Rozdey 10; 20retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg, 20 mg rozuvastatin kaltsiy; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kaltsiya gidrogen fosfati, makkajo‘xori kraxmali, krospovidon, suvsiz kremniy kolloid, butilgidroksianizol, pushti kolorezi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

rozuvastatin

Preparatning savdo nomi:

Rozdey 10; 20

Farmakalogik guruhi:

gipolipidemik vosita – GMP-KoA reduktaza ingibitori

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg, 20 mg dan

pushti rangli, dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq qobiq, bilan qoplangan va ikki tomoni tekis tabletka.

gipolipidemik vosita – GMP-KoA reduktaza ingibitori

S10AA07

So‘rilishi: qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga ichga muvofiq doza qabul qilinganidan keyin 5 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: rozuvastatin xolesterinning sintezini va PZLP-XS metabolizmining klirensini asosiy joyi bo‘lgan jigar tomonidan yutiladi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatin 90% plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi. Metabolizmi: cheklangan miqdori (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Rozuvastatin tsitoxrom R450 tizimining fermentlari tomonidan amalga oshiriladigan metabolizm uchun yetarli mos keladigan substrat emasdir. CYP2C9 metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment hisoblanadi, ayni paytda CYP2S19, CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari esa metabolizmga kamroq darajada jalb etilgan. Asosiy metaboliti – N-desmetil bo‘lib, u rozuvastatinga qaraganda 50% kamroq faollikka ega. Lakton metabolitlari farmakologik jihatdan faol emasdir. Aylanib yurgan GMK-KoA-reduktazani ingibitsiya qilish bo‘yicha farmakologik faollikning 90% dan ortig‘i rozuvastatin tomonidan, qolgan qismi – metabolitlari tomonidan ta’minlanadi. Chiqarilishi: rozuvastatinning qabul qilingan dozasini taxminan 90% organizmdan ichak orqali o‘zgarmagan holda (shu jumladan so‘rilgan va so‘rilmagan rozuvastatin) chiqariladi, qolgan qismi o‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 19 soatni tashkil qiladi, preparatning dozasi oshirilganida o‘zgarmaydi. O‘rtacha geometrik plazma klirensi soatiga taxminan 50 litr (variatsiya koeffitsiyenti 21,7%) ni tashkil qiladi. GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, rozuvastatinni “jigar” tomonidan qamrab olinishi jarayoniga, membrana orqali xolesterinni membrana tashuvchisi – organik anionlardan tashuvchi transport proteini – TPOA-XS jalb qilingan. Ushbu tashuvchi rozuvastatinni jigar tomonidan chiqarilishida katta rol o‘ynaydi. Proportsionalligi: rozuvastatinning tizimli ekspozitsiyasi dozaga proportsional oshadi. Preparat sutkada bir necha marta qabul qilinganida farmakokinetik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari aniqlanmaydi. Yosh va jins: jins va yosh rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Etnik guruhlar: farmakokinetikaning qiyosiy tadqiqotlari, osiyolik patsiyentlarda (yaponlar, xitoyliklar, filippinlar, vyetnamliklar va koreyslar) yevropoid irq vakillaridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan AUC (“kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon), TCmax (qon plazmasidagi preparatning maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini ikki marta oshishini ko‘rsatdi. Hindlarda AUC va Cmax o‘rtacha qiymatlarini taxminan 1,3 marta oshishi aniqlangan. Bunda barcha tekshirilgan populyatsiyalar uchun farmakokinetikaning ko‘rsatkichlarini tahlili yevropoid, negroid irq vakillari va lotin amerikaliklar orasida preparatning farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlarni aniqlamadi. Buyrak yetishmovchiligi: yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatin yoki N-desmetil metabolitining plazmadagi kontsentratsiyasi ahamiyatli o‘zgarmaydi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasi 3 marta yuqori, N-desmetil metabolitining kontsentratsiyasi esa, sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 9 marta yuqori. Gemodializdagi patsiyentlarning qon plazmasidagi rozuvastatinning kontsentratsiyasi sog‘lom ko‘ngillilarnikiga qaraganda taxminan 50% ga yuqori. Jigar yetishmovchiligi: Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ballik turli darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan. Biroq Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ballik 2 patsiyentda T1/2 Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha pastroq ko‘rsatkichlari bo‘lgan patsiyentlar uchun o‘xshash ko‘rsatkichdan taxminan 2 marta uzayishi aniqlangan. Rozuvastatinni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik patsiyentlarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

