Salitsil kislotasi 1%, 2% spirtli eritma rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: salitsil kislotasi – 1 g yoki 2 g; yordamchi modda: 70% etil spirti – 100 ml gacha. Salitsil kislotasi, etanol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

salitsil kislotasi, etanol

Preparatning savdo nomi:

Salitsil kislotasi 1%, 2% spirtli eritma

Farmakalogik guruhi:

Antiseptik vositalar.

Dori shakli:

spirtli eritma

rangsiz tiniq, spirt hidiga ega eritma.

Antiseptik vositalar.

D01AE12

Terining shikastlanishlari (yog‘li seboreya, oddiy xusunbuzar, surunkali ekzema, psoriaz, diskeratozlar, ixtioz, so‘gallar, qadoqlarda) qo‘llanadi

Kam hollarda qichishish, achishish, qizarish, teri toshmalari kabi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Terining katta yuzalariga uzoq qo‘llanganda yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganda tizimli reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Rezortsin (eruvchan eritma hosil bo‘ladi) va rux oksidi (erimaydigan rux salitsilati hosil bo‘ladi) bilan farmatsevtik nomutanosib. Salitsil kislotasining preparatlarini benzoilperoksid va mahalliy retinoidlar bilan ishilatish mumkin emas.

Eritmaning tarkibiga etanol kiradi. Salitsil kislotasi preparatlarini spirtli losonlar, asosida terini ko‘chiruvchi (po‘st tashlovchi) boshqa kislotalari bo‘lgan tarkiblar, skrablar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu terini qurishiga va kuchli ta’sirlanishiga olib kelishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

1%, 2% spirtli eritma, 25 yoki 50 ml dan flakonlarda.

3 yil.