RINOMAKS KOMBO rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: xlorbutanol gemigidrati 1,0 g, levomentol 1,0 g, ratsemik kamfora 1,0 g, evkalipt moyi 1,0 g; yordamchi moddalar: vazelin moyi, emulgator T-2, tvin-80, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xlorbutanol gemigidrati, kamfora, levomentol, evkalipt moyi.

Preparatning savdo nomi:

RINOMAKS KOMBO

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolarini davolash uchun vositalar.

Dori shakli:

faol moddalar: xlorbutanol gemigidrati 1,0 g, levomentol 1,0 g, ratsemik kamfora 1,0 g, evkalipt moyi 1,0 g; yordamchi moddalar: vazelin moyi, emulgator T-2, tvin-80, tozalangan suv.

oq yoki oq sarg‘ish rangli yoki moviy tusli o‘ziga xos hidli emulsiya.

LOR-a’zolarini davolash uchun vositalar.

R02AA20

Preparat ingalyatsion usulda qo‘llash uchun mo‘ljallangan va asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida terapevtik kontsentratsiyani hosil qiladi. Preparat komponentlari past tizimli so‘rilishga ega.

LOR-a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida (rinit, faringit, laringit va boshqalar) qo‘llanadi.

Aerozol ko‘rinishida preparat og‘iz bo‘shlig‘i va burun yo‘llariga nafas olish vaqtida purkaladi. Preparatni qo‘llash uchun flakon yaxshilab silkitiladi, tiniq himoya qalpoqchasi olinadi va uchlik flakonga 90° burchak ostida o‘rnatiladi. Uchlik og‘iz bo‘shlig‘iga va burun yo‘llariga kiritiladi va suyuqlik oqimini ishlov beriladigan sohalarga yo‘naltirib purkagich 2-3 marta oxirigacha bosiladi. Purkagich bir marta bosilganda 0,1 g preparat sepiladi. Yuvish sutkada 3-4 marta har 2-3 soatda o‘tkaziladi. Purkagichni tiqilib qolishidan saqlash uchun, uni puflash yoki qaynagan suv bilan yuvish tavsiya etiladi.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

Yuvishdan oldin flakonni yaxshilab silkitish kerak. Bolalarni davolashni shifokor nazorati ostida o‘tkazish kerak. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar aniqlanmagan. Preparatni qo‘llash transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Flakonni zarbalardan, tushib ketishlardan, bevosita quyosh nurlari ta’siridan himoya qilish kerak.

Preparat ichga tushganda o‘tkir zaharlanish belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Bemor darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishida yordam choralari: me’dadan va ichakdan preparatni chiqarib yuborish (me’dani yuvish, sun’iy qusishni chaqirish, xuqna, tuzli surgi vositalar va faollashtirilgan ko‘mir qo‘llash), simptomatik davolash.

Retseptsiz. Ulashish: 4 103 Views

Orofaringeal/nazal sprey, emulsiya. 20 ml dan shisha flakonlarda, germetik purgagich klapan va tiniq qalpoqchali moslama yordamida berkitilgan. Bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan individual karton qutida.

2 yil.