Rotaritmilretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: amiodaron gidroxloridi – 200 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, povidon (K90), magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, jelatinlangan kraxmal.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amiodaron gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Rotaritmil

Farmakalogik guruhi:

Antiaritmik preparatlar

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli, dumaloq shaklli, bo‘lish riskali tabletkalar.

Antiaritmik preparatlar

S01BD01

Preparatning farmakokinetikasi ahamiyatli darajadagi shaxsiy o‘zgarishlar bilan farqlanadi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng amiodaron sekin so‘riladi. Bir marta qabul qilinganidan so‘ng qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga 3-7 soatdan keyin erishiladi. Biroq terapevtik ta’siri odatda preparat qabul qilish boshlanganidan keyin bir necha hafta o‘tgach (bir necha kundan ikki haftagacha) rivojlanadi. Amiodaron katta individual variabellik bilan kechuvchi uzoq yarim chiqarilish davriga ega (shuning uchun doza tanlanganida, masalan, u oshirilganida yoki kamaytirilganida, amiodaronning plazmadagi yangi kontsentratsiyasini barqarorlashtirish uchun kamida 1 oy kerak bo‘lishini yodda tutish kerak). Farmakokinetikasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, terapevtik samaraga erishish uchun to‘qimalarda preparatni to‘planishiga erishish maqsadida, boshlang‘ich to‘yintiruvchi dozani qo‘llash talab qilinadi. Kumulyativ samarasining borligi davolash tugaganidan so‘ng 10-45 kun davomida ta’sir davomiyligini ta’minlaydi. Amiadaronning har bir dozasi (200 mg) 75 mg yod saqlaydi. Amiadoron uzoq muddat qabul qilinganida yodning kontsentratsiyasi amiadoronning kontsentratsiyasiga nisbatan 60-80% ga yetishi mumkin.

Yurak ritmini buzilishlari, shu jumladan boshqa antiaritmik vositalarga chidamli bo‘lgan aritmiyalarni davolash va oldini olish: qorinchalar aritmiyalari, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi va qorinchalar fibrillyatsiyasi (davolash statsionarda sinchkov kardiomonitorli nazorat ostida boshlanishi kerak);qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyalari: yurakning organik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qaytalanuvchi barqaror qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyasining xujjatlangan xurujlari; yurakning organik kasalliklarisiz bemorlarda qaytalanuvchi barqaror qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyasining xujjatlangan xurujlari, boshqa sinf antiaritmik preparatlar samarasiz bo‘lganida yoki ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganida; Volf-Parkinson-Uayt sindromi bo‘lgan bemorlarda qaytalanuvchi barqaror qorinchalar usti paroksizmal taxikardiyasining xujjatlangan xurujlari;bo‘lmachalarni xilpillovchi aritmiyasi va lippilashi. Agar anamnezida ilgari qayd etilgan aritmiya hurujlariga ko‘rsatmalar bo‘lsa, miokard infarktidan keyingi tiklanish davrida qo‘llanadi. Amiodaron yurak ishemik kasalligi va/yoki chap qorincha faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yurak ritmi buzilishlarini davolashda ishlatilishi mumkin.

Preparatni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish lozim! Rotaritmil ovqat qabul qilishdan oldin va yetarli miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. Yuklama (“to‘yintiruvchi”) dozasi: turli to‘yinish sxemalari ishlatilishi mumkin. Statsionar sharoitida: bir necha qabulga bo‘lingan boshlang‘ich doza 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha (odatda 5-8 kun davomida) sutkada 600-800 mg (maksimal 1200 mg gacha) dozani tashkil etadi. Ambulator sharoitida: bir necha qabulga bo‘lingan boshlang‘ich doza 10 g yig‘indi dozaga erishilgunicha (odatda 1-14 kun davomida) sutkada 600 dan 800 mg gacha dozani tashkil etadi. Tutib turuvchi doza: turli bemorlarda sutkada 100 dan 400 mg gacha o‘zgarib turishi mumkin. Shaxsiy terapevtik natijaga muvofiq sutkada tana vazniga 3 mg/kg hisobidan minimal samarali dozasini qo‘llash kerak. Amiodaron juda davomli yarim chiqarilish davriga egaligi tufayli, uni kunora qabul qilish yoki uni qabul qilishda haftada 2 kun tanaffus qilish mumkin. O‘rtacha terapevtik bir martalik doza: 200 mg. O‘rtacha terapevtik sutkalik doza: 400 mg. Maksimal bir martalik doza: 400 mg. Maksimal sutkalik doza: 1200 mg.

