RЕMOL rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: paratsetamol – 250 mg, propifenazol, suvsiz, kofein – 30 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirolidon, kaliy sorbat, mikrokristall tsellyuloza, stearin kislotasi, talk, magniy stearati yoki kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

p.

Preparatning savdo nomi:

RЕMOL

Farmakalogik guruhi:

analgetik-antipiretiklar.

Dori shakli:

tabletkalar.

och sariq tusli, oqdan oqqacha bo‘lgan rangli, biroz “mramorlikka” yo‘l qo‘yiladigan tabletkalar. Bir tomoni faskali va riskasi bo‘lgan yassitsilindr shaklli tabletkalar.

analgetik-antipiretiklar.

N02BЕ51

Ichga, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 4 martagacha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.

Ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar (terini qizarishi, teri toshmasi, bronxospazm, rinoreya) arterial gipertenziya, uyqusizlik bo‘lishi mumkin.

Og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, o‘tkir gepatoporfiriyalar, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi (12 yoshgacha), alkogolizmda qo‘llash mumkin emas.

Paratsetamol xloramfenikolning chiqarilish vaqtini 5 marta oshiradi. Qayta qabul qilinganida paratsetamol bilvosita antikoagulyantlarning (dikumarin hosilalari) ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Paratsetamol va etanol bilan bir vaqtda qo‘llanganida gepatotoksik samaralarning rivojlanish xavfini oshiradi. Barbituratlar, rifampitsin, salitsilamidlar, tutqanoqqa qarshi dori vositalarini va boshqa mikrosomal oksidlanishning rag‘batlantiruvchilari jigar funktsiyasiga ta’sir qiluvchi paratsetamolning zaharli metabolitlarini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Metoklopramid paratsetamolning so‘rilishini tezlashtiradi. Kofein ergotaminning so‘rilishini tezlashtiradi.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida (zo‘rayish bosqichida) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolash fonida kofein saqlovchi mahsulotlarni (kofe, choy) haddan ziyod iste’mol qilish dozani oshirib yuborish belgilarini chaqirishi mumkin. Uzoq muddatli                  (1 haftadan ko‘p) davolashda periferik qon manzarasini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Isitma sindromini davolashda 3 kundan ortiq va og‘riq sindromida – 5 kundan ko‘p shifokor maslahatisiz qabul qilinmaydi. Sportchilarda doping nazorati natijalarini o‘zgartirishi mumkin. “O‘tkir qorin” da tashhis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin. Atipik bronxial astmasi, pollinozlari bo‘lgan bemorlarda, preparatga allergik reaktsiyalar rivojlanishini yuqori xavfi bor. Davolash vaqtida etanol iste’mol qilishdan (gepatotoksiklik rivojlanishini xavfi yuqori) voz kechish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, salqin joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari – qusish, qorinda og‘riq, teri qoplamalarining oqarishi, ko‘rishni buzilishi, tirishishlar, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, aritmiyalar, uyquchanlik, hushdan ketish, qonda qand miqdorini o‘zgarishi. Davolash: me’dani yuvish, adsorbentlarni buyurish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni yuborish (zaharlanishni birinchi 10 soatlarida vena ichiga yoki ichga atsetiltsistein).

Retseptsiz

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda №10.

3 yil.