Salbutamol AVretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: salbutamol sulfati – 120 mkg 100 mkg salbutamolga ekvivalent; yordamchi moddalar: Etanol (etil spirti 95% yoki 96%) 2363 mkg; olein kislotasi – 44 mkg; tetraftoretan (NFA-134a) – 25473 mkg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

salbutamol

Preparatning savdo nomi:

Salbutamol AV

Farmakalogik guruhi:

bronxlarni kengaytiruvchi vosita – selektiv beta2-adrenomimetik.

Dori shakli:

ingalyatsiya uchun dozalangan aerozol

Dozalovchi klapan va purkagichli ballonda joylashgan oq yoki sarg‘ish tusli oq suspenziya. Preparatning 5 dozasi shishaga purkalgandan keyin oq rangli dog‘ qoladi.

bronxlarni kengaytiruvchi vosita – selektiv beta2-adrenomimetik.

R03AC02

Ingalyatsiya qilingandan keyin ingalyatsiya qilindan dozaning 10-20% mayda bronxlarga yetib boradi va metabolizmga uchramasdan tizimli qon oqimiga asta-sekin so‘riladi, qolgan qismi esa yuqori nafas yo‘llari yoki og‘iz-halqumda cho‘kadi, so‘ngra yutib yuboriladi. Salbutamol qonga tushib jigarda metabolizmga uchraydi va o‘zgarmagan ko‘rinishda va fenol sulfati shaklida asosan siydik bilan chiqariladi. Ingalyatsion dozaning yutib yuborilgan qismi me’da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va fenol sulfatiga aylanib “jigardan birinchi marta o‘tishda” jadal metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan va salbutamol va kon’yugat asosiy siydik bilan chiqariladi. Organizmga vena ichiga, peroral yoki ingalyatsion usulda yuborilgan salbutamol dozasining katta qismi 72 soat davomida chiqariladi. Salbutamolni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 10% ni tashkil qiladi. Qondagi maksimal kontsentratsiyasi – 30 ng/ml. Yarim chiqarilish davri – 3,7-5 soat.

Bronxial astma: bronxial astma xurujlari, shu jumladan og‘ir kechuvchi bronxial astma zo‘rayishlarini bartaraf etish;allergen ta’siri bilan bog‘liq yoki jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazm xurujlarini oldini olish;bronxial astmani uzoq vaqt samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda komponentlarning biri sifatida qo‘llash. Nafas yo‘llarining qaytuvchan obstruktsiyasi bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali bronxitda qo‘llanadi.

Faqat ingalyatsion yuborish uchun qo‘llanadi. Preparatning dozasini yoki qo‘llash tez-tezligini oshirish masalasini faqat shifokor xal qilishi mumkin. Preparatni sutkada 4 martadan ko‘proq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatning maksimal dozalarini tez-tez qo‘llashga yoki dozani to‘satdan oshirishga ehtiyoj kasallikni kechishini yomonlashishidan dalolat beradi.

Nojo‘ya samaralar tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga ajratilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda                (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000). Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, toshma, bronxospazm, arterial bosimni pasayishi, kollaps. Almashinuv jarayonlari tomonidan: kam hollarda – gipokaliyemiya, qonda glyukoza va erkin yog‘ kislotalari kontsentratsiyasini oshishi. Og‘ir gipokaliyemiya potentsial β2-agonistlar bilan davolash oqibati bo‘lishi mumkin. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; juda kam hollarda – giperfaollik, xavotirlik. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – taxikardiya; kam hollarda – yurak urishini tezlashishi; juda kam hollarda – aritmiya, shu jumladan yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya, ekstrasistoliya, arterial bosimni oshishi; kam hollarda – periferik qon tomirlarni kengayishi. Nafas tizimi tomonidan: juda kam hollarda – paradoksal bronxospazm, yo‘tal. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq shilliq qavatini ta’sirlanishi. Suyak mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – tirishishlar.

preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Agar anamnezda bemorda taxiaritmiya, miokardit, yurak nuqsonlari, aortal stenoz, yurak ishemik kasalligi, og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, tireotoksikoz, feoxromotsitoma, dekompensatsiyalangan qandli diabet, glaukoma, tutqanoq xurujlari, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, β-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish, laktatsiya davrida bo‘lsa ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchilarining ta’sirini, tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarda taxikardiyani kuchaytiradi, yurak glikozidlarini qabul qilish fonida ekstrasistoliya rivojlanishi ehtimolini oshiradi. Teofillin va boshqa ksantinlar bir vaqtda qo‘llanganida taxiaritmiyalarning; ingalyatsion anesteziya uchun vositalar, levodopa – og‘ir yurak qorinchalari aritmiyalarini rivojlanishi ehtimolini oshiradi. Monoaminooksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar salbutamolning ta’sirini kuchaytirib, arterial bosimni keskin pasayishiga olib kelishlari mumkin. Noselektiv beta-adrenoblokatorlar bilan nomutanosib (farmakologik antagonizm) (shuningdek beta-adrenoblokatorlarning ko‘z shakllarini qo‘llaganda ham e’tiborga olish kerak). M-xolinoblokatorlar bilan (shu jumladan ingalyatsion) bir vaqtda buyurish, ko‘z ichki bosimini oshishiga olib kelishi mumkin. Diuretiklar, ksantinlar va glyukokortikosteroidlar salbutamolning gipoglikemik ta’sirini kuchaytiradilar.

