Rinorus rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml tomchida quyidagilar saqlanadi: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi – 0,5 yoki 1 mg; yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy edetati (etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi [trilon B]), natriy digidrofosfat digidrati, natriy gidrofosfati dodekagidrati, evkalipt barglari moyi (evkalipt moyi), inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ksilometazolin

Preparatning savdo nomi:

Rinorus

Farmakalogik guruhi:

kongestiv vosita – vazokonstriktor (alfa-adrenomimetik).

Dori shakli:

nazal tomchilar

tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.

kongestiv vosita – vazokonstriktor (alfa-adrenomimetik).

R01AA07

Preparat mahalliy qo‘llanilganda deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda past (zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlab bo‘lmaydi).

Rinit (tumov) ko‘rinishlari bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklar, o‘tkir allergik rinit, sinusitlar, o‘rta otit (burun-halqumning shilliq qavatini shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida), rinoskopiyani o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Nazal tomchilar Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 2-3 tomchidan 0,1% li ksilometazolin eritmasi har bir burun yo‘liga sutkada 3-4 marta yuboriladi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,05% li ksilometazolin eritmasi har bir burun yo‘liga sutkada 1-2 marta yuboriladi. Kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni tanafussiz 3-5 kundan ko‘p qo‘llash mumkin emas.

Tez-tez va/yoki uzoq muddat qo‘llanilganda – burun-halqum shilliq qavatini ta’sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekretsiya; kam hollarda – burun shilliq qavatini shishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urib ketishi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, depressiya (uzoq vaqt yuqori dozalar qo‘llanilganda).

Ksilometazolinga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, gipertireoz, bosh miya pardalarida jarroxlik aralashuvlari (anamnezda), homiladorlik, bolalarda (6 yoshgacha – 0,1% li eritma uchun va 0,05% eritma uchun – 2 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Monoaminooksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan davolaganda qo‘llash mumkin emas.

MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida tizimli ta’siri kuchayishi mumkin.

Flakon qopqoqchasi burab ochiladi. Flakonning tubiga yengil bosib burun hga tomiziladi. Uzoq vaqt, masalan surunkali rinitda qo‘llash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya samaralarni kuchayishi. Davolash: shifokor kuzatuvi ostida simptomatik davolash.

Retseptsiz

Nazal tomchilar 0,05% va 0,1% 5 yoki 10 ml dan tomchilagich-tiqin va buraladigan qalpoqcha bilan polietilen flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 50 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida (statsionar uchun).

5 yil.