Rinoktaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni  saqlaydi: faol modda: 0,5 mg yoki 1,0 mg ksilometazolin gidroxloridi, yordamchi moddalar: benzil spirti, benzalkoniy xloridi, dinatriy fosfati, natriy digidrofosfat digidrati, natriy xloridi, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, kontsentratsiyalangan xlorid kislotasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ksilometazolin

Preparatning savdo nomi:

Rinokta

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

Dori shakli:

nazal sprey 0,5 mg/1 ml va 1,0 mg/1 ml.

tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

R01AA07.

Preparat mahalliy qo‘llanilganida deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasida kontsentratsiyasi juda kam va zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlab bo‘lmaydi.

Rinit (tumov) ko‘rinishlari bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklarda; o‘tkir allergik rinit, sinusitlar;o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida);rinoskopiya va burun-halqum sohasida bosh muolajalarni o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Rinokta® dori vositasi intranazal, chuqur bo‘lmagan nafas olish vaqtida qo‘llanadi. Dori vositasi saqlovchi flakon purkalganda vertikal holatda bo‘lishi kerak. Qo‘llashdan oldin dori vositasining dispersion oqimi paydo bo‘lguncha nazal uchlikka 2-3 marta bosish kerak. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1,0 mg/1 ml eritmani har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 2-4 marta buyuriladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 0,5 mg/1 ml eritmani har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 1-3 marta buyuriladi. Dori vositani qo‘llash davomiyligi – 5 kundan oshmasligi kerak.

Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llaganda – burun-halqum shilliq qavatini ta’sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, sanchish, aksirish, gipersekretsiya, terapevtik samarani pasayishi – burun shilliq qavatini “rikoshet” shishi (burundan ajralma ajralishini kuchayishi va reaktiv giperemiya hisobiga “burunni bitishi” hissini paydo bo‘lishi). Tizimli reaktsiyalar: yurak urishini ritmsizligi yoki tezlashishi, ko‘rishni noaniqligi, asabiylik, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, arterial bosimni oshishi, qusish, depressiya (yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda).

ksilometazolin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz;feoxromotsitoma;yopiq burchakli glaukoma;atrofik rinit;qandli diabet;gipertireoz;bosh miya pardalaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezida);MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda va ularni qabul qilish tuganilganidan 10 kundan 14 kungacha bo‘lgan davrda qabul qilish;2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Rinokta® spreyini tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganida tizimli samaralar deyarli kuzatilmaydi. Lekin tritsiklik yoki tetratsiklik antidepressantlar, maprotilin, boshqa adrenomimetiklar yoki monoaminoksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ksilometazolinning tizimli ta’sirining ko‘rinishlari kuchayishi mumkin, ayniqsa uni dozasi oshirib yuborilganda. Adrenoblokatorlar va kaltsiy antagonistlari ksilometazolinning ta’sirini susaytiradi.

Ksilometazolinni uzoq vaqt (5 kundan ortiq) qo‘llash va dozasi oshirib yuborilishi uning samaradorligini pasayishi xavfini va burun shilliq qavatini atrofiyasini va medikamentoz rinit ko‘rinilari bilan kechuvchi uning reaktiv giperemiyasi paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi. Flakon faqat bitta shaxs tomonidan ishlatiladi (infektsiyani yuqishi xavfi).

Ksilometazolinning qon tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarini hisobga olib, ehtiyotkorlik chorasi sifatida homiladorlik va laktatsiya davrida RINOKTA dori vositasini qo‘llashdan saqlanish kerak. Agar ona uchun foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni tavsiya etilgan dozadan oshirmasdan qo‘llash mumkin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Intoksikatsiyaning klinik manzarasi noaniq bo‘lishi mumkin, chunki markaziy nerv va yurak-qon tomir tizimlarini rag‘batlantirish fazalari susayish fazalari bilan almashinishi mumkin. Ayniqsa bolalarda doza oshirib yuborilgandan keyin tirishish va koma, bradikardiya, apnoe, shuningdek arterial gipertenziya bilan kechuvchi dominant markaziy nerv tizimi tomonidan samaralar tez-tez paydo bo‘lishi mumkin, arterial gipotenziya bilan almashinishi mumkin. Markaziy nerv tizimini rag‘batlantirilishi simptomlari bezovtalik (qo‘rquv/xavotirlik hissi), qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar va tirishishlarni o‘z ichiga oladi. Markaziy nerv tizimini susayishi oqibatidagi simptomlar – bu tana haroratini pasayishi, xolsizlik, uyquchanlik va komadir. Quyidagi qo‘shimcha simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: qorachiqlarni torayishi (mioz), qorachiqlarni kengayishi (midriaz), qizib ketish, terlash, oqarish, qonda kislorod miqdorini kamayishi oqibatida teri rangini ko‘karishi (tsianoz), taxikardiya, nafasni buzilishi va apnoe, ko‘ngil aynishi va qusish, psixogen buzilishlar, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, yurak aritmiyalari, yurak ritmini tezlashishi/sekinlashishi. Intoksikatsiyada darhol shifokorga murojaat etish kerak, statsionar davolanish va kuzatuv talab etiladi.

Shifokor retseptisiz

10,0 ml dan nazal purkagichli uchlik bilan berkitilgan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylangan flakonlarda.

2 yil.