Birlamchi giperxolesterinemiya (IIa turi, nasliy giperxolesterinemiyaning geterozigot shaklidan tashqari) yoki aralash dislipidemiya (IIv turi) perxez davolashga qo‘shimcha sifatida, parxez davolashga va boshqa medikamentoz bo‘lmagan chora-tadbirlar (masalan, jismoniy yuklama va tana vaznini kamayishi) samarasizligida.Oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parhez bilan davolash va lipidlarni kamaytirishga qaratilgan boshqa davolash turlari (masalan, PZLP aferezi) ga qo‘shimcha sifatida yoki bunday dovolash samarasiz bo‘lganida qo‘llanadi.

Davolashni boshlashdan oldin patsiyent xolesterinning past miqdori bo‘lgan mahsulotlarni qo‘llash bilan bog‘liq standart parhezga amal qilishi va u butun davolash davri davomida davom ettirilishi kerak. Preparatning dozasi, o‘tkazilayotgan davolashning maqsadiga va o‘tkazilayotgan davolashga patsiyentning terapevtik javobiga muvofiq va lipidlarning maqsadli darajalari bo‘yicha zamonaviy umumiy qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib, shaxsiy tanlanadi. Ichga, sutkaning istalgan vaqtida, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, chaynamasdan va maydalamasdan, butunligicha suv bilan birga yutiladi. Preparatning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi ilgari statinlarni qabul qilmagan patsiyentlar uchun ham, GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolashdan keyin ushbu preparatni qabul qilishga o‘tkazilgan patsiyentlar uchun ham sutkada bir marta 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi. Preparatning boshlang‘ich dozasini tanlashda, har bir konkret patsiyentda xolesterin darajasini, shuningdek yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanish xavfini va nojo‘ya ta’sirlarni paydo bo‘lishining potentsial xavfini hisobga olish kerak. Zarurati bo‘lganida 4 haftadan keyin dozani o‘zgartirishni o‘tkazish mumkin. Pastroq dozalarga nisbatan, 40 mg doza qabul qilinganida nojo‘ya ta’sirlarini rivojlanishi tufayli (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang), maksimal 40 mg li dozagacha yakuniy titrlashni, 20 mg ni qabul qilganda xolesterinning maqsadli darajasiga erishilmagan va shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lgan, giperxolesteremiyaning og‘ir shakllari bo‘lgan va yurak-qon tomir asoratlarini paydo bo‘lishini yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda (ayniqsa nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda) o‘tkazish kerak. 40 mg doza buyurilganida shifokorning sinchkov kuzatuvi tavsiya qilinadi. 40 mg dozani ilgari shifokorga murojaat qilmagan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi!

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: rozuvastatin qabul qilinganida asosan naychalar geneziga ega proteinuriya aniqlangan. Siydikda oqsil miqdorini o‘zgarishlari (yo‘qligi yoki juda oz bo‘lishidan ++ yoki ortiqroq bo‘lishi) 10 va 20 mg rozuvastatin qabul qilgan 1% dan kam patsiyentlarda va preparatni 40 mg dozada qabul qilgan 3% patsiyentlarda kuzatilgan. Siydikdagi oqsilning miqdorini yo‘qligi va izlaridan ++ gacha o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladigan o‘zgarishi, preparat 20 mg dozada qabul qilinganda kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda proteinuriya kamaygan yoki davolash jarayonida mustaqil o‘tib ketgan. Klinik tekshirishlarning ma’lumotlari tahlil qilinganida, proteinuriya va buyrak kasalliklarining o‘tkir yoki avj oluvchi kechishi orasida sababli bog‘liqlik aniqlanmadi. Rozuvastatin bilan davolash kursini o‘tgan qator patsiyentlarda gematuriya kuzatilgan, lekin klinik tadqiqotlarning ma’lumotlari bunday holatlarning paydo bo‘lish tez-tezligi juda pastligini ko‘rsatdi. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mialgiya, miopatiyani (shu jumladan miozitni) chaqiruvchi skelet mushaklarga ta’siri va kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi bilan yoki usiz rabdomioliz rozuvastatinning har qanday dozasini, ayniqsa 20 mg dan ortiq dozani qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan. Kreatinfosfokinaza (KFK) miqdorini qabul qilayotgan dozaga qarab oshishi, rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarda aniqlangan, lekin ko‘pchilik hollarda bu ko‘rinishlar ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtinchalik bo‘lgan. Agar KFK miqdori normaning yuqori chegarasidan 5 marta ortiq bo‘lsa, unda davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarida bo‘lgani kabi, “jigar” transaminazalarining faolligini qabul qilinayotgan dozaga bog‘liq oshishi, rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarning katta bo‘lmagan guruhida kuzatilgan. Bunda ko‘pchilik hollarda bu oshishi o‘rtacha ifodalangan, simptomsiz yoki o‘tkinchi bo‘lgan.

