Rozartretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: 5,00 mg rozuvastatin (5,21 mg rozuvastatin kaltsiy ko‘rinishida); yordamchi moddalar: 11,55 mg mikrokristall tsellyuloza, 102 tipi, 3,5 mg krospovidon, A tipi, 17,15 mg kaltsiy gidrofosfat digidrati, 31,71 mg laktoza monogidrati, 0,88 mg magniy stearati; plyonka qobiq: oq opadray II 33G28435 ≈ 2,1 mg (0,84 mg gipromelloza-2910, 0,525 mg titan dioksidi, 0,441 mg laktoza monogidrati, 0,168 mg makrogol-3350, 0,126 mg triatsetin).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

rozuvastatin

Preparatning savdo nomi:

Rozart

Farmakalogik guruhi:

gipolipidemik vosita – GMGP-KoA reduktaza ingibitori.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

gipolipidemik vosita – GMGP-KoA reduktaza ingibitori.

S10AA07.

So‘rilishi: qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga ichishga muvofiq doza qabul qilinganidan keyin 5 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: rozuvastatin xolesterinning sintezini va PZLP-XS metabolizmining klirensini asosiy joyi bo‘lgan jigar tomonidan yutiladi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatinnin 90% plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi. Metabolizmi: cheklangan miqdori (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Rozuvastatin tsitoxrom R450 tizimining fermentlari tomonidan amalga oshirladigan metabolizmi uchun yetarli mos keladigan substrat emasdir. CYP2C9 metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment hisoblanadi, ayni paytda CYP2S19, CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari esa metabolizmga kamroq darajada jalb etilgan. Asosiy metaboliti – N-desmetil bo‘lib, u rozuvastatinga qaraganda 50% kamroq faollikka ega. Lakton metabolitlari farmakologik jihatdan nofaoldirlar. Aylanib yurgan GMG-KoA-reduktazani ingibirlash bo‘yicha farmakologik faollikning 90% dan ortig‘i rozuvastatin tomonidan, qolgan qismi – metabolitlari tomonidan ta’minlanadi. Chiqarilishi: rozuvastatinning qabul qilingan dozasini taxminan 90% organizmdan ichak orqali o‘zgarmagan holda (shu jumladan adsorbtsiyalangan va adsorbtsiyalanmagan rozuvastatin) chiqariladi, qolgan qismi o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2) 19 soatni tashkil qiladi, preparatning dozasi oshirilganida o‘zgarmaydi. O‘rtacha geometrik plazma klirensi soatiga taxminan 50 litr (variatsiya koeffitsiyenti 21,7%) ni tashkil qiladi. GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, rozuvastatinni “jigar” tomonidan qamrab olinishi jarayoniga, membrana orqali xolesterinni membrana tashuvchisi – organik anionlardan tashuvchi transport proteini – TPOA-XS jalb qilingan. Ushbu tashuvchi rozuvastatinni jigar tomonidan chiqarilishida katta rol o‘ynaydi. Yosh va jins: jins va yosh rozuvastatinning farmakokinetik parametrlariga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Buyrak yetishmovchiligi: yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatin yoki N-desmetil metabolitining plazmadagi kontsentratsiyasi ahamiyatli o‘zgarmaydi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasi 3 marta yuqori, N-desmetil metabolitining kontsentratsiyasi esa, sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 9 marta yuqori. Gemodializdagi patsiyentlarning qon plazmasidagi rozuvastatinning kontsentratsiyasi sog‘lom ko‘ngillilarnikiga qaraganda taxminan 50% ga yuqori. Jigar yetishmovchiligi: Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ballik turli darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan. Biroq Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ballik 2 patsiyentda T1/2 Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha pastroq ko‘rsatkichlari bo‘lgan patsiyentlar uchun o‘xshash ko‘rsatkichdan taxminan 2 marta uzayishi aniqlangan. Rozuvastatinni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik patsiyentlarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

Birlamchi giperxolesterinemiya (IIa turi Fredrikson bo‘yicha, nasliy giperxolesterinemiyaning geterozigot shaklidan tashqari) yoki aralash dislipidemiya (IIb turi) diyetaterapiyaga qo‘shimcha sifatida, diyetaterapiya va boshqa nomedikamentoz chora-tadbirlar (masalan, jismoniy yuklama va tana vaznini kasayishi) samarasiz bo‘lganida;Oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parhez bilan davolash va lipidlarni kamaytirishga qaratilgan boshqa davolash turlari (masalan, YUXLP aferezi) ga qo‘shimcha sifatida yoki bunday davolash samarasiz bo‘lganida qo‘llanadi.Gipertriglitseridemiya (Fredrikson bo‘yicha IV tipi) parxezga qo‘shimcha sifatida.Umumiy xolesterinni va xolesterin YUXLP kontsentratsiyasini pasaytirish uchun terapiya buyurilgan patsiyentlarda aterosklerozni zo‘rayishini sekinlashtirish uchun parxezga qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi. Asosiy yurak-qon tomir asoratlarini profilaktikasi (insult, infarkt, arterial revaskulyarizatsiya) yurak ishemik kasalliklari (YUIK) klinik belgilarisiz bo‘lgan katta patsiyentlarda, ammo uning rivojlanish xavfi oshishi bilan (yoshi 50 yoshdan oshgan erkaklar uchun va 60 yoshdan oshgan ayollar uchun, S-reaktiv oqsilni (≥ 2 mg/l) mavjudligini yuqori kontsentratsiyasini, minimum qo‘shimcha xavf omilidan, arterial gipertenziya kabi, YUXLP – xolesterinni past kontsentratsiyasi, chekish, YUIK erta boshlanish oilaviy anamnezi)

