Rinoksil Bebi rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Oksimetazolin gidroxloridi – 0,01 g. Yordamchi moddalar: bir almashingan ikki suvli natriy fosfati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi, propilenglikol, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Oksimetazolin

Preparatning savdo nomi:

Rinoksil Bebi

Farmakalogik guruhi:

Lor a’zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.

Dori shakli:

Nazal tomchilari

Shaffof, o‘ziga xos hidli, rangsiz yoki och sariqroq rangli suyuqlik.

Lor a’zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.

R01AA05

Mahalliy qo‘llanganda tizimli so‘rilishi past.

O‘tkir rinit (shu jumladan allergik), vazomotor rinit, sinusit, shamollash kasalliklarida burun orqali nafas olishni qiyinlashishi, yevstaxiit, o‘rta otit, burun – halqum sohasida rinoskopiya va boshqa muolajalarni o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 4 haftalikkacha bo‘lgan bolalarga Rinoksil® Bebining 0,01% li eritmasi har bir burun bo‘shlig‘iga 1 tomchidan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Hayotining 5 – haftasidan boshlab va 1 yoshgacha – har bir burun bo‘lig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Shuningdek quyidagi muolajani ham samaradorligi isbotlangan: yoshiga ko‘ra 0,01% li eritmaning 1-2 tomchisi bilan paxtani ho‘llab va bo‘shliqlari artiladi.

Ba’zida – burun qavatlarini achishish yoki qurish hissi, aksirish. Kam hollarda – reaktiv giperemiya. Ko‘p marta qo‘llash taxikardiya va arterial bosimni oshishi kabi tizimli simpatomimetik samaralarga olib keladi. Juda kam hollarda – bezovtalanish, uyqusizlik, charchoqlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi kuzatilgan.

Oksimetazolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda, atrofik rinitda, yopiq burchakli glaukomada, sedativ vositalari, monoaminooksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlarni ishlatilganda qo‘llanmaydi.

Rinoksil® Bebini boshqa mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari, boshqa burun ichiga qo‘llanadigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlarni bir vaqtda qo‘llanganda arterial bosimi oshishi mumkin.

Preparatni, taxikardiyasi, ko‘z ichki bosimini oshishi, gipertireozi, qandli diabeti, feoxromatsitomasi bo‘lgan bemorlarga, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llanganda va ularni qabul qilish tugagandan keyin 10 kungacha bo‘lgan muddatda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Uzoq vaqt qo‘llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim. Flakondan faqat bitta shaxs (infektsiyani yuqish xavfi tufayli) foydalanishi kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko‘ngil aynishi, qusish, tsianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, qon tomir yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o‘pka shishi, yurakni to‘xtab qolishi kabi simptomlar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy buzilishlar, shuningdek markaziy nerv tizimi faoliyatini buzilishlari rivojlanishi mumkin bo‘lib, ular uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to‘xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechadi. Davolash: Qabul qilishni to‘xtatish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retseptsiz

0,01% nazal tomchilar 10 ml dan flakonlarda.

. 3 yil.