Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, ichak sanchig‘i, ishtahani pasayishi, anoreksiya, ta’m sezish hissini buzilishi, og‘izda metal ta’mi, og‘iz qurishi, glossit, stomatit; juda kam hollarda – jigarning normal funktsional testlarini siljishi, xolestatik gepatit, sariqlik, pankreatit.
Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: davomli qo‘llanganda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, periferik nevropatiya, kuchli qo‘zg‘aluvchanlik, jizzakilik, holsizlik; alohida hollarda – ongini chalkashuvi, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar; juda kam hollarda – entsefalopatiya kuzatiladi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, tsistit, poliuriya, siydikni tutib turolmaslik, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi.
Jinsiy tizimi tomonidan: qinning zamburug‘li florasini haddan ziyod rivojlanishi (shu jumladan qin kandidozi), qinda og‘riq bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, burun bitishi, isitma.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mialgiyalar, artralgiyalar.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya; kam hollarda – agranulotsitoz, neytropeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya.
Boshqalar: EKG dan T tishini kichrayishi; juda kam hollarda – ototoksiklik; yiringli toshmalar bo‘lishi mumkin.