Davolashni boshlashdan oldin patsiyent xolesterinning past miqdori bo‘lgan mahsulotlarni qo‘llash bilan bog‘liq standart parhezga amal qilishi va u butun davolash davri davomida davom ettirilishi kerak. Preparatning dozasi, o‘tkazilayotgan davolashning maqsadiga va o‘tkazilayotgan davolashga patsiyentning terapevtik javobiga muvofiq va lipidlarning maqsadli darajalari bo‘yicha zamonaviy umumiy qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib, shaxsiy tanlanadi. Ichga, sutkaning istalgan vaqtida, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, chaynamasdan va maydalamasdan, butunligicha suv bilan birga yutiladi. Preparatning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi ilgari statinlarni qabul qilmagan patsiyentlar uchun ham, GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolashdan keyin ushbu preparatni qabul qilishga o‘tkazilgan patsiyentlar uchun ham sutkada bir marta 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi. Preparatning boshlang‘ich dozasini tanlashda, har bir konkret patsiyentda xolesterin darajasini, shuningdek yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanish xavfini va nojo‘ya ta’sirlarni paydo bo‘lishining potentsial xavfini hisobga olish kerak. Zarurati bo‘lganida 4 haftadan keyin dozani o‘zgartirishni o‘tkazish mumkin. Pastroq dozalarga nisbatan, 40 mg doza qabul qilinganida nojo‘ya ta’sirlarini rivojlanishi tufayli (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang), maksimal 40 mg li dozagacha yakuniy titrlashni, 20 mg ni qabul qilganda xolesterinning maqsadli darajasiga erishilmagan va shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lgan, giperxolesteremiyaning og‘ir shakllari bo‘lgan va yurak-qon tomir asoratlarini paydo bo‘lishini yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda (ayniqsa nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda) o‘tkazish kerak. 40 mg doza buyurilganida shifokorning sinchkov kuzatuvi tavsiya qilinadi. 40 mg dozani ilgari shifokorga murojaat qilmagan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi! Keksa patsiyentlar 70 yoshdan oshgan patsiyentlar uchun preparatning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Yoshga qarab dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <60 ml/min) bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Rozart® ning har qanday dozalarini og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatni 40 mg dozada buyurish mumkin emas. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ballik patsiyentlarda rozuvastatinning tizimli kontsentratsiyasini oshishi aniqlanmagan. Biroq preparatning tizimli kontsentratsiyasini oshishi Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ballik patsiyentlarda kuzatilgan. Bunday patsiyentlarda davolash fonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik patsiyentlar tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Faol fazadagi jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda Rozart® ni qo‘llash mumkin emas. Etnik guruhlar Osiyo irqiga mansub patsiyentlarda rozuvastatinning tizimli kontsentratsiyasi oshishi mumkin. 10 va 20 mg dozalar buyurilganida osiyo irqiga mansub patsiyentlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday patsiyentlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Miopatiyaga moyil patsiyentlar 10 va 20 mg dozalar buyurilganida miopatiyaga moyil patsiyentlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday patsiyentlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligi quyidagicha taqsimlanadi: juda tez-tez – 1/10 dan ko‘p,tez-tez – 1/100 dan ko‘p 1/10 gacha kam,tez –tez emas 1/1000 dan ko‘p 1/100 gacha kam,kam – 1/10000 dan ko‘p 1/1000 gacha kam.juda kam – 1/10000 gacha kam, shu jumladan alohida ma’lumotlar. Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, astenik sindrom, kam – depressiya, xavotirlik, uyqusizlik, parasteziyalar; juda kam – periferik neyropatiya, xotirani pasayishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qabziyat, qorinda og‘riq,; tez-tez emas – qusish, diareya, meteorizm; kam – pankreatit; juda kam – gepatit, sariqlik. Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – faringit; tez-tez emas – rinit, sinusit, bronxial astma, bronxit, yo‘tal, dispnoe, pnevmoniya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – stenokardiya, arterial bosimni oshishi, yurak urishi, vazodilatatsiya. Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – qandli diabet 1. (Rozuvastatin guruhida umumiy tez-tezligi 2,8% va platsebo guruhida och qoringa 5,6–6,9 mmol/l glyukoza bilan 2,3% patsiyentlarda JUPITER tekshiruvlarda ma’lum bo‘lgan). Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez – mialgiya; kam – artralgiya, miopatiya (shu jumladan miozitlar), rabdomioliz, orqada og‘riq, mushak gipertonusi, oyoq-qo‘llarni patologik sinishi; juda kam – immun nekrotizirlangan miopatiya. Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – terida qichishish, toshma, eshakemi; kam – angionevrotik shish. Teri va teri osti kletchatkasi: tez-tezligi noma’lum – Stivens-Djonson sindromi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: proteinuriya (asosan 40 mg doza oluvchi patsiyentlarda), siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, buyrak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan va davolash jarayonida kamayadigan; tez-tez emas – periferik shish, qorinni pastki qismida og‘riq; juda kam – gematuriya. Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez emas – zardobdagi kreatinfosfokinazani (KFK) faolligini dozaga bog‘liq o‘tuvchan oshishi, me’yorning yuqori chegarasi bilan solishtirganda oshishi, 5 martadan ko‘p bo‘lganda davolashni vaqtincha to‘xtatish kerak; kam – aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza faolligini tranzitor oshishi. Boshqalar: tez-tez – belda og‘riq, rinofaringit, kam – potentsiyani pasayishi. GMG-KoA-reduktaza boshqa ingibitorlarini qo‘llangandagi kabi paydo bo‘lish tez-tezligi dozaga bog‘liq xarakterga ega bo‘lib nojo‘ya samaralar odatda ahamiyatsiz ifodalangan va ulardan mustaqil o‘tib ketadi.