Nojo‘ya samaralarni uchrash tez-tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100), juda kam hollarda (< 1/10000), uchrash tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida uchrash tez-tezligini baholash mumkin emas). Qon va limfa tizimi tomonidan: juda kam hollarda – gemolitik anemiya, aplastik anemiya, trombotsitopeniya. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: tez-tez – bradikardiya, asosan o‘rtacha namoyon bo‘lgan va dozaga bog‘liq; tez-tez emas – yurakni urishini to‘xtashi bilan kechuvchi aritmiyani boshlanishi yoki zo‘rayishi, o‘tkazuvchanlikni buzilishi (sinoatrial blokada, turli darajadagi AV-blokada); juda kam hollarda – sinus tuguni faoliyatini buzilishi va/yoki keksa yoshdagi patsiyentlarda yaqqol bradikardiya yoki yurakni sinusli to‘xtashi; uchrash tez-tezligi noma’lum – “piruet” turidagi qorinchalar taxikardiyasi. Endokrin buzilishlar: tez-tez – gipotireoz, gipertireoz, ba’zida o‘lim bilan tugashi mumkin; juda kam hollarda – antidiuretik gormonni noadekvat sekretsiyasi sindromi (SIADH). Ko‘rish a’zolari tomonidan: juda tez-tez – shox pardaning epiteliysida, odatda qorachiq ostida mikrocho‘kmalar paydo bo‘ladi, ular murakkab yog‘ qavatidan iborat bo‘lib, preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi va davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi. Ba’zida ular rangli oreolani paydo bo‘lishi yoki yorqin yorug‘likda konturlarning noaniqligi ko‘rinishidagi ko‘rishni buzilishlarini chaqirishi mumkin. Juda kam hollarda – ko‘rlikkacha zo‘rayib borishi mumkin bo‘lgan optik neyropatiya / nevrit. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – odatda yuklama dozani qo‘llash bilan va dozani kamaytirish yuzasidan qaror qabul qilish bilan yuzaga keladigan havfsiz me’da-ichak buzilishlari (qusish, ko‘ngil aynishi, disgevziya). Umumiy buzilishlar: uchrash tez-tezligi noma’lum – granuloma, shu jumladan suyak ko‘migi granulomasi. Gepatobiliar buzilishlar: juda tez-tez – zardobda, davolashni boshlanishida kuzatiladigan, odatda o‘rtacha darajada bo‘lgan transaminazalarning izolyatsiyalangan qiymati. Dozani kamaytirish yoki hatto spontan ravishda normal qiymatlarga qaytishi mumkin. Tez-tez – zardobda transaminazalarning yuqori qiymati va/yoki sariqlik, jumladan o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi jigar faoliyatini o‘tkir buzilishi; juda kam hollarda – ba’zida o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan jigarni surunkali kasalliklari (soxta alkogolli gepatit, tsirroz). Immun tizimi tomonidan: angioedema (garchi uchrash tez-tezligi noma’lum bo‘lsa-da, angioedema yuzasidan bir necha xabarlar berilgan. Tekshirishlar: juda kam hollarda – qonda kreatininning kontsentratsiyasini oshishi. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – ekstrapiramid tremor, tremor uchun regressiya odatda preparatning dozasi kamaytirilganidan yoki organizmdan chiqarilganidan so‘ng kuzatiladi, qo‘rqinchli tush ko‘rishlar, uyquni buzilishi kuzatiladi. Tez-tez emas: periferik sensor neyropatiya va/yoki miopatiya, ta’sir etuvchi modda organizmdan chiqarilganidan so‘ng odatda qaytuvchandir; juda kam hollarda – miyacha ataksiyasi, regressiya odatda preparatning dozasi kamaytirilgandan yoki organizmdan chiqarilgandan so‘ng kuzatiladi, xavfsiz bosh miya gipertenziyasi (miyachani soxta o‘smasi), bosh og‘rig‘i, vertigo kuzatiladi. Reproduktiv tizimi tomonidan: juda kam hollarda – epididimit-orxit, impotentsiya. Nafas a’zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan: tez-tez – o‘pkani zaharlanishi (o‘ta yuqori sezuvchan pnevmonit, interstitsial yoki alveolyar pnevmonitni va pnevmoniya bilan kechuvchi obliteratsiyalovchi bronxitning, ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi bronxitni rivojlanish hollari ma’lum); juda kam hollarda – nafas faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda va ayniqsa astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm, jarrohlik (kislorodning yuqori kontsentratsiyasi bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin), o‘pkadan qon ketishlar (garchi chastotasi noma’lum bo‘lsa-da, o‘pkadan qon ketish hollari kuzatilgan). Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: juda tez-tez – fotosensibilizatsiya kuzatilishi mumkin, tez-tez – terining ochiq sohalarini zangori yoki kulrang rangga bo‘yalishi, xususan yuqori sutkalik dozalari bilan uzoq muddat davolanganda kuzatiladi; bunday pigmentatsiya davolash to‘xtatilganidan so‘ng asta-sekin yo‘qoladi; juda kam hollarda – radioterapiya kursi davomida eritema, teri toshmalari, odatda nospetsifik, eksfoliativ dermatit, alopetsiya; tez-tezligi noma’lum – urtikariya. Qon-tomir buzilishlari: juda kam hollarda – vaskulit.

