Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥1/100, ammo <1/10), kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), uchrash tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha rivojlanish tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: uchrash tezligi noma’lum – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Ruhiyatni buzilishlari: kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik, uyquni buzilishi; uchrash tezligi noma’lum – havotirli holatlar, ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – uyquchanlik, bosh aylanishi; uchrash tezligi noma’lum – bosh og‘rig‘i, ataksiya, dizartriya.
Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar: uchrash tezligi noma’lum – akkomodatsiyani buzilishi.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez – bradikardiya, taxikardiya; uchrash tezligi noma’lum – qayd etilgandan keyingi davrda QT oralig‘ini uzayishi kuzatilgan.
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez – gipotenziya, rikoshet gipertenziya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – og‘izni qurishi; kam hollarda – ko‘ngil aynishi, me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar; uchrash tezligi noma’lum – qorinda og‘riq, qusish.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: qon zardobida jigar transaminazalarining darajasini oshishi; juda kam hollarda – gepatit, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: uchrash tezligi noma’lum – qichishish, toshma.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar: kam hollarda – mushaklarni bo‘shligi.
Umumiy buzilishlar: tez-tez – toliqish; uchrash tezligi noma’lum – ishtahani yo‘qolishi.
Laborator va instrumental tekshirishlar: tez-tez – arterial bosimni pasayishi; kam hollarda – transaminazalarning darajasini oshishi.
Gallyutsinatsiyalarda psixoz belgilari kuzatilmaydi; gallyutsinatsilar faqat potentsial gallyutsinogen moddalar, masalan, antidepressantlarni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda rivojlangan.
Preparat, og‘riqli mushak spazmlarini yengillashtirish uchun tavsiya etilgan dozalar kabi, kichik dozalarda qo‘llanganida uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, og‘izni qurishi, arterial bosimni pasayishi, ko‘ngil aynishi, me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar va transaminazalarning darajasini oshishi kuzatilgan; ushbu noxush reaktsiyalar odatda yengil va o‘tkinchi bo‘lgan.
Spazmlarni davolash uchun tavsiya etilgan dozalardan yuqoriroq dozalarda qo‘llanganida kichik dozalarda kuzatilgan noxush reaktsiyalar kuzatilgan; bu reaktsiyalar tez-tez kuzatilgan va yanada kuchli ifodalangan, ammo davolashni to‘xtatishni talab etadigan og‘ir darajasi kam kuzatilgan.
Bundan tarqari, quyidagi noxush reaktsiyalar: ongni chalkashishi, gipotenziya, bradikardiya, mushaklarni bo‘shligi, uyqusizlik, uyquni buzilishi, gallyutsinatsiyalar, gepatit rivojlanishi mumkin.
Bekor qilish sindromi Rikoshet gipertenziya va taxikardiya, tizanidin uzoq vaqt davomida va/yoki yuqori sutkalik dozalarda qo‘llanganida to‘satdan bekor qilinganidan so‘ng, va/yoki antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatilgan.
Juda kam hollarda rikoshet gipertenziya insultga olib kelishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida ma’lumot Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi.
Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki dori vositasini qo‘llash bo‘yicha ilova-varaqada ta’riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq axborot berishingizni so‘raymiz.