rozuvastatinga yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan qon zardobida “jigar” transaminazalarning faolligini barqaror oshishi, shuningdek qon zardobida transaminazalarning faolligini normaning yuqori chegarasi (NYUCh) ga nisbatan kamida 3 marta har qanday oshishi;buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (KK minutiga 30 ml dan kam);miopatiya;tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish;miotoksik asoratlarni rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda;homiladorlik va laktatsiya davri;ishonchli kontratseptsiya usullarini qo‘llamayotgan, tug‘ruq yoshidagi ayollarda;18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda;laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasida qo‘llash mumkin emas.

Tsiklosporin: rozuvastatin va tsiklosporin bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC ko‘rsatkichi, sog‘lom ko‘ngillilardan olingan qiymatlarga nisbatan 7 marta oshgan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Birga qo‘llanishi qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasini 11 marta oshishiga olib keladi. Preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida qon plazmasida tsiklosporinning kontsentratsiyasini o‘zgarishi aniqlanmagan. K vitaminining antagonistlari: GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, bir vaqtda K vitaminining antagonistlarini (masalan, varfarin yoki boshqa kumarin antikoagulyantlari) qabul qilayotgan patsiyentlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlanishi yoki preparatning dozasini oshirilishi, xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinning dozasini bekor qilish yoki pasaytirish XNNni kamayishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda XNN ning monitoringini o‘tkazish kerak. Ezetimib: rozuvastatin va ezetimib bir vaqtda qabul qilinganida ikkala preparatning AUC yoki Cmax ni o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Biroq rozuvastatin va ezetimibning noxush holatlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan farmakodinamik o‘zaro ta’sirini inkor qilish mumkin emas. Gemfibrozil va lipidlar darajasini kamaytiruvchi boshqa vositalar: rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning Smax va AUC 2 marta oshishiga olib keladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang). Spetsifik o‘zaro ta’sirlarning tekshirishlarini ma’lumotlari asosida fenofibratlar bilan tegishli farmakokinetik o‘zaro ta’siri kutilmaydi, biroq farmakodinamik o‘zaro ta’siri bo‘lishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va nikotin kislotasi lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g yoki undan ortiq) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ular monoterapiya sifatida qabul qilinganida miopatiyani chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiyani paydo bo‘lish xavfini oshirishgan. 40 mg rozuvastatinni va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limlariga qarang). Preparat gemfibrozil va boshqa lipidlarni pasaytiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida  Rozuvastatinning boshlang‘ich dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak. Proteaza ingibitorlari: garchi o‘zaro ta’sirning aniq mexanizmi ma’lum bo‘lmasada, rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Farmakokinetik tadqiqotda 20 mg rozuvastatin va proteazaning ikki ingibitori (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) saqlovchi majmuaviy preparat sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC(0-24) 2 marta va Cmax 5 marta muvofiq oshishi aniqlangan. Shuning uchun OITV bo‘lgan patsiyentlarni davolashda rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi. Antatsidlar: rozuvastatinni alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antatsid suspenziyalar bilan bir vaqtda buyurish, rozuvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini taxminan 50% ga pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu ta’sir, antatsidlar rozuvastatinni qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng qo‘llansa kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan. Eritromitsin: rozuvastatin va eritromitsinni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning AUQ(0-t) ni 20% ga va Smax ni 30% pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zaro bog‘liqlik eritromitsinni qabul qilish bilan bog‘liq ichak motorikasini kuchayishi bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkin. Peroral kontratseptivlar/gormon o‘rinbosar davolash: rozuvastatin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qabul qilish, etinilestradiol va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi kontsentratsiyalarni bunday oshishini peroral kontratseptivlarning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Rozuvastatin va gormon o‘rinbosar davolash preparatlarini bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu majmua ishlatilganida o‘xshash ta’sirni inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, preparatlarning bunday majmuasi ayollar tomonidan klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida yetarli darajada keng ishlatilgan va o‘zlashtirilgan. Boshqa dori vositalari: rozuvastatin va digoksin bir vaqtda qabul qilinganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri kutilmaydi. Tsitoxrom R450 izofermentlari: o‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi tadqiqotlarning natijalari, rozuvastatin tsitoxrom R450 izofermentlarining ta’sirini ingibitori ham, induktori ham emasligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun ancha kuchsiz substratdir. Rozuvastatin va flukonazol (CYP2S9 va CYP3A4 ingibitori) yoki ketonazol (CYP2A6 va CYP3A4 ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir kuzatilmagan. Intrakonazol (CYP3A4 ingibitori) va rozuvastatinni birga qo‘llanishi, rozuvastatinning AUC ni 28% ga (klinik ahamiyatsiz) oshiradi. Shuning uchun tsitoxrom R450 bilan bog‘liq metabolizmi natijasida dori vositalarning qandaydir o‘zaro ta’siri kutilmaydi.

