Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).
Har bir uchrash guruhida nojo‘ya samaralar ularning og‘irlik darajasini kamayish tartibida keltirilgan.
Infektsiyalar va invaziyalar: tez-tez – pnevmoniya, bronxit, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, sinusit, siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, quloq infektsiyalari, gripp; tez-tez emas – nafas yo‘llarining infektsiyalari, tsistit, ko‘z infektsiyalari, tonzillit, onixomikoz, teri osti yog‘ kletchatkasini mahalliy infektsion yallig‘lanishi, virusli infektsiya, akrodermatit.
Qon va limfa tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – neytropeniya, qonda leykotsitlarning darajasini pasayishi, trombotsitopeniya, anemiya, gematokritni pasayishi, eozinofillarning miqdorini oshishi; juda kam hollarda – agranulotsitoz.
Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik; kam hollarda – anafilaktik shok.
Endokrin tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – giperprolaktinemiya; kam hollarda – antidiuretik gormon sekretsiyasini buzilishi, siydikda glyukozani aniqlanishi.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – tana vaznini oshishi, ishtahani kuchayishi, ishtahani pasayishi; tez-tez emas – qandli diabet, giperglikemiya, polidipsiya, tana vaznini kamayishi, anoreksiya, qonda xolesterinning darajasini oshishi; kam hollarda – suv intoksikatsiyasi, gipoglikemiya, giperinsulinemiya, qonda triglitseridlarning miqdorini oshishi; juda kam hollarda – diabetik ketoatsidoz.
Ruhiyatni buzilishlari: juda tez-tez – uyqusizlik; tez-tez – uyquni buzilishi, ajitatsiya, depressiya, havotirlik; tez-tez emas – maniya, ongni chalkashishi, libidoni susayishi, asabiylik, tungi qo‘rquvlar; kam hollarda – affektiv buzilishlar, anorgazmiya.
Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: juda tez-tez – sedatsiya/uyquchanlik, parkinsonizm, bosh og‘rig‘i; tez-tez – akatiziya, distoniya, bosh aylanishi, diskineziya, tremor; tez-tez emas – kechki diskineziya, tserebral ishemiya, qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan reaktsiyani yo‘qligi, xushni yo‘qolishi, ongni susayishi, tirishishlar, xushdan ketish, o‘ta yuqori psixomotor faollik, muvozanatni buzilishi, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, postural bosh aylanishi, diqqatni buzilishi, dizartriya, ta’m bilishni buzilishi, gipesteziya, paresteziya; kam hollarda – xavfli neyroleptik sindrom, tserebrovaskulyar buzilishlar, diabetik koma, boshni ritmik chayqatishi.
Ko‘rish a’zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – ko‘rishni noaniqligi, kon’yunktivit; tez-tez emas – yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zlarni qurishi, ko‘z yoshini kuchli oqishi, ko‘zlar giperemiyasi; kam hollarda – glaukoma, ko‘z harakatini buzilishi, ko‘z olmasini aylanma harakatlanishi, qovoqlarning chetlarida qatqaloqni hosil bo‘lishi, bo‘shashgan rangdor parda sindromi (intraoperatsion).
Eshitish va muvozanat a’zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – vertigo, quloqlarni shang‘illashi, quloqlarda og‘riq.
Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – taxikardiya; tez-tez emas – bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, atrioventrikulyar blokada, yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi, elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishi, bradikardiya, elektrokardiogrammada o‘zgarishlar, yurak urishini his etish; kam hollarda – sinusli aritmiya.
Qon tomirlar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – gipertenziya; tez-tez emas – gipotenziya, ortostatik gipotenziya, giperemiya; kam hollarda – o‘pka emboliyasi, venalar trombozi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: hansirash, hiqildoq va halqum sohasida og‘riq, yo‘tal, burundan qon ketishi, burunni bitishi; tez-tez emas – aspiratsion pnevmoniya, o‘pkani dimlanishi, nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini buzilishi, xirillash, xushtaksimon nafas, disfoniya, nafas faoliyatini buzilishi; kam hollarda – uyquda apnoe sindromi, giperventilyatsiya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – qorinda og‘riq, qorin sohasida diskomfort, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, diareya, dispepsiya, og‘izni qurishi, tish og‘rig‘i; tez-tez emas – axlatni ushlay olmaslik, fekaloma, gastroenterit, disfagiya, meteorizm; kam hollarda – pankreatit, ichak tutilishi, tilni shishi, xeylit.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – toshma, eritema; tez-tez emas – eshakemi, qichishish, alopetsiya, giperkeratoz, ekzema, terini qurishi, terining pigmentatsiyasini buzilishi, akne, seboreyali dermatit, terini yallig‘lanishi, terini shikastlanishi; kam hollarda – dori vositalari ta’sirida rivojlangan dermatit, qazg‘oq; juda kam hollarda – angionevrotik shishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – mushak spazmlari, mushaklarda og‘riq, belda og‘riq, artralgiya; tez-tez emas – qonda kreatinfosfokinazaning darajasini oshishi, qomatni buzilishi, bo‘g‘imlarni tangligi, bo‘g‘imlarni shishi, mushaklarni bo‘shligi, bo‘yinda og‘riq; kam hollarda – rabdomioliz.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: siydikni ushlolmaslik; tez-tez emas – pollakiuriya, siydikni tutilishi, dizuriya.
Homiladorlikni kechishiga, tug‘ruqdan keyingi va perinatal holatlarga ta’siri: kam hollarda – yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda “bekor qilish” sindromi.
Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – erektil disfunktsiya, eyakulyatsiyani buzilishi, amenoreya, hayz ko‘rish tsiklini buzilishi, ginekomastiya, galaktoreya, seksual disfunktsiya, ko‘krakda og‘riq, ko‘krakda diskomfort, qindan ajralmalar ajralishi; kam hollarda – priapizm, hayz ko‘rishni kechikishi, sut bezlarini qattiqlashishi, sut bezlarini kattalashishi, sut bezidan ajralma ajralishi.
Umumiy buzilishlar: tez-tez – ko‘krak qafasi sohasida shish, gipertermiya, og‘riq, asteniya, kuchli toliqish, og‘riq; tez-tez emas – yuzni shishi, et uvishishi, tana haroratini oshishi, qadam tashlashni buzilishi, chanqoqlik, ko‘krak qafasi sohasida diskomfort, lohaslik, diskomfort; kam hollarda – gipotermiya, tana haroratini pasayishi, qo‘l-oyoqlarni sovushi, “bekor qilish” sindromi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – transaminazalarning faolligini oshishi, gamma-glutamiltransferazaning faolligini oshishi, jigar fermentlarining faolligini oshishi; kam hollarda – sariqlik.
Patsiyentlarning ayrim populyatsiyasi.
Quyida bolalar va dementsiya bilan xastalangan katta yoshdagi patsiyentlar o‘rtasida kattalarga nisbatan rivojlanish tezligi yuqori bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar keltirilgan.
Dementsiya bilan xastalangan keksa patsiyentlar: siydik chiqarish yo‘llari infektsiyasi, periferik shish, uyquchanlik, yo‘tal.
Bolalar: uyquchanlik/sedatsiya, kuchli toliqish, bosh og‘rig‘i, ishtahani kuchayishi, qusish, yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari, burunni bitishi, qorinda og‘riq, bosh aylanishi, yo‘tal, isitma, tremor, diareya va enurez bo‘lishi mumkin.