Safotsidretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: flukonazol – 150 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza – 153 mg, kaltsiy gidrofosfati – 14,5 mg, natriy kroskarmelloza – 5 mg, magniy stearati – 4 mg, kolloid kremniy dioksidi – 1 mg, punts bo‘yovchisi [Ponso 4R] [Ye 124] – 2,5 mg.

Preparatning savdo nomi:

Safotsid

Farmakalogik guruhi:

Majmuaviy mikroblarga qarshi vosita. ATX kodi: [J01RA]

Dori shakli:

tabletkalar to‘plami

Pushti rangli yassitsilindrik faskali va riskali tabletkalar. Sindirilganida tabletka pushti rangda.

Majmuaviy mikroblarga qarshi vosita. ATX kodi: [J01RA]

So‘rilishi – yuqori, biokiraolishligi – 90%. Bir vaqtda ovqat qabul qilish, qabul qilingan preparatning so‘rilishiga ta’sir qilmaydi. Ichga, och qoringa 150 mg qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti (TCmax) 0,5-1,5 soatni tashkil qiladi, vena ichiga xuddi o‘sha dozada yuborilganda plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) uning plazmadagi kontsentratsiyasini 90% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 11-12% ni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiyasi dozaga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kiradi. Faol moddaning ko‘krak suti, bo‘g‘im suyuqligi, so‘lak, balg‘am va peritoneal suyuqlikdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajasiga o‘xshash. Orqa miya suyuqligiga (OMS) yaxshi kiradi, zamburug‘li meningitda orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajasining 85% ni tashkil qiladi. Ter suyuqligida, epidermisda va shox pardada zardobdagidan yuqori bo‘lgan kontsentratsiyalarga erishiladi (selektiv to‘planadi). Taqsimlanish hajmi (Vd) organizmdagi suvning umumiy mikdoriga yaqinlashadi; flyukanazolning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Jigarda CYP2C9 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Asosan buyraklar orqali (80% – o‘zgarmagan holda, 11% – metabolitlari ko‘rinishida) chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proportsionaldir. Flukonazolning farmakokinetikasi buyrakning funktsional holatiga sezilarli bog‘liqdir, bunda T1/2  va KK orasida teskari o‘zaro bog‘liqlik mavjud. 3 soat davomidagi gemodializdan keyin flukonazolning plazmadagi kontsentratsiyasi 50% ga pasayadi.

Gonoreya, trixomoniaz, xlamidioz, bakterial vaginoz, zamburug‘li infektsiyalar kabi jinsiy yo‘l bilan yuquvchi siydik-jinsiy yo‘llarining aralash infektsiyalari, shuningdek ularga yo‘ldosh spetsifik va neospetsifik tsistitlar, uretritlar, vulvovaginitlar va tservitsitlarda qo‘llanadi.

Ichga. Bir vaqtda bir marta blister tarkibiga kiruvchi hamma 4 tabletka, ovqat qabul qilishni hisobga olib, qabul qilinadi (chunki azitromitsinni so‘rilishi ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida o‘zgaradi, uni yaxshisi, ovqatdan bir soat oldin yoki 2 soat keyin  qabul qilish kerak).

Preparatni o‘zlashtirilishi odatda juda yaxshi. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar, uyqusizlik, uyquchanlik, tremor. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, ta’mni o‘zgarishi, dispepsiya, qusish, og‘iz shilliq qavatini qurishi, jigar faoliyatini (sariqlik, giperbilirubinemiya, ishqoriy fosfataza kontsentratsiyasini oshishi, “jigar” fermentlarining faolligini oshishi, gepatit, gepatotsellyulyar nekroz), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi buzilishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layella sindromi), anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuzning shishi, eshakemi, terini qichishi). Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, neyropeniya, agranulotsitoz. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Q-T intervali davomiyligini oshishi, qorinchalarni xilpillashi/miltillashi, “piruet” (torsade de pointes) turidagi taxisistolik qorincha aritmiyasi. Boshqalar: buyraklar faoliyatini buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya, ko‘p terlash, mialgiya, asteniya, holsizlik, isitma.

Flukonazolga (shuningdek boshqa azol birikmalarga ham), azitromitsinga (shuningdek boshqa makrolidlarga ham), seknidazolga (shuningdek boshqa nitroimidazollarga ham); tabletka tarkibi to‘plamiga kiruvchi preparatlarning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Astemizol, eritromitsin, pimozid, xinidin, tsizaprid, ergotamin, digidroergotaminni bir vaqtda qo‘llash; yoki boshqa Q-T intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash. Markaziy nerv tizimining organik kasalliklari, og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, kreatinin klirensi minutiga 40 ml/min dan kam bo‘lganida, qon kasalliklari (shu jumladan anamnezdagi); homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda antatsidlar qabul qilinganida, azitromitsinni qabul qilishdan oldin 2 soatlik tanaffusga amal qilish kerak. Seknidazolni alkogol bilan birga qo‘llash tufayli, disulfiramsimon reaktsiya (qorinda spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga qonni oqib kelishi) rivojlanishi mumkin, davolanish davrida etanolni qabul qilishdan saqlanish kerak. Seknidazol treponemalarning immobilizatsiyasini chaqirishi mumkin, bu soxtamusbat Nelson testiga olib kelishi mumkin (och treponemalarning immobilizatsiya reaktsiyasi, RIBT).

Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Safotsid tabletkalari to‘plamining dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Doza oshirib yuborilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar to‘plami. 4 tabletkadan (bir tabletka flukonazol, bir tabletka azitromitsin, ikki tabletka seknidazol) polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda (blister). 1 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach keyin ishlatilmasin.