Asosan kelib chiqishi naychalar sekretsiyasi bo‘lgan proteinuriya, patsiyentlarda  Rozuvastatinning yuqori dozalarini, ayniqsa 40 mg  qabul qilinganida aniqlangan, lekin ko‘pchilik hollarda u vaqti-vaqti bilan yoki vaqtinchalik bo‘lgan. Bunday proteinuriya buyrakning o‘tkir kasalligini paydo bo‘lishi yoki mavjud kasalligini zo‘rayishini bildirmaydi. Buyrak faoliyatini jiddiy buzilishlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi.  Rozuvastatin preparati bilan davolash vaqtida buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Rozuvastatinni barcha dozalarda, ayniqsa preparat 20 mg dan ortiq dozada qo‘llanganida mialgiya, miopatiya va kam hollarda rabdomioliz aniqlangan. Juda kam hollarda rabdomioliz ezetimib va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganida yuz bergan. Bunday hollarda preparatlarning farmakologik o‘zaro ta’sirini inkor etish mumkin emas, shuning uchun  Rozuvastatin va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak («Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Rabdomioliz holatlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi. KFK faolligini aniqlashni, KFK miqdorini oshishini chaqiruvchi jadal jismoniy yuklamalardan keyin o‘tkazish mumkin emas, chunki bu natijalarni tahlil qilishni qiyinlashtirishi mumkin. KFK ko‘rsatkichi davolash boshlangunicha normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo‘lsa, 5-7 kundan keyin takroriy tekshirishni o‘tkazish kerak. Agar takroriy tekshirish KFKning dastlabki ko‘rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa,  Rozuvastatin bilan davolash mumkin emas. Rozuvastatinni GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi miopatiya/rabdomioliz xavf omillariga ega patsiyentlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: buyrak yetishmovchiligi;gipotireoz (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);mushak kasalliklarini shaxsiy yoki oilaviy anamnezi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida anamnezda miotoksiklikni borligi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);alkogolni suiiste’mol qilish (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);70 yoshdan oshgan bemorlar;qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini oshishi bilan kechuvchi holatlar (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang) (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang.);fibratlarni bir vaqtda qabul qilish (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar” bo‘limiga qarang.); Bunday patsiyentlarda davolashning xavfi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydaning nisbatini baholash va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak.

Rozuvastatinni homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Tug‘ruq yoshidagi ayollar ishonchli va adekvat kontratseptsiya vositalarini qo‘llashlari kerak. Xolesterin va xolesterin biosintezining boshqa mahsulotlarini homilani rivojlanishida katta ahamiyatga egaligi tufayli, GMG-KoA reduktazani ingibirlanishining potentsial xavfi, uni homiladorlikda ishlatilishidan kutiladigan foydadan ustun turadi. Homiladorlik boshlangan hollarda, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Rozuvastatinni ona ko‘krak suti bilan chiqarilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparatni laktatsiya davrida buyurishning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

Rozuvastatinni transport vositalarini haydash va mexanik vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siriga oid tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq, preparatning farmakodinamik xususiyatlari asosida, Rozuvastatinni bu qobiliyatlarga ta’sir qilmasligini taxmin qilish mumkin. Shu bilan birga transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarishda davolash vaqtida bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Doza oshirib yuborilganida maxsus davolash yo‘q. Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash va tutib turuvchi tadbirlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Jigar faoliyatini va KFK darajasini nazorat qilish kerak. bunday holda gemodializ, ehtimol, kam samarali.

Retsept bo‘yicha

10 tabletka blisterda. 3 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

2 yil.