preparatning komponentlariga va yodga yuqori sezuvchanlik;sinus tugunini zaifligi sindromi (STZS) (sinusli bradikardiya, kardiostimulyator bo‘lmaganidagi sinoatrial blokada);II va III darajadagi atrioventrikulyar blokada va Giss tutami oyoqchalarini blokadasi (kardiostimulyator bo‘lmaganida);QT intervalni tug‘ma yoki orttirilgan uzayishi;og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi;yaqqol arterial gipotenziya, kollaps, shok;QT intervalini uzaytirish va paroksizmal taxikardiyalar, shu jumladan “piruyet” turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasini chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish;MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish;o‘pkani interstitsial kasalligi;qalqonsimon bez disfunktsiyasi (gipo- va gipertireoz);gipokaliyemiya, gipomagniyemiya;18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);homiladorlikni II va III uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

“Piruet” turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasini (torsade de pointes) chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar bilan majmuada qo‘llash mumkin emas (ular amiodaron bilan birga qo‘llanganida “piruet” turidagi potentsial letal qorinchalar taxikardiyasini rivojlanish xavfi oshadi): Antiaritmik vositalar: IA sinfi (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, prokainamid), III sinfi (dofetilid, ibutilid, bretiliy tozilat), sotalol; Bepridil; vinkamin; ayrim neyroleptiklar: fenotiazinlar (xlorpromazin, tsiamemizin, levomepromazin, tioridazin, trifluoperazin, flufenazin), benzamidlar (amisulprid, sultoprid, sulprid, tiaprid, veraliprid), butirofenonlar (droperidol, galoperidol), sertindol, pimozid; tritsiklik antidepressantlar; tsizaprid; markolid antibiotiklar (eritromitsin vena ichiga yuborilganida, spiramitsin); azollar; bezgakka qarshi vositalar (xinin, xloroxin, mefloxin, galofantrin, lumefantrin); pentamidin parenteral yuborilganida; difemanil metilsulfati; mizolastin; astemizol; terfenadin; ftorxinolonlar (shu jumladan moksifloksatsin) kabi boshqa (antiaritmik bo‘lmagan) preparatlar.

Amiodaronning nojo‘ya ta’sirlari dozaga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, ularni paydo bo‘rish ehtimolini minimal darajaga yetkazish uchun, patsiyentlarni minimal samarali dozalar bilan davolash kerak. Bemorlar, davolanish vaqtida ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta’siridan saqlanishlari yoki himoya choralarini ko‘rishlari (masalan, quyoshdan himoyalovchi krem surtish, tegishli kiyimlarni kiyish) yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Homiladorlikda Rotaritmil faqat hayotiy ko‘rsatmalarga muvofiq buyuriladi, chunki preparat homilaning qalqonsimon beziga ta’sir ko‘rsatadi. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborish belgilari paydo bo‘lganida, odatda preparatning dozasini pasaytirish yoki uni qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish yetarli bo‘ladi. Preparatning katta miqdori bir vaqtda qabul qilinganida jigar faoliyatini buzilishi, sinusli bradikardiya, yurak urishini to‘xtashi, qorinchalar taxikardiyasini, “piruet” turidagi paroksizmal taxikardiya xurujlari kuzatilishi mumkin. Atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik sekinlashishi, mavjud bo‘lgan yurak yetishmovchiligi kuchayishi mumkin. Davolash: agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, me’dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mir buyurish kerak. Spetsifik antidoti yo‘q. Amiodaron va uning metabolitlari dializ vaqtida chiqarilmaydi. Qolgan hollarda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Bradikardiya rivojlanganida beta-adrenostimulyatorlarni buyurish yoki kardiostimulyator o‘rnatish mumkin, “piruet” turidagi taxikardiyada – vena ichiga magniy tuzlarini yuborish va kardiostimulyatsiya o‘tkazish mumkin.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.