vorikonazol, diltiazem, nikardipin, verapamil, metoklopramid, peroral kontratseptivlar, danazol, metilprednizolon (yuqori dozalarda), allopurinol, amiodaron, xoloat kislotasi va uning hosilalari, proteaza ingibitorlari, imatinib, kolxitsin, nefazodon. Dori vositalari bilan boshqa ahamiyatli o‘zaro ta’sirlari Nifedipin va tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llash, faqat bir tsiklosporinni qo‘llash bilan solishtirganda milklarning giperplaziyasi hollari sonini oshishiga olib kelishi mumkin. Tsiklosporin va lerkanidipin bir vaqtda qo‘llanganidan keyin, lerkanidipinning AUC uch marta, tsiklosporinning AUC esa 21% ga oshadi. Shuning uchun tsiklosporin va lerkanidipinni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Diklofenak va tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llash, buyrak yetishmovchiligini rivojlanish ehtimoli bilan, u qaytuvchan xarakterga ega, diklofenakning biokiraolishligini ahamiyatli oshishiga olib keladi. Bu o‘sish diklofenakning “birinchi o‘tish” yuqori samarasini pasayishi bilan chaqirilishini ehtimoli katta. Tsiklosporin va “birinchi o‘tish”ni past samarasiga ega bo‘lgan NYAQP (masalan atsetilsalitsil kislotasi) bir vaqtda qo‘llash, odatda, ularning biokiraolishligini o‘sishi bilan bog‘liq emas. Tsiklosporin shuningdek digoksin, kolxitsin, prednizolon, GMG-KoA reduktaza ingibitorlari (statinlar), etopozid, aliskiren va bosentan yoki dabigatrinning klirensini pasaytirishi mumkin. Digoksin qabul qilgan patsiyentlarda tsiklosporin bilan davolash boshlanganida, bir necha kun davomida angishvonagul bilan jiddiy intoksikatsiya kuzatilgan. Shuningdek tsiklosporinni kolxitsinning ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda miopatiya va neyropatiyani rivojlanishi kabi toksik samaralarini kuchaytirishi mumkinligi xabar berilgan. Agar digoksin yoki kolxitsin tsiklosporin bilan bir vaqtda buyurilsa, zarurati bo‘lgan holda dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish mumkin bo‘lishi uchun, digoksin yoki kolxitsinning toksikligi ko‘rinishlarini esa aniqlash uchun, sinchkov klinik monitoring o‘tkazish kerak. Bir vaqtda lovastatin, simvastatin, atorvastatin, pravastatin va kam hollarda, fluvastatin bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda tsiklosporin qo‘llanganida, postmarketing tadqiqotlar o‘tkazilganida va adabiyot ma’lumotlariga muvofiq miotoksiklik rivojlanishi hollari haqida xabar berilgan, ular mushaklarda og‘riq va kuchsizlik, miozit va rabdomiolizni o‘z ichiga olgan. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida bu statinlarning dozasini, buyurish xaqidagi muvofiq ma’lumotda keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha pasaytirish kerak. Miopatiya simptomlari bo‘lgan patsiyentlarda yoki buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarini rivojlanishini, shu jumladan rabdomioliz oqibatida rivojlangan ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi, xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda, statinlar bilan davolash vaqtincha bekor qilinishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Everolimus yoki sirolimus va mikroemulsiya ko‘rinishida tsiklosporinning to‘liq dozalari bir vaqtda qo‘llangan tadqiqotlarda zardob kreatininni oshishi kuzatilgan. Bu samara ko‘pincha tsiklosporinning dozalari kamaytirilganda qaytuvchan xarakterga ega. Everolimus va sirolimus tsiklosporinning farmakokinetikasiga faqat biroz ta’sir qiladi. Tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llash qonda everolimus va sirolimusning kontsentratsiyasini ahamiyatli