Rinofluimutsil rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: atsetiltsistein – 1,0 g, tuaminogeptan sulfati – 0,5 g; yordamchi moddalar: 0,01 g benzalkoniy xloridi, 0,75 g gipromelloza, 0,02 g dinatriy edetati, 0,3 g natriy digidrofosfati, 0,3 g natriy gidrofosfat dodekagidrati, 0,1 g ditiotretiol, 2,0 g 70% li sorbitol, 0,0188 g yalpiz aromatizatori, 0,31 g 96% li etanol, 0,36 g natriy gidroksidi, tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atsetiltsistein, tuaminogeptan sulfati

Preparatning savdo nomi:

Rinofluimutsil

Farmakalogik guruhi:

antikongestiv vosita.

Dori shakli:

nazal sprey

deyarli rangsiz, tiniq o‘ziga xos yalpiz hidli, biroz oltingugurt hidli suyuqlik.

antikongestiv vosita.

R01AV08.

Tavsiya qilingan dozalarda mahalliy qo‘llanganida preparat so‘rilmaydi.

Quyuq yiringli-shilliq sekretli o‘tkir va nimo‘tkir rinit, surunkali rinit, vazomotor rinit, sinusitda qo‘llanadi.

Preparat maxsus purkagich yordamida sprey ko‘rinishida burun bo‘shlig‘iga yuboriladi. Kattalarga: spreyning 2 dozasi (klapanga 2 marta bosib) har bir burun yo‘liga kuniga 3-4 marta yuboriladi. Bolalarga: spreyning 1 dozasi (klapanga 1 marta bosib) har bir burun yo‘liga kuniga 3-4 marta yuboriladi. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak. Shifokor bilan maslahatlashmasdan tavsiya qilingan dozalarni va davolash kursini oshirish mumkin emas.

Kam hollarda: allergik reaktsiyalar, qo‘zg‘alish, yurakni urib ketishi, taxikardiya, tremor, arterial gipertenziya, siyishni tutilishi, burun, og‘iz va xalqumning shilliq qavatlarini qurishi, yog‘ bezlarini yallig‘lanishi yuz berishi mumkin. Qon tomirlarini toraytiruvchi moddalarni saqlovchi dori vositalarni uzoq vaqt qabul qilish burun va burunning yondosh bo‘shliqlarining normal faoliyatini o‘zgartirishi mumkin, shuningdek preparatga ko‘nikish chaqirishi mumkin.

Rinofluimutsil® ni preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlikda, yopiq burchakli glaukomada, tireotoksikozda qo‘llash mumkin emas. Preparatni tritsiklik antidepressantlar va monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan davolanish vaqtida va davolash tugaganidan keyin 2 hafta davomida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: preparatni bolalarga (3 yoshgacha bo‘lgan), bronxial astmasi, arterial gipertenziyasi, stenokardiya III-IV funktsional sinfi, tez-tez eyestrasistoliyasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (davolash shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazilishi kerak).

Rinofluimutsil MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan nomutanosib, chunki oxirgilar simpatomimetik vositalarning ta’sirini potentsiyalaydi, va bu tuamingeptan bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Rinofluimutsilni antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda antigipertenziv samara susayishi mumkin.

Faqat nazal qo‘llash uchun. Rinofluimutsil® transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida faqat ona taxmin qilinayotgan foyda, homila yoki go‘dak uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

15 dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: tuaminogeptan bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya samaralar (taxikardiya, tremor, xavotirlik, arterial bosimni oshishi, ko‘nikish) rivojlanishi mumkin. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Nazal sprey. 10 ml dan to‘q-sariq rangli shisha flakonda. 1 flakondan purkagich va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2,5 yil. Flakon ochilganidan keyin ichidagisi 20 kun davomida ishlatilishi kerak.