Salbutamolni tez-tez qo‘llash bronxospazmni kuchayishiga, to‘satdan o‘limga olib kelishi mumkin, shuning uchun preparatning navbatdagi dozalarini qabul qilishlar orasida bir necha soatga (6 soat) tanaffus qilish kerak. Bu intervallarni faqat istisno hollarida qisqartirish mumkin. Dozalangan aerozol qo‘llanilganda quyidagi yo‘riqnomalarga aniq rioya qilish zarur: har bir qo‘llashdan oldin aerozol saqlovchi ballonni chayqatish, nafas olish va preparatni tushishini bir vaqtda olib borish, maksimal chuqur, jadal va yetarli davomiylikda nafas olish, preparat ingalyatsiyasidan keyin nafasni 10 sekund tutib turish. Nafas olish to‘g‘ri bajarishda qiynaladigan patsiyentlar (shu jumladan kichik yoshdagi bolalar) ga preparat ingalyatsiyasini amalga oshirish uchun nafas xajmini oshiruvchi va asinxron nafas olishni moslashtiruvchi maxsus moslama (speyser) dan foydalanish tavsiya etiladi. Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llagandagi kabi ballon sovutilganda terapevtik samara pasayishi mumkin. Shuning uchun qo‘llashdan oldin preparat saqlovchi ballon hona xaroratigacha isitilishi kerak (bir necha minut davomida qo‘llar bilan isitish, boshqa usullarni qo‘llash mumkin emas!). Ballon ichidagisi bosim ostida bo‘ladi, shuning uchun ballonni qizdirish, qismlarga ajratish, teshish yoki yoqish mumkin emas, hatto ular bo‘sh bo‘lsa ham. Ingalyatsiyadan keyin og‘izda yoqimsiz hislar va tomoqda qirilish bo‘lganida og‘izni suv bilan chayish kerak. Bronxodilatatorlar bronxial astmani beqaror kechishi yoki og‘ir kechishida davolashning yagona yoki asosiy komponenti bo‘lmasligi kerak. Agar preparatning odatdagi dozasining ta’siri kamroq samarali yoki qisqa ta’sirli bo‘lsa (preparatning ta’siri kamida 3 soat saqlanishi kerak), patsiyent shifokorga murojaat etishi kerak. Bronxial astmani davolash uchun qisqa ta’sirli beta2-adrenoretseptorlarning ingalyatsion agonistlarini qo‘llashga ehtiyojni oshishi kasallikni zo‘rayishidan dalolat beradi. Bunday hollarda patsiyentni davolash rejasini takroran ko‘rib chiqish kerak. Astmani zo‘rayishida salbutamolning yuqori dozalarini qo‘llash “rikoshet” sindromini chaqirishi mumkin (har bir keyingi xuruj jadalroq bo‘ladi). Bo‘g‘ilishning og‘ir xurujida ingalyatsiyalar orasidagi tanaffus kamida 20 minut bo‘lishi kerak. Uzoq vaqt davolaganda, shuningdek preparatni to‘satdan bekor qilganda asoratlar xavfi oshadi. Salbutamolni uzoq vaqt qo‘llash bazis davolash uchun yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini qo‘lllash bilan amalga oshirilishi kerak. Bronxial astmani to‘satdan va avj oluvchi yomonlashishi patsiyentning xayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda glyukokortikosteroidlarni buyurish yoki dozasini oshirish masalasini darhol hal qilish kerak. Bunday patsiyentlarda nafas chiqarishning cho‘qqi tezligi monitoringini olib borish kerak. Tireotoksikozi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. β2-adrenoretseptorlar agonistlari bilan davolash gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Bronxial astmaning og‘ir xurujlarini davolaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday hollarda ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash oqibatida, shuningdek gipoksiya oqibatida gipokaliyemiya kuchayishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish kerak.

Homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Preparat emizish davrida ehtiyotkorlik bilan (salbutamol ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum) va ona uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun har qanday xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash mumkin.

300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Salbtamol dozasini oshirib yuborilishining simptomlari: juda tez-tez – gipokaliyemiya, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, mushak tremori, qusish; tez-tez emas – qo‘zg‘alish, giperglikemiya, gipoksemiya, laktoatsidoz, leykotsitoz, respirator alkaloz, bosh og‘rig‘i; kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, taxiaritmiya, yurak qorinchalari xilpillashi. Davolash: simptomatik (preparatni bekor qilish kerak), taxiaritmiyada kardioselektiv beta-adrenoblokatorlar yuboriladi (bronxospazm yuzaga kelishi xavfi tufayli).

Retsept bo‘yicha

Ingalyatsiyalar uchun dozalangan aerozol 100 mkg/doza. 7 g (200 doza) yoki 11 g (300 doza) dan dozalovchi klapan va himoya qalpoqchali purkovchi uchlik bilan alyumin aerozol ballonda. Har bir ballon purkovchi uchlik va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.