Rino mig

Tarkibi:

№Ingrediyentlar0,1%miqdori, mg/5 ml0,05%miqdori, mg/5 mlFaol modda1Ksilometazolin gidroxloridi5,02,5Yordamchi moddalar2Benzalkoniy xloridi (50% eritma)1,10,553Dinatriy gidrogen fosfati6,36,34Natriy fosfati50,050,05Natriy xloridi45,045,06Tozalangan suv5 ml gacha5 ml gacha

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ksilometazolin

Preparatning savdo nomi:

Rino mig

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolarining kasalliklarini davolash uchun vosita

Dori shakli:

nazal sprey 0,05%, 0,1%

tiniq rangsiz suyuqlik.

LOR-a’zolarining kasalliklarini davolash uchun vosita

R01AA07

Rinit (tumov) ko‘rinishlari bilan o‘tkir respirator kasalliklar; o‘tkir allergik rinit, sinusit, pollinoz; o‘rta otit (majmuaviy davolash tarkibida burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun); bemorni tashxis muolajalariga (rinoskopiya) tayyorlash.

Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga – 0,1% sprey har bir burun yo‘liga 1 (bir) martadan purkash, sutkada 3 marta. Zarurati bo‘lganda purkashni takrorlash mumkin (bir vaqtda 2 martadan ko‘p bo‘lmagan purkash). 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 0,05% sprey har bir burun yo‘lga 1  (bir) martadan purkash, sutkada 1-2 marta. Preparatni bir sutkada 3 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas. Davolash davomiyligi – 5-7 kundan ko‘p emas (tanaffussiz). Davolash tugatilgandan keyin preparatni faqat bir necha kun o‘tgandan keyin qayta buyurish mumkin. Bolalarda davolash davomiyligini shifokor belgilaydi. Preparatni qabul qilish qoidalari qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash lozim;

Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llanganda – burun-xalqum shilliq qavatining ta’sirlanishi va/yoki quruqligi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekretsiya, burun shilliq qavatining shishi. Tizimli reaktsiyalar: qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishini his qilish, arterial bosimining oshishi, uyqusizlik, ko‘rishning buzilishi, depressiya (yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda).

arterial gipertenziya;taxikardiya;yaqqol ateroskleroz;glaukoma (yopiq burchakli);atrofik rinit;gipertireoz;miya qobiqlaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezidagi);6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,1% li eritma uchun);2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,05% li eritma uchun);preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar, shuningdek arterial bosimini oshiruvchi boshqa preparatlar bilan davolash vaqtida qo‘llash mumkin emas.

MAO ingibitorlari qabul qilayotgan bemorlarda, shu jumladan preparat to‘xtatilgandan keyin 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas. Tri- yoki tetratsiklik antidepressantlar va adrenomimetik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash ksilometazolinning simpatomimetik samarasining oshishiga olib kelish mumkinligi tufayli, bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tavsiya etilgan dozalarni oshirish va uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas. Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash lozim. 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llash “rikoshet” samara (medikamentoz rinit) chaqirishi mumkin, reaktiv giperemiya va burun shilliq qavatining atrofiyasini xavfi oshadi. Infektsiya tarqalishidan saqlanish uchun preparatni shaxsiy ravishda qo‘llash kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarining kuchayishi (doza bilan bog‘liq), tana haroratini pasayishi, uyquchanlik. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganda quyidagilarni chaqirishi mumkin: kuchli bosh aylanishi, kuchli terlash, bosh og‘rig‘i, bradikardiya, arterial bosimining oshishi, nafasni susayishi, koma va tirishishlar. Arterial qon bosimi oshgandan keyin uning keskin pasayishi kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik davolash. Yurakni to‘xtatish bilan og‘ir zaxarlanish holida – reanimatsion harakatlar.

Retseptsiz

10 ml preparat polipropilen flakonda, nazal adapter va himoya qalpoqchasi bilan. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutili penalga joylanadi.

3 yil.