Rinomaks Ksilo rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: ksilometazolin gidroxloridi – 0,10 g; yordamchi moddalar: evkalipt moyi, benzalkoniy xlorid eritmasi, natriy gidrofosfat dodekagidrati, natriya digidrofosfat digidrati, sorbitol (70% suv eritmasi), natriy xlorid, etil spirti, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ksilometazolin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Rinomaks Ksilo

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.

Dori shakli:

burun uchun sprey.

rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik.

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.

R01AA07

Mahalliy qo‘llanganda ksilometazolin deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).

O‘tkir allergik rinit, pollinoz, sinusit, o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun); patsiyentni burun yo‘llaridagi tashxisiy muolajalarga tayyorlash.

Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga bir marta sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin. Ksilometazolinni sutkada 4 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas. Sepishda boshni orqaga tashlash tavsiya qilinmaydi. Davolashning maqsimal davomiyligi – 2 hafta. Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yo‘naltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tiniq himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlikni burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu ksilometazolinni optimal yuborishiga yordam beradi.

Preparatni tez-tez yoqi uzoq qo‘llanganida: shilliq qavatni achishishi, ta’sirlanishi, burunda sanchilish yoqi quruqlik, aqsirish, gipersekretsiya kuzatilishi mumkin. Kam – burun shilliq qavatini shishi, yurak urishi, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni oshishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kusish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, taxikardiya, aritmiya. Juda kam – teri toshmasi (ksilometazolinni qabul qilinishi bilan bog‘liq, hansirash, angionevrotik shish bilan namoyon bo‘luvchi tizimli allergik reaktsiyalar). Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida depressiya holati, burun shilliq qavatini atrofiyasi.

Tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, maprotilin va adrenomimetiklarning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi. Adrenoblokatorlar va kaltsiy antagonistlari ksilometazolinning ta’sirini susaytiradi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Preparat tasodifan yutib yuborilganda (ko‘pincha bolalarda) aritmiya, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, ongni chalkashishi kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik, shifokorning kuzatuvi ostida.

Retseptsiz

3 yil.