oshiradi. Tsiklosporin va kaliy tejovchi preparatlarni (masalan, kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari)  yoki kaliy saqlovchi preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bu qon zardobida kaliyning darajasini ahamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Bosentan bilan bir vaqtda qo‘llanganida, tsiklosporin qon plazmasida bosentanning darajasini oshiradi. Tsiklosporin shuningdek gipoglikemiya paydo bo‘lishi xavfini oshirib, repaglinpidning plazmadagi darajalarini oshirishi mumkin. Tsiklosporin va aliskiren birga qo‘llanganida Smax taxminan 2,5 marta va AUC taxminan 5 marta oshgan. Shunga qaramasdan, tsiklosporinning farmakokinetik profili ahamiyatli o‘zgarmagan. Dabigatran etaksilati va tsiklosporinni birga qo‘llash, tsiklosporinni P-gp ingibitori sifatidagi faolligi oqibatida dabigatranning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Dabigatran tor terapevtik indeksga ega va plazmada uning kontsentratsiyasini oshishi qon ketishi xavfini oshirishi mumkin. Tavsiyalar O‘zining sinergik ta’siri bilan nefrotoksik chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda buyrak faoliyatini (xususan zardobda kreatinin darajasini) sinchiklab monitoringini o‘tkazish kerak. Ahamiyatli buyrak buzilishi holida boshqa preparatning dozasini kamaytirish yoki muqobil davolashni ko‘rib chiqish kerak. Transplantatning retsipiyentlarida qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan (zardobda kreatininning darajasini o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan) va bir vaqtda fibratlarni (masalan, benzofibrat, fenobarbital) qo‘llashdan keyin paydo bo‘luvchi buyraklar faoliyatini buzilishi haqida alohida xabarlar bor. Shuning uchun bunday patsiyentlarda buyraklar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak. Buyrak faoliyatini ahamiyatli buzilishi holida majmuaviy davolashni bekor qilish kerak. Tsiklosporinning biokiraolishligini kamaytiruvchi yoki ko‘paytiruvchi preparatlar Transplantatsiyani o‘tkazgan retsipiyentlarda qonda tsiklosporinning darajasini aniqlashni tez-tez o‘tkazish kerak, xususan, boshqa preparatlar bilan davolashni boshida va oxirida; zarurati bo‘lganida Sandimmun Neoral®ning dozaga tuzatish kiritish kerak.

Sandimmun Neoral®ni faqat immunosupressiv davolashning tajribasiga ega bo‘lgan va muntazam to‘liq tibbiy ko‘rik, arterial bosimni o‘lchash va xavfsizligini laboratoriya ko‘rsatkichlarini nazorat qilishni o‘z ichiga olgan keyingi kerakli kuzatuvni ta’minlashga qodir shifokorlar buyurishlari mumkin. Preparat qabul qilayotgan transplantatsiyadan keyingi patsiyentlar, davolashni bir maromda ushlab turish uchun muvofiq laboratoriya va tibbiy vositalarga ega bo‘lgan muassasada bo‘lishlari kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga javobgar bo‘lgan shifokor, patsiyentni keyingi kuzatuv uchun to‘liq ma’lumot olishi kerak. Limfomalar va boshqa xavfli o‘smalar Boshqa immunosupressantlar kabi tsiklosporin ham limfomalar va boshqa xavfli o‘smalar, ayniqsa terining xosil bo‘lishi rivojlanish xavfini oshiradi. Yuqori xavfi ma’lum preparatlarni ishlatishga nisbatan, ko‘proq immunodepressiyaning darajasi va davomiyligi bilan bog‘liq. Shunday qilib, bir necha immunosupressantlarni (shu jumladan tsiklosporin) saqlovchi davolash dasturini ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki bu ayrimlari o‘lim bilan tasdiqlangan limfoproliferativ kasalliklar va katta o‘smalarga olib kelishi mumkin. Terining xavfli o‘smalarini potentsial xavfini hisobi bilan, Sandimmun Neoral® bilan davolanayotgan patsiyentlarni