Nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi tez-tezligi dozaga bog‘liq xarakterga ega.
Nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi tez-tezligi: tez-tez (>1/100, <1/10); tez-tez emas (>1/1000, <1/100); kam hollarda (>1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi aniqlanmagan (mavjud ma’lumotlar asosida hisoblab bo‘lmaydi).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, astenik sindrom; tez-tez emas – xavotirlik, nevralgiya, paresteziya, juda kam hollarda – polineyropatiya, amneziya.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; kam hollarda – “jigar” transaminazalari faolligini qaytuvchan o‘tib ketuvchan dozaga bog‘liq ravishda oshishi, pankreatit; juda kam hollarda – dispepsiya (shu jumladan, diareya, meteorizm, qusish), gastroenterit, sariqlik, gepatit.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – faringit; tez-tez emas – rinit, sinusit, bronxil astma, bronxit, pnevmoniya; tez-tezligi aniqlanmagan – yo‘tal, dispnoe.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – stenokardiya, arterial bosimni oshishi, yurak urishini his qilish, vazodilatatsiya simptomlari (shu jumladan teri giperemiyasi).
Tayanch-harakat apparati tizimi tomonidan: tez-tez – mialgiya; tez-tez emas – artrit, mushak gipertonusi, belda og‘riq, qo‘l va oyoq suyaklarini patologik sinishi (shikastlanishsiz); kam hollarda – miopatiya, rabdomioliz (buyrak faoliyatini buzilishi bilan bir vaqtda, preparatni 40 mg dozada qabul qilish fonida); juda kam hollarda – artralgiya; tez-tezligi aniqlanmagan – immunitetga bog‘liq nekrotik miopatiya; ba’zida uzilishlar bilan asoratlangan tendopatiyalar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: proteinuriya (1% dan kam hollarda – 10 mg va 20 mg doza uchun, 3% hollarda – 40 mg doza uchun); juda kam hollarda – gematuriya.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – teri toshmasi, teri qichishishi, eshakemi; kam hollarda – angionevrotik shish; tez-tezligi aniqlanmagan – Stivens-Djonson sindromi.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: qon plazmasida glyukoza, bilirubin kontsentratsiyasini oshishi, gamma-glutamiltransferaza, ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi.
Boshqalar: tez-tez – 2-tip qandli diabet; tez-tez emas – anemiya, ko‘krak qafasida og‘riq, ekximozlar, grippsimon sindrom, periodontal abstsess; kam hollarda – trombotsitopeniya; tez-tezligi aniqlanmagan – periferik shishlar, ginekomastiya.
Ba’zi statinlar qo‘llanilganida quyidagi nojo‘ya samaralar haqida xabar berilgan: deressiya, uyquni buzilishi, shu jumladan uyqusizlik va dahshatli tush ko‘rishlar, jinsiy disfunktsiya.
O‘pkaning interstitsial kasalligining ayrim hollari haqida xabar berilgan, ayniqsa preparatlarni uzoq muddat qo‘llaganda (Maxsus ko‘rsatmalarga qarang).