Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
RUTAN
Farmakalogik guruhi:
Viruslarga qarshi vosita-interferon iduktori.
Dori shakli:
Tabletkalar
Och sariqdan sariq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Viruslarga qarshi vosita-interferon iduktori.
Polifenol birikmalar asosida yaratilgan Rutan preparati taninlar sinfiga mansubdir.
Taninlar odam organizmida tekshirishda qiyinchilik tug‘diruvchi bir qator matabolitlarga parchalanadi.
Taninlar metabolitlar ko‘rinishida faqat 3-6% gina axlatda va siydikda aniqlanadi.
Ellagotaninlarning asosiy qismi esa aniqlab bo‘lmaydigan metabolitlarga aylanadi.
Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarda gripp va boshqa o‘tkir virusli respirator kasalliklarni davolash hamda oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Profilaktik maqsadlarda preparatni infektsiya keng tarqalgan vaqtda, shu jumladan infektsiya bilan zararlangan odamlar bilan muloqot qilgandan keyin ham qo‘llash mumkin.
Gripp va O‘RVI ni davolash uchun ichga kattalar birinchi ikki sutka davomida 2 tabletkadan kuniga 3 marta, keyingi ikki kun davomida 1 tabletkadan 3 marta, beshinchi kuni 1 tabletkadan kuniga 2 marta ichga qabul qilinadi.
Davolash kursi davomiyligi – 5 kun.
Preparat allergik reaktsiya chaqirishi mumkin.
Klinik tadqiqotlar davomida Rutan preparatining ona sutiga o‘tishi o‘rganilmaganligi tufayli, emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.