ultrabinafsha nurlanishni oshiqcha ta’siridan saqlanish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Infektsiyalar Boshqa immunosupressantlar kabi tsiklosporin ham ko‘pincha patsiyentlarni shartli-patogen mikroorganizmlar chaqirgan turli bakterial, zamburug‘li, parazitar va virusli infektsiyalar rivojlanishiga moyilroq qiladi. Tsiklosporin qabul qilayotgan patsiyentlarda latent poliomavirusli infektsiyalarni faollashishi kuzatilgan, ular poliomavirus-assotsiatsiyalangan nefropatiyaga (PVAN), ayniqsa VK- virusli nefropatiyaga (VKVN) [56], yoki DK virus-assotsiatsiyalangan avj olib boruvchi multifokal leykoentsefalopatiyaga (PML) olib kelishi mumkin. Bunday holatlar ko‘pincha yuqori umumiy immunodepressiv yuklama bilan bog‘liq bo‘lgan va immuniteti susaygan va buyrak faoliyati yomonlashgan yoki nevrologik simptomlari bo‘lgan patsiyentlarda differentsial diagnostikada ko‘rilishlari kerak. Jiddiy va/yoki o‘lim bilan yakunlanishlar qayd qilingan. Ko‘p komponentli  uzoq muddatli immunosupressiv davolashni o‘tayotgan patsiyentlarda birinchi navbatda samarali preventiv va terapevtik strategiyani qo‘llash kerak.

Hayvonlardagi tadqiqotlar kalamushlar va quyonlarda reproduktiv toksikligini namoyish qilgan. Sandimmun Neoral® preparatini homilador ayollarda qo‘llash tajribasi cheklangan. O‘tkazilgan transplantatsiyadan keyin immunodepressantlarni, shu jumladan tsiklosporin qabul qilayotgan, yoki tarkibiga tsiklosporin kiruvchi davolash sxemasi buyurilgan homilador ayollar uchun, muddatidan oldingi tug‘ruqlarni yuqori xavfi bor (<37 hafta). In utero tsiklosporinning ta’siriga duchor bo‘lgan 7 yoshgacha bolalar orasida cheklangan miqdorda kuzatuvlar o‘tkazilgan (12 bola bo‘yicha ma’lumotlar to‘plangan). Bu bolalar normal buyrak faoliyatiga va arterial bosimga ega bo‘lganlar. Lekin homilador ayollar ichida kerakli tarzda nazorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun Sandimmun Neoral®ni homiladorlik vaqtida, ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardan tashqari, qo‘llash mumkin emas. Homilador ayollarga buyurishda Sandimmun Neoral® tarkibidagi etanolning miqdorini ham hisobga olish kerak. Tsiklosporin ko‘krak sutiga o‘tadi. Sandimmun Neoral®ni qabul qilayotgan ayollar, emizmasliklari kerak. Sandimmun Neoral®ni yangi tug‘ilgan chaqaloqlar/emizikli bolalarda jiddiy noxush reaktsiyalar chaqirishi mumkinligi tufayli, dorini ona uchun muhimligini hisobga olib, emizishdan saqlanish yoki dori vositasini ishlatishdan saqlanish haqida qaror qabul qilinishi kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tsiklosporinning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishiga taalluqli ma’lumotlar soni cheklangan. Tsiklosporinning 10 g (150 mg/kg) gacha peroral dozalari, qusish, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, taxikardiya kabi nisbatan axamiyatsiz klinik ko‘rinishlar bilan o‘zlashtirilgan, ayrim patsiyentlarda esa buyrak faoliyatini o‘rtacha og‘irlikdagi qaytuvchan buzilishlari kuzatilgan. Lekin chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparatni tasodifiy parenteral dozani oshirib yuborilishi, og‘ir intoksikatsiyaga olib kelgan. Dozani oshirib yuborilishining xamma hollarida simptomatik davolash va umumiy tutib turuvchi choralar o‘tkazish kerak. Dozani oshirib yuborilishini birinchi soatlarida qusishni chaqirish va me’dani yuvish foydali bo‘lishi mumkin. Preparat gemodializda va faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash bilan gemoperfuziyada deyarli chiqarilmaydi.

№ 50 karton qutida.

2 yil. Ulashish: 4 231 Views