Rotaprost rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Pakana palma mevalarining (Serenoarepens) quruq ekstrakti           80 mg; Qovoq urug‘ining quruq ekstrakti                                                           200 mg; Qichitqi o‘t ildizining (Urticadioica) quruq ekstrakti                                    150 mg; Rux (tsink pikolinati shaklida)                                                              0,105 mg; Selen (natriy seleniti shaklida)                                                           22,5 mkg; yordamchi moddalar: magniy stearati; kapsula qobig‘ini tarkibi: temir (II,III) oksidi, titan dioksidi, temir (III) oksidi, jelatin.

Preparatning savdo nomi:

Rotaprost

Farmakalogik guruhi:

prostata bezining kasalliklaridan qo‘llanadigan preparat.

Dori shakli:

qattiq jelatin kapsulalar.

№0 o‘lchamli, to‘q jigarrang rangli, oq rangli zarrachalari bilan birga to‘q sariq rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

prostata bezining kasalliklaridan qo‘llanadigan preparat.

G04SX

Preparatning ta’siri uning tarkibidagi komponentlarni umumiy ta’siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik tadqiqotlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

prostata bezining havfsiz giperplaziyasini I va II darajasida siyishni buzilishi;prostatitda siyishni buzilishi;prostata bezining havfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyingi qaytalanishlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Rotaprost preparati 1 kapsuladan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) buyuriladi. Kapsulalarni ovqatlanishdan qat’iy nazar, ichga, chaynamasdan, ozgina miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Davolash kursi kamida 30 kunni tashkil etadi. Optimal davolash sxemasi va takroriy davolash kurslari har bir holatda shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi va buyuriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, gastralgiya (ayniqsa preparat och qoringa qabul qilinganida). Boshqalar: allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Rotaprost preparatini dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

Anamnezida MIY kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Patsiyentning klinik holatini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida preparat qo‘llanmaydi. Pediatriyada qo‘llanishi Pediatriya amaliyotida preparatni qo‘llash havfsiziligi va samaradorligi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Rotaprost avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning katta miqdori ichga bexosdan qabul qilinganida me’dani yuvish kerak.

Retseptsiz beriladi

Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.