rozuvastatinga yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan qon zardobida “jigar” transaminazalarning faolligini barqaror oshishi, shuningdek qon zardobida transaminazalarning faolligini normaning yuqori chegarasi (NYUCh) ga nisbatan kamida 3 marta har qanday oshishi;buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari (KK minutiga 30 ml dan kam);miopatiya;tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish;homiladorlik va laktatsiya davri;ishonchli kontratseptsiya usullarini qo‘llamayotgan, tug‘ruq yoshidagi ayollarda;18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi.

Tsiklosporin: rozuvastatin va tsiklosporin bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC ko‘rsatkichi, sog‘lom ko‘ngillilardan olingan qiymatlarga nisbatan 7 marta oshgan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Birga qo‘llanishi qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasini 11 marta oshishiga olib keladi. Preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida qon plazmasida tsiklosporinning kontsentratsiyasini o‘zgarishi aniqlanmagan. K vitaminining antagonistlari: GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, bir vaqtda K vitamini antagonistlarini (masalan, varfarin yoki boshqa kumarin antikoagulyantlari) olayotgan patsiyentlarda rozuvastatin bilan davolashning boshlanishi yoki preparatning dozasini oshirilishi, xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinning dozasini bekor qilish yoki pasaytirish XNNni kamayishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda XNN ning monitoringini o‘tkazish kerak. Ezetimib: rozuvastatin va ezetimib bir vaqtda qabul qilinganida ikkala preparatning AUC yoki Cmax ni o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Biroq rozuvastatin va ezetimibning noxush holatlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan farmakodinamik o‘zaro ta’sirini inkor qilish mumkin emas. Gemfibrozil va lipidlar darajasini kamaytiruvchi boshqa vositalar: rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning Smax va AUC 2 marta oshishiga olib keladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang). Spetsifik o‘zaro ta’sirlarning tekshirishlarini ma’lumotlari asosida fenofibratlar bilan tegishli farmakokinetik o‘zaro ta’siri kutilmaydi, biroq farmakodinamik o‘zaro ta’siri bo‘lishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va nikotin kislotasi lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g yoki undan ortiq) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ular monoterapiya sifatida qabul qilinganida miopatiyani chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiyani paydo bo‘lish xavfini oshirishgan. 40 mg rozuvastatinni va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limlariga qarang). Preparat gemfibrozil va boshqa lipidlarni pasaytiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida Rozart® ning boshlang‘ich dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak. Proteaza ingibitorlari: garchi o‘zaro ta’sirning aniq mexanizmi ma’lum bo‘lmasada, rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning yarimchiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Farmakokinetik tekshirishda 20 mg rozuvastatin va proteazaning ikki ingibitori (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) saqlovchi majmuaviy preparat sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC(0-24) 2 marta va Cmax 5 marta muvofiq oshishi aniqlangan. Shuning uchun OITV bo‘lgan patsiyentlarni davolashda rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi. Antatsidlar: rozuvastatinni alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antatsid suspenziyalar bilan bir vaqtda buyurish, rozuvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini taxminan 50% ga pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu ta’sir, antatsidlar rozuvastatinni qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng qo‘llansa kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan. Eritromitsin: rozuvastatin va eritromitsinni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning AUQ(0-t) ni 20% ga va Smax ni 30% pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zaro bog‘liqlik eritromitsinni qabul qilish bilan bog‘liq ichakning motorikasini kuchayishi bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkin. Peroral kontratseptivlar/gormono‘rinbosar davolash: rozuvastatin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qabul qilish, etinilestradiol va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi kontsentratsiyalarni bunday oshishini peroral kontratseptivlarning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Rozuvastatin va gormono‘rinbosar davolash preparatlarini bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu majmua ishlatilganida o‘xshash ta’sirni inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, preparatlarning bunday majmuasi ayollar tomonidan klinik tekshirishlarni o‘tkazish vaqtida yetarli darajada keng ishlatilgan va o‘zlashtirilgan. Boshqa dori vositalari: rozuvastatin va digoksin bir vaqtda qabul qilinganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri kutilmaydi. Tsitoxrom R450 izofermentlari: o‘tkazilgan In vitro va in vivo tekshirishlarning natijalari, rozuvastatin tsitoxrom R450 izofermentlarining ta’sirini ingibitori ham, induktori ham emasligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun ancha kuchsiz substratdir. Rozuvastatin va flyukonazol (CYP2S9 va CYP3A4 ingibitori) yoki ketonazol (CYP2A6 va CYP3A4 ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir kuzatilmagan. Intrakonazol (CYP3A4 ingibitori) va rozuvastatinni birga qo‘llanishi, rozuvastatinning AUC ni 28% ga (klinik ahamiyatsiz) oshiradi. Shuning uchun tsitoxrom R450 bilan bog‘liq metabolizmi natijasida dori vositalarning qandaydir o‘zaro ta’siri kutilmaydi.

Asosan naychalardan kelib chiqishiga ega proteinuriya, patsiyentlarda Rozart® ning yuqori dozalarini, ayniqsa 40 mg qabul qilinganida aniqlangan, lekin ko‘pchilik hollarda u vaqti-vaqti bilan yoki vaqtinchalik bo‘lgan. Bunday proteinuriya buyrakning o‘tkir kasalligini paydo bo‘lishi yoki mavjud kasalligini zo‘rayishini bildirmaydi. Buyraklar faoliyatining jiddiy buzilishlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi. Rozart® preparati bilan davolash vaqtida buyraklar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Rozart®ni barcha dozalarda, ayniqsa preparat 20 mg dan ortiq dozada qo‘llanganida mialgiya, miopatiya va kam hollarda rabdomioliz aniqlangan. Juda kam rabdomioliz hollarda ezetimib va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganida yuz bergan. Bunday hollarda preparatlarning farmakologik o‘zaro ta’sirini inkor etish mumkin emas, shuning uchun Rozart® va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak («Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Rabdomioliz holatlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi. KFK faolligini aniqlashni, KFK miqdorini oshishini chaqiruvchi jadal jismoniy yuklamalardan keyin o‘tkazish mumkin emas, chunki bu natijalarni tahlil qilishni qiyinlashtirishi mumkin. KFK ko‘rsatkichi davolash boshlangunicha normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo‘lsa, 5-7 kundan keyin takroriy tekshirishni o‘tkazish kerak. Agarda takroriy tekshirish KFKning dastlabki ko‘rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa, Rozart® bilan davolash mumkin emas. Rozart®ni GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi miopatiya/rabdomioliz xavf omillariga ega patsiyentlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: buyrak yetishmovchiligi;gipotireoz (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);mushak kasalliklarini shaxsiy yoki oilaviy anamnezi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida anamnezda miotoksiklikni borligi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);alkogolni suiiste’mol qilish (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);70 yoshdan oshgan bemorlar;qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini oshishi bilan kechuvchi holatlar (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang) (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);fibratlarni bir vaqtda qabul qilish (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Bunday patsiyentlarda davolashning xavfi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydaning nisbatini baholash va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak.

Doza oshirib yuborilganida maxsus davolash yo‘q. Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash va tutib turuvchi tadbirlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Jigar faoliyatini va KFK darajasini nazorat qilish kerak. bunday holda gemodializ, ehtimol, kam samarali.

Retsept bo‘yicha

7, 10 yoki 14 tabletkadan PVX/PVDX/Alyumin folgali yoki Alyumin folga/Alyumin folgali stripda. 4 blister yoki strip 7 tabletkadan, 3 yoki 9 blister yoki strip 10 tabletkadan va 2 yoki 6 blister yoki strip 14 tabletkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

24 oy.