Rotafer Kidsretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: V1 vitamini (tiamin gidroxloridi)                   4 mg; V2 vitamini (riboflavin)                                                1 mg; V3 vitamini (nikotinamid)                                  8 mg; V5 vitamini (kaltsiy D-pantotenati)                2 mg; V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)          2 mg; folat kislotasi                                                      150 mkg; B12 vitamini (tsianokobalamin)                           5 mkg; S vitamini (askorbin kislotasi)                                    10 mg; temir (temir L-laktati shaklida)                                     7 mg; rux (rux glyukonati shaklida)                               5 mg; mis (mis glyukonati shaklida)                              0,25 mg; marganets (marganets glyukonati shaklida)           0,25 mg; yod (kaliy yodat shaklida)                                    40 mkg; kaltsiy glitserofosfati                                       10 mg; lizin gidroxloridi                                               40 mg; solod o‘ti ekstrakti                                                500 mg; yordamchi moddalar: dekstrin, kaliy sorbati, glitserin, sorbitol, maltitol, “Asal” aromatizatori, sukraloza, “Apelsin” aromatizatori, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Rotafer Kids

Farmakalogik guruhi:

Antianemik preparat. Makro- va mikroelementlar hamda biogen adaptogenlardan tarkib topgan polivitaminlar.

Dori shakli:

sirop

apelsin va asal hidli jigarrang rangli shirin suyuqlik.

Antianemik preparat. Makro- va mikroelementlar hamda biogen adaptogenlardan tarkib topgan polivitaminlar.

A11AB

Preparatning ta’siri tarkibidagi komponentlarning umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

Quyidagi holatlar: muvozanatlashtirilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan ovqatlanishda;me’da-ichak yo‘llarida so‘rilishni buzilishida;ovqatlanishga bo‘lgan talabni oshishi (homiladorlik va laktatsiya vaqtida; bolalar va o‘smirlarni faol o‘sish davrida) da temir va V12 vitaminining tanqisligi holatlarini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.

Rotafer Kids ichga, ovqatdan keyin, flakon oldindan chayqatilgandan so‘ng qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida siropni suvga, mevali sharbatga, bolalar ozuqasiga qo‘shish mumkin. 1-3 yoshdagi bolalarga kuniga 2,5 ml buyuriladi. 4-6 yoshdagi bolalarga – 2,5 ml dan kuniga 2 marta buyuriladi. 7-12 yoshdagi bolalarga – 5 ml dan kuniga 1-2 marta buyuriladi. 12 yoshdan katta bolalar va kattalarga – 5 ml dan kuniga 2 marta buyuriladi. Homiladorlik va hayz ko‘rish vaqtida 5 ml preparatni kuniga 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml hajmga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi. Siropni qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Kuzatilgan nojo‘ya samaralar asosan yengil va o‘tginchi bo‘lgan. Juda kam hollarda me’dani to‘lib ketishi hissi va epigastral sohada bosimni oshishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat yoki diareya kabi me’da-ichak tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin. Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;organizmda temirning miqdorini ortiq ketishi (gemoxromatoz, gemosideroz);temirni utilizatsiya mexanizmlarini buzilishi (qo‘rg‘oshinli anemiya, sideroaxrestik anemiya, talassemiya) da qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishidan saqlanish maqsadida boshqa polivitamin va mineral komplekslarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ahlatni so‘rilmagan temirni chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan to‘q rangga bo‘yalishi, va siydikni yorqin sariq rangga bo‘yalishi bo‘lishi mumkin. Tarkibida etanol saqlovchi ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi Zarurat bo‘lganida preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi Preparatni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat avtomobilni va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilish holatlari yuzasidan xabar berilmagan.

Retsept bo‘yicha beriladi

Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli shisha flakonda. 1 flakon o‘